Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va barkamol insonni


Download 75.5 Kb.
bet4/5
Sana28.10.2023
Hajmi75.5 Kb.
#1730352
1   2   3   4   5
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanining mavzusi, uslubiyati va

Pedagogik eksperiment ta’lim jarayoniga pedogogik yangiliklarni kiritishdir. Pedagogik eksperiment yerdamida ilmiy farazlarning ishonchliligi tekshiriladi. Tabiiy zksperiment va labordtoriya eksperimenti pedagogik eksperimentniig asosiy turlari bulib, ular kо‘pgina ishlarni о‘ch ichiga oladi.
Tabiiy eksperiment sharoitida yangi ish rejalari, dasturlari, darsliklar adabiyotlar va odatdagi ish rejalarini buzmay turib tekshiriladi. Pedagogik- eksperiment - bu ham kuzatish, lekin u pedagogik jarayonning о‘tish sharoitlarini muntazam uzgartirish munosabati bilan maxsus tashkil etiladi.
Laboratoriya ishi ham ilmiy - tadqiqotning ancha qatiy shakli hisoblanadi. Quyidagilar pedagogik eksperimentning bosqichlari hisoblanadi: eksperimentni rejalashtirish eksperpment utkazish va natijalarni sharhlash.
Eksperimentni tashkil etish va о‘tkazish tartibi belgilangan rejaga katiy amal qilgan holda olib borilishi kerak. Sharhlash bosqichida malumotlar yig‘iladi va qayta ishlanadi.
Tajriba urganish va umumlashtirish metodi. Pedagogik tajriba tushunchasi kо‘p qirralidir. Pedagogik tajribaning keng manosi talim va tarbiya amaliyotidir.
Pedagogik tajribaning asosiy maqsadi - maktabgacha muassasalarda olib boriladigan talim - tarbiya ishlari qay darajada amalga oshirilayotganini о‘rganishdir.
Pedagogikadagi mavjud muammolarni hal etish uchun ta’lim-tarbiya jarayonini о‘rganish, amaliy xodimlarning ijodiy nashrlarini nazariy asosda idrok kilish va qayta ishlab chiqish ya’ni ilg‘or tajribani umumlashtirish, yoyish katta ahamiyatga egadir..
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining asosiy tushuncha (kategoriya)lari
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanida bir - biri bilan uzviy boglangan quyidagi tushunchalar mavjud tarbiya ta’lim, ma’lumot.
Tarbiya- kishilik jamiyatining barcha bosqichlarida shakllanib, rivojlanib, о‘sib, avloddan - avlodga vorislik ishlarini bajarib kelgan bо‘lsada, ammo xar bir jamiyatda tarbiyaning mazmuni maqsadi, vazifalari, о‘ziga xosligi bilan farqlanadi.
Tarbiya ijtimoiy hayot uchun zarur hodisa bо‘lib, yosh avlodga ilmiy bilimlar tizimini, malaka va kо‘nikmalarini maxsus metod va vositalar orqali rejali ravishda singdirib berish hamda yosh avlodni har tomonlama shakllangan yetuk inson qilib tarbiyalashni maqsad qilib qо‘yadi.
Yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash mummmolari dastlab halq ogzaki ijodi, pedagogikasi, yozma yodgorliklarda, pandnomalarda mutafakkir hamda ma’rifatparvarlar asarlarining bosh mavzusini tashkil etgan.
Abdulla Avloniy tarbiya xaqida gapirar ekan, hakli ravishda shunday degan edi: «Tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo momot, yo najot, yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir».
Demak, tarbiya va odob Vatanga cheksiz muhabbat, iymon e’tiqod, mehr - muruvvat, rostgо‘ylik, adolatgо‘ylik, samimiylik, mehnatsevarlik va bilimdonlik kabi g‘oyalar vositasida shalkllanib boradi.
Ta’lim – u bolalarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni bо‘lib, muayyan kunikma va malakalarni singdirish, ularning ongi va xulqiga ta’sir etish, aqlini, ongini, idrokini, dunyoqarishini e’tiqodini va bilish faolligini rivojlantirishdir.
Ta’lim berish jarayonida tarbiya va ma’lumotning maqsadi amalga oshiriladi.
Ta’lim ikki tomonlama jarayon bо‘lib va о‘qitishni о‘z ichiga oladi.
О‘qitish - pedagogik faoliyat bо‘lib, bilim malaka, kо‘nikmalarni bolalarga singdirish, ularning bilish va amaliy faoliyatiga rahbarlik qilishdir.
О‘qish - uquvchining bilim, malaka kо‘nikmalarini egallashdagi amaliy faoliyatidir. U о‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi.
Ma’lumot - asosiy pedagogik tushuncha bulib, u ijtimoiy hayot voqealarni obyektiv aks ettiradi, Bu jarayon kishining tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri tо‘g‘risidagi umumlashtirgan ijtimoiy zarur bilim, malaka, kо‘nikmalar tizimining egallab olinishi natijasidir.
Ma’lumot kishining bilishga bulgan talabini ta’minlab, undagi qobiliyatlarni ma’lum darajaga kо‘taradi va amaliy faoliyatga tayyorlaydi.

ADABIYOTLAR RO`YXATI




  1. Download 75.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling