- Ixtiyorsiz xatti - harakatlarni ixtiyoriy harakatlarga qayta o`zgartirish.
- O`z xatti - harakatlari ustidan nazorat o`rnata olish.
- Shaxsning irodaviy sifatlarini tarbiyalash.
Irodani mustaqil tarbiyalash usullari - Irodani tarbiyalash arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak.
- Qiyinchiliklarni va to`siqlarni bartaraf etish ma`lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladi.
- Maqsad qanchalik ahamiyatli bo`lsa, irodaviy motivlar darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, kishi shunchalik katta qiyinchiliklarni bartaraf etishga qodirdir. Muhimi, kishi kundalik ishlari orasida uzoq kelajakni, faoliyatning so`nggi maqsadlarini hech vaqt esdan chiqarmasligi lozim.
- Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilaversa kishining irodasi izdan chiqadi, qabul qilingan qarorlarning muntazam ravishda bajarilmasligi kishi irodasini intizomsiz qilib qo`yadi.
XULOSA - Tartib bilan ishlash
- Davomli harakat qilish
- Doimiy izlanish (kurashish)
- Vaqtni bir xilda o`tkazmaslik
- Maqsadni unutmaslik
- Bilimlarni chuqurlashtirish
Faoliyat - Faoliyat subyektning olam bilan faol oʻzaro munosabatidir.
- Faoliyat - kishilarning tashqi olamga faol munosabati shakli, insonning oʻzini oʻzi maqsadga muvofiq tarzda oʻzgartirish usuli, inson borligʻining muhim xususiyatlaridan biri.
- Faqat faoliyat zamiridagina inson mohiyati namoyon boʻlishi, jamiyatning, har qanday ijtimoiy tuzilmaning mavjudligi taʼminlanishi mumkin.
- O‘yin (bolalar) – atrof-muhitning bilimga yo‘naltirilganligi, kattalar harakatini, ular o‘rtasidagi munosabatlarni bolalar tomonidan taqlid tarzida qaytarish.
- Ta‘lim – bilim, uslublarni egallash, mustahkamlash jarayonidagi faoliyat.
- Mehnat – moddiy va ma`naviy boylik yaratish, o‘z ehtiyojini qondirish uchun olamni o‘zgartirish, yangilash bo‘lgan maqsadli faoliyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |