Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari reja
Tadqiqot metodlarga qо‘yiladigan talablar
Download 201 Kb.
|
Reja Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari (1)
Tadqiqot metodlarga qо‘yiladigan talablar.
Ta’lim metodlari oldiga quyidagi asosiy talablar qо‘yiladi: 1. О‘quv materialini о‘rganish yо‘li fikr yuritishning didaktik usullarini, milliy istiqlol g‘oyasiga hamda milliy qadriyatlarga asoslangan axloq, xulq-atvorning irodaviy sifatlarini shakllantirishga olib kelishi kerak. Shu talab nuqtai nazaridan qaraganda, ta’lim metodi tarbiyalovchi xarakterda bо‘lishi, ya’ni bilimlarni о‘zlarshtirishgagina emas, balki ta’limning tarbiyalovchilik imkoniyatlarini ishga solishga ham yordam berishi kerak. 2. Ta’lim metodi ilmiy dalilar bilan ravshan va aniq asoslangan bо‘lishi lozim. Ana shunda о‘qituvchi, bu metod bilan ishlashda qanday vazifalarni qо‘yib, hal qilish mumkinligini va qanday vazifalarni amalga oshirib bо‘lmasligini kо‘ra oladi. Metodning ilmiyligi о‘quvchilarning ravshan va aniq fikr yuritishini: materiallarni о‘zlashtirish jarayonidagi dalil-isbot va muhokamalarning maqsadi, vositalari, usullari, asosiy va ikkinchi darajali natijalarni ham bildiradi. 3. Ta’lim metodlarning tizimliligi ularning samaradorlik darajasini belgilaydi. О‘quv materialini о‘rganishning har qanday alohida olingan usuli, garchi, shu darsda qо‘llanish uchun juda qulay bо‘lsa ham, о‘qitishning boshqa metodlari bilan birga qо‘llanilmaganda о‘quvchilar aqlining о‘sishiga uncha ta’sir kо‘rsatmasligi mumkin. 4. Ta’lim metodlari oldiga muqarrar sur’atda qо‘yiladigan yana bir talab – ularning tushunarli bо‘lishidir. О‘qitish yо‘li о‘quvchiga tushunarli va maqbul bо‘lishi, о‘quv materialini о‘rganish usullari esa uning bilimlarni о‘zlashtirishdagi yosh imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim. 5. Bolani sezgi organlari orqali bilishga о‘rgatish va о‘quv jarayonida kо‘rsatmali qurollardan iloji boricha kо‘proq foydalanish zarurligi ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan muhim talabdir. Ta’lim metodlarini ta’limni ongli va faol shaklda olib borish tamoyili nuqtai nazaridan asoslash zarurligi ham muhim talablardan biridir. Bolaning о‘quv mashg‘ulotlariga ongli munosabatda bо‘lishi, о‘quv materiali mazmunini ongli ravishda tushunishi, undagi bilish faolligi va qiziqishining darajasi о‘qituvchining tushuntirish metodlariga va bolalarning bilimlarni о‘lashtirish usullariga bog‘liq. 6. Ta’lim metodlari oldiga qо‘yiladigan talablardan yana biri bilimlarning asosli va puxta bо‘lishidir. Ta’lim metodlari yaxshi natija beradigan bо‘lishi lozim. О‘qituvchining tushuntirish va о‘quvchilarning о‘zlashtirish usuli rejalashtirilgan yoki mо‘ljallangan natijani berishi kerak. Download 201 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling