Tabiatdagi mehnat - Tabiatdagi mehnat - o‘simlik va hayvonlar, yil fasllari, jonsiz tabiat to‘g‘risidagi bilimlar manbai, bolalarda mehnatsevarlikni, tabiatga ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalash vositasidir.
- Bolalar mehnatning bu turi orqali tuproqni ekishga tayyorlash va o‘g‘itlash, ko‘chatni o‘tkazish, o‘simlik va hayvonlarni parvarish qilish kabi bir qancha mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallab oladilar.
- Mehnatning asosan ochiq havoda tashkil etilishi bolalar organizmini chiniqtiradi, ularning sog‘ligini mustahkamlaydi.
Qo‘l mehnati - Mashg‘ulot, o‘yinlar hamda mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan o‘yinchoq va qurilmalarni tayyorlash bo‘yicha bolalar mehnatidir (qog‘oz qiyqimlarni tashlash uchun, o‘simliklar urug‘i uchun qutichalar, qo‘g‘irchoq kiyimlari, qalpoqchalar, niqoblar va shunga o‘xshash narsalar tayyorlash).
- Qo‘l mehnatini bajarish orqali bola natijaga erishadi narsa, buyum vujudga keladi.
- Bolalar yopishtirish, bo‘yash, qirqish, yasash va shunga o‘xshash oddiy mehnat malaka va ko‘nikmalarini egallab oladilar.
- Ularda ijodkorlik, topog‘onlik, zexnlilik xislatlari o‘sadi.
Shart-sharoitlar yaratish - Bolalar mehnati uchun joy va vaqt, gigienik shart-sharoit yaratilmog‘i lozim.
- Ozodalik, toza havo, kerakli darajadagi yorug‘lik, mehnatning bolalar imkoniyatiga muvofiq bo‘lishi, mehnat vaqtini bolalar yoshiga qarab to‘g‘ri belgilash (kichik yoshli bolalar uchun 10-12 daqiqa, katta guruh bolalari uchun 15-20 daqiqa), bolalar harakatlarini almashtirib turishni ham e`tiborga olish kerak.
Хulosа - Har bir bola maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab mehnatda ishtirok etishi zarur.
- MTT, oilada bajariladigan uncha murakkab bo‘lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak.
- Bolalarda mehnatsevarlik orqali mehnatda qatnashish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, o‘zining mehnatiga nisbatan to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash javobgarlik, qat‘iylik, sabr matonatlilik, chidamlilik, o‘zi va o‘rtoqlarining mehnatini xolisona baholash tarbiyalanadi.
- Maktabgacha yosh davrida bolalarning yoshi ulg‘ayishi bilan mehnat sabablari ham o‘zgarib boradi.
- Bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali ular kattalardan mehnatning ijtimoiy sababini ancha erta o‘zlashtirib oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |