Maktabgacha ta’lim-tarbiyani tashkil etish fanining predmeti va asosiy vazifalari reja
Pedagog tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
Download 201 Kb.
|
Reja Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsad va vazifalari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari.
2.Pedagog tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
Pedagog-tarbiyachi o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo’lgani kabi bo’lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo’lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo’yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o’zini o’zi ijodiy faoliyatga yo’naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Ijodkorlik–muayyan yangilikning ahamiyati va foydali ekanligini belgilovchi shaxs faoliyati va uning natijasi. Ijodkor shaxs–ijodiy jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshira oladigan hamda aniq ijodiy natija (mahsulot)larga ega shaxs. Kreativ shaxs–jarayon yoki natija sifatida ijodkorlikni namoyon etuvchi, masalalarni yechishga nostandart usullar bilan yondasha olishga moyil, o’ziga xos harakatlarni tashkil etish, yangiliklarni ilgari surishga, ijodiy mahsulotlarni yaratishga layoqatli va tayyor shaxs Ijod –ijtimoiy sub’ektning yangiligi, ahamiyati va foydaliligi jamiyat yoki muayyan guruh tomonidan tan olingan faoliyati yoki faoliyati natijasi Ijodkor shaxsni tarbiyalash – kasbiy-ijodiy faoliyat tajribalarini qaror toptirish va boyitish asosida ijodiy g’oya, ularni amalga oshirish ko’nikma va malakalariga ega shaxsni shakllantirish va rivojlantirish Kasbiy-ijodiy faoliyat–mutaxassisning kasbiy masalalarni ijodiy hal qilish muvaffaqiyatini tavsiflovchi faoliyati, innovatsion xatti-harakati Ijodiy topshiriqlar–muammoli vaziyatlarni tizimli tahlil asosida hal qilishga yo’naltirilgan masalalar tizimi Kasbiy-ijodiy imkoniyat – 1) kasbiy kompetentsiya, malakaga egalik; 2) kasbiy ijod metodologiyasi asoslarini o’zlashtirganlik; 3) ijodiy tafakkurning shakllanganlik darajasi; 4) kasbiy-ijodiy layoqat va shaxsiy sifatlarning rivojlanganligi Kasbiy ijodkorlik metodologiyasi–ijodkorlikning jarayon va natija sifatida ob’ektlar hamda muayyan kasbiy faoliyat turlariga munosabat ko’rinishidagi tuzilishi, mantiqiy tashkil etilishi, metod va vositalari haqidagi ta’limot Ijodiy tafakkur – tafakkurning ijod jarayonini tashkil etish va ijod natijalari (mahsullari)ni bashoratlashni ifodalovchi turi Ijodiy qobiliyat – ijodiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uning natijalanganligini baholashda namoyon bo’ladigan individual xususiyati. O’zini o’zi ijodiy faollashtirish –3. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik faoliyat malakalari. Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4) bolalarning qiziqishlariga e’tibor qaratish SHaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi --Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi --Hissiyotga boylik --Boy tasavvurga egalik --O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish --Mantiqiy fikrlash qobiliyati --Refleksiya qobiliyati --Ijodiy ta’sirchanlik va tashabbuskorlik --Eruditsiya (bilag’onlik) --Ijodiy yo’nalganlik --Innovatsion qobiliyatga egalik --Tavakkal qila olish qobiliyati --Tafakkur tezligiga egalik --ichki sezgining rivojlanganligi --O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati --YUksak badiiy qadriyatlarga egalik Drepeau tomonidan ham shaxs (jumladan, pedagoglar)da kreativlik sifatlarini muvaffaqiyatli rivojlantirishning to’rtta yo’li ko’rsatilgan Asosiy yo’llar 1--Kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish 2-Amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish 3--Kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish 4--Kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING YOSHGA DOIR PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA ULARNING BOLA SOG’LOM RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI. Reja: 1.Maktabgacha Yoshdagi bolalarning psixik taraqqiyoti. 2. Maktabgacha yoshidagi bolalar o‘yinining psixologik xususiyatlari. 3. Maktabgacha yoshidagi bolalar bilish jarayonlarining rivojlanishi. 4. Maktabgacha Yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi. 5.Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi. Download 201 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling