Mehnat malakalari to‘g‘risidagi bilimlar tizimi - Mehnat maqsad va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi.
- Mehnat faoliyatini amalga oshirishda kerakli materiallarni, asboblarni tanlab ajratib olish zarur hisoblanadi.
- Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish ko`nikmasi shakllantirilishi lozim.
Mehnat
Kattalar mehnati bilan tanishtirish
Bolalarning mehnat faoliyati
Tarbiyachi, hamshira, mudira, oshpaz, psixolog, bog‘bon to‘g‘risida aniq bilim va tasavvurlar berish, mehnatni va mehnat natijalarini qadrlashga o‘rgatish, mehnatga qiziqish va muhabbat uyg‘otish, mehnat qilish xohishini tarbiyalash va ishni sifatli bajarishga o‘rgatish, shu orqali ularning ruhiy salomatligini asrash. Меhnat tizimi
1.Маqsad
4. Меhnat faoliyati
2. Меhnatni tanlash
5. Меhnat quroli
3.Маterialni tanlash
6. Меhnat natijasi
Мehnat vа o‘yin - Maktabgacha yosh davrining o‘ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o‘yin bilan bog‘liqligidir.
- Birinchidan o‘yin jarayonidagi biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
- Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o‘yin shakliga aylantirishadi, masalan, barglarni zambillarda tashishadi, mashinalarda yurishadi.
Мehnat vа o‘yinning farqi - Mehnatda maqsad qo`yiladi, uni amalga oshirish, natijasiga erishish uchun shart-sharoit yaratiladi, vositalar izlab topiladi.
- O‘yinda esa bolalar kattalarning mehnat faoliyatiga taqlid qiladi.
- O‘yinda mehnat singari biror aniq natijaga erishilmaydi, ammo u mehnat singari bolalarga quvonch bag‘ishlaydi, ularda qoniqish hissini hosil qiladi.
- O‘yinda bola o‘z o‘ylaganini rivojlantirishi yetakchi rolni o‘ynaydi.
- Mehnatda esa natijaga erishish yo‘lidagi mehnat harakatlari yetakchi rolni o‘ynaydi.
- O‘yin o‘zining rivojlanishidagi hal qilish bosqichda to‘xtatilishi mumkin.
- Mehnatda esa albatta ko‘zlangan natijaga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |