Maktabgacha ta'lim tashkiloti ota-onalar va mahalla hamkorligi


Download 67.85 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi67.85 Kb.
#1830145
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim tashkiloti ota-onalar va mahalla hamkorligi.


Maktabgacha ta'lim tashkiloti ota-onalar va mahalla hamkorligi
Reja:
1.Oila va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi.
2.Tarbiyada maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o’rni.
3.Mahalla va maktabgacha ta’lim tashkiloti hamkorligi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “Zamonaviy maktabgacha ta’lim sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishda muhim o’rin tutadi” deya ta’kidlaydi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning isboti o‘laroq 2018-yilda maktabgacha ta’lim sohasida bolalar qamrovi 34,4% ni tashkil etgan bo’lsa, bu ko‘rsatgich 2019-yil yarim yilligi yakunida 40,5% ni tashkil etdi.
Bu albatta davlat rahbarining maktabgacha ta’lim sohasida chiqarayotgan qarorlari va e’tiborlari natijasidir. Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi. Qanday qilib ta’lim jarayonini mushkullikdan quvonchli jarayonga aylantirsa bo‘ladi? Shuni aytib o‘tish joizki, sifatli ta’lim birinchi navbatda ta’lim beruvchi tarbiyachi, pedagogning kasbiy mahoratiga bog‘liqdir.
Albatta mashg‘ulotlar tarkibiga yangiliklarni kiritish, ilg’or ish uslublari va metodlarni qo‘llash ta’lim sifatini oshirishga olib keladi. Bu esa o‘z o‘rnida pedagogdan kasbiy mahorat talab etadi. Barchamizga ma’lumki, bola uchun birinchi va eng mukammal tarbiyachi bu ota-onadir. Shunday ekan, oila bilan hamkorlik masalalari, ayniqsa bola tarbiyasida otalar o‘rni muhimligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Mustaqillik yillarida mamlakatda ta’lim muassasalari faoliyatini me’yorlantiruvchi “Ta’lim to‘g’risidagi qonun’’, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ta’lim sohasida, jumladan uning birinchi pog‘onasi sanalmish maktabgacha ta’lim sohasida ham katta o‘zgarishlar yuzaga keldi.
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”ning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ularning ta’lim olishlari, qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi. Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi, uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqardi.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim tashkiloti yoki oilada maktab ta’limiga tayyorlash, unga qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bolaga oilada yaxshi tarbiya berish, bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlaboq ota-ona oldida turgan asosiy maqsad va vazifa, ya’ni ota-ona uchun ham qarz ham farzdir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil, 30-sentyabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirining 2018-yil, 21-noyabr 2-MX sonli buyrug‘i asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida kuzatuv kengashi ish boshladi.
Kuzatuv kengashi raisi ota-onalardan, kengash kotibi maktab o‘qituvchilaridan, a’zolari MTT pedagoglari, ota-onalar, mahalla vakillaridan tashkil topdi. Bu esa MTTning yanada ravnaq topishi uchun ayni muddao bo‘ldi. Kuzatuv kengashi MTTda bo‘ladigan ta’lim-tarbiya jarayoni, uning moddiy texnik bazasi, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan qo‘shimcha xizmat turlari, bolalarni sifatli ovqatlantirishni, MTTdagi joriy ta’mirlash ishlarida, hattoki, MTT rahbarini saylashda o‘z tavsiyasini berish huquqiga ega bo‘ldi. Mahalladagi kam ta’minlangan oilalarni o‘rganib chiqib, ularning farzandlariga MTTda ta’lim-tarbiya olish imkonini yaratdi.
Bola tarbiyasida oilaning o‘rni beqiyos. Oila bolaga qattiq ta’sir ko‘rsatadi, uni atrofdagi hayotga moslaydi. Jamiyatda esa tarbiya faqat ota-onaning shaxsiy ishigina bo‘lib qolmasdan, balki ularning ijtimoiy burchi hamdir. Ota-onalarni tashkiliy ishlarga jalb etish masalan, yumshoq o‘yinchoq tayyorlash, suv va qum bilan o‘ynashi uchun o‘yinchoqlar yasash, maydonchalarni ko‘kalamzorlashtirish uchun jihozlar tayyorlash muhim tadbirlardir. Bunday tanlovlar tarbiyachining yillik ish rejasida o‘z aksini topgan bo‘lishi kerak. Tanlov shartlarini umumiy ota-onalar yig‘ilishlarida muhokama qilish va ma’qullab olish kerak. Faol ishtirokchi ota-onalarga tashakkurnoma e’lon qilish, bu borada buvi-yu, bobolarning ham maslahatlariga quloq tutmoq lozim.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining oila bilan ishlash tizimida aniq maqsad mazmun bo‘lishi kerak. Ota-onalar bilan hamkorlik borasida avvalo erishilgan yutuq va tajribalarning natijalarini tahlil qilib, bolaning ijobiy tomonlarini ko‘rsatib, keyin asta-sekinlik bilan ularning xulq-atvoridagi salbiy holatlarni bartaraf etishga, tevarak-atrofga qiziqishlarini oshirib borishga astoydil harakat qilish lozimligini uqtirish kerak. Ota-onalarni maktabgacha ta’limga jalb etish maqsadida turli xil to‘garaklar, tadbirlar, davra suhbatlari, savol-javob kechalari, guruhiy va umumiy ota-onalar yig‘ilishlari, ochiq eshiklar kunini tashkil etish diqqatga sazovor holatlardir.
“Bolani qanday sevish kerak?”, “Bola hayotida kitob”, “Bugun biz nima bilan shug‘ullandik”, “Ota-onalar burchagi”, “Maslahat va tavsiyalar”, Ko‘chma papkalar va boshqalar”. Bundan tashqari ruhshunoslar tomonidan tashkil etilgan testlarga murojaat etish ham foydadan holi emas. Masalan, “Biz qanday ota-onamiz?” (Test) “Farzandimizning nihoyatda qiziquvchanligi” (Test).
Maktabga borish bola hayotidagi jiddiy o‘zgarishlar davri hisoblanadi. Mazkur davr bilan bolaning rivojlanishida yangi bosqich boshlanadi. Bolaning oldingilardan farq qiladigan faoliyat shakllarini o‘rganishiga to‘g‘ri keladi. Kattalar va tengdoshlar bilan munosabatlarning boshqa uslubini o‘rnatish, fiziologik jihatdan o‘zgarishi ham talab etiladi.
Xo‘sh, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolaning tayyorgarligi qanday bo‘lishi kerak degan muhim savol yuzaga keladi.
Bolalarni maktabga muvoffaqiyatli o‘qishi uchun ularni fanlar bo‘yicha mazmunli tayyorgarligi muhim emas. Chunki uni haddan ziyod yuklatish o‘qishga bo‘lgan xohishni susayishiga olib keladi. Asosiysi, uni psixologik jihatdan maktabga tayyorgarligi, bilishga qiziqishi, o‘zini nazorat qila olish malakalarini, kommunikativ va ijodiy qobilyatlarini, nutqini, xotirasini, diqqatini, tafakkurini rivojlanishining ma’lum darajasini shakllantirish lozimdir.
Ko‘rib turibmizki, bolalarni maktabga tayyorlash katta yoki tayyorlov guruhlarida emas, balki uning maktabgacha ta’lim muassasasiga kelgan kunidanoq boshlanishi lozim. Agar aniqroq aytadigan bo‘lsak, uni oldinroq ham boshlash lozim. Chunki bolaning diqqati, qiziquvchan va ba’zi bir topshiriqlarni mustaqil qilishi qiyin bo‘lganidek, uni qisqa muddat ichida birgalikda qandaydir vazifalarni yechishga, kelishishga o‘rgatish ham mushkul bir vazifadir.
Bolalarni maktabga chiqishda ularning yuqori imkoniyatlari va muvafaqqiyatini qanday ta’minlash mumkin?
Birinchi navbatda maktabga tayyorgarlik jarayonida o‘quv faoliyatining maqsadli yo‘nalishini o‘zgartirish lozimdir. Bola tafakkurini shakllantirishning bu bosqichida mazmunli komponentlardan holi o‘laroq, rivojlantiruvchi komponentlar ustun turishi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasi uslubchilari va pedagoglarining hizmatlari har bir bolani faoliyatga yo‘naltira olishga, predmet va hodisalarning hususiyatlarini tahlil qila olishga, ya’ni, predmetlarni ko‘rsatilgan belgisi bo‘yicha tarqatish, farqini va umumiy hususiyatlarini ajrata olishga qaratilgan bo‘lishi lozim.
Maktabga tayyorgarlikning besh asosiy komponenti:
1. Motivatsion tayyorgarlik.
2. Irodaviy tayyorgarlik.
3. Maktabga ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorgarlik.
4. Aqliy tayyorgarlik.
5. O‘qishga layoqat
Bolalarni maktabga qanday tayyorlash lozim?
1. Kichkintoyning maktabgacha ta’lim tashkilotiga jonu-dili bilan borishiga g‘amxo‘rlik qilish.
2. Bolaning yoshiga mos me’yorlar va yosh hususiyatlarini inobatga olgan holda talab qo‘yish.
3. Bola xatti-harakatlar va so‘zlar orqali sizni mehringizni sezishiga intilish.
4. Oilada uning uchun sharoit yaratish.
5. Ertak va she’rlar o‘qib berish, rasm chizish. U bilan iloji boricha ko‘proq suhbatlashish, turli mavzularni muhokama qilish. Sog‘ligi va kayfiyatini muntazam kuzatib borish.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bolani maktab ta’limiga tayyorlashda MTT, maktab, mahalla, oila hamkorligi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, ta’lim tarbiya sifati va samaradorligiga erishish va oldimizga qo‘ygan maqsadni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ota-onalar ta'limning muhim sheriklaridir. Ular farzandlarining ta'limga bo'lgan munosabatiga ta'sir qiladi va uyda o'rganishni qo'llab-quvvatlaydi. Ular uy va MTM o'rtasidagi hayotiy aloqadir. Va ular MTM hayotiga aralashganlarida, ular bizning MTMlarimizni o'rganish, o'sish va rivojlanish uchun yaxshi joylarga aylantiradi. Ota-onalarni jalb qilish siyosati ota-onalarni sherik sifatida kutib olishganda va ularni hurmat qilishda va ular uyda va MTMda o'zlarining hissalarini qo'shishlari uchun zarur bo'lgan yordamni hisobga olgan holda o'quvchilarning yutuqlari va
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
muvaffaqiyatlarining oshishini tan olishadi. MTMdagi ijobiy iqlimni targ'ib qilish uchun quyidagi qadamlarni belgilab beradi:
> O'qituvchilar MTM va oilalar o'rtasidagi o'zaro aloqalarni rag'batlantiradi va qo'llab-quvvatlaydi.
> Barchaga hurmat bilan qarashadi.
> MTM madaniyati jamoatchilik va g'amxo'r munosabatlar hissini rivojlantiradi.
> Ota-onalar MTM faoliyatiga jalb qilingan.
> Har kim o'zini xavfsiz va xavfsiz his qiladi.
Ota-onalar va o'qituvchilar o'rtasidagi munosabatlarga nisbatan ota-onalar va o'qituvchilar jamoasining quyidagi xususiyatlarini aniqlaydi:
> Bir-biringiz bilan uchrashishga va diqqat bilan tinglashga vaqt ajrating.
> Rejalashtirish va qaror qabul qilish guruhining ajralmas qismlari sifatida bir-biringizga munosabatda bo'ling.
> Har bir insonga o'z fikrlarini bildirishga va takliflar berishga ijozat bering.
> Muammolarni o'zaro hal qilishni rag'batlantiradigan tarzda kelishmovchiliklarga yondoshing.
> Qarama-qarshiliklar mavjud bo'lganda yoki qiyin vaziyatga javob topilmaganda, ikkinchi fikrni rag'batlantiring.
Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Maktabgacha ta'lim muassasalari va ota-onalar o'rtasidagi o'zoro munosabatlarnining o'ziga xos falsafiy fikrlari haqida tahlil olib borildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning tarixi va ma'naviy merosini o'rganishga oid bergan uslubiy ko'rsatmalari hamda, "Maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qo'yiladigan Davlat talablari tadqiqotning nazariy-uslubiy asosi bo'lib xizmat qiladi.
Farzandining noto'g'ri xatti-harakatlariga toqat qiladigan ota-onalar (ayniqsa o'qituvchi oldida)
Farzandidan katta umidvor bo'lgan va farzandining chegaralarini qabul qila olmaydigan ota-onalar bolani o'zini yomon tutishiga yoki yomon ishlashiga olib keladi.
Ota-onalar haqida gap ketganda, umumiy muammolar orasida quyidagilar mavjud:
> Farzandining noto'g'ri xatti-harakatlariga toqat qiladigan ota-onalar (ayniqsa o'qituvchi oldida)
> MTM faoliyati va targ'ibotlari bilan hamkorlik qilmaydigan ota-onalar
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Scientific Journal Impact Factor
Farzandidan katta umidvor bo'lgan va farzandining chegaralarini qabul qila
olmaydigan ota-onalar, bolani o'zini yomon tutishiga olib keladi
Ota-onalar haqida gap ketganda, umumiy muammolar orasida quyidagilar mavjud:
> Afsuski, ushbu ota-onalar farzandining muvaffaqiyatiga erishish uchun ularning hamjihatligi zarurligini tushunmaydilar.
> Ular o'z farzandlariga yaxshi o'qituvchi bo'lishlari mumkinligini bilishmaydi. Talabalarning kelajagi uchun bu borada xabardorlikni oshirish uchun biron bir narsa qilish kerak.
Ko'pgina hollarda, ota-onalar farzandiga yomonroq baho qo'ygan o'qituvchiga o'z farzandini ko'proq narsaga loyiq deb da'vo qilish uchun tez-tez taTim maskaniga kelishadi. Eng yomoni, ota-onalar farzandlarining noto'g'ri xatti-harakatlari tufayli chaqirilganda ota-ona o'zini maqtaydi. Farzandining noto'g'ri xatti-harakatlarini to'g'irlash uchun o'qituvchi bilan hamkorlik qilish o'rniga, ular hatto farzandining qilmishining to'g'ri ekanligini va bu haqda tashvishlanadigan hech narsa yo'qligini tasdiqlaydilar. Ushbu holatlar hozirgi kunda tendentsiya bo'lib tuyuldi va bu o'qituvchilarni tanlagan sohalarida ishtiyoqlarini yo'qotishiga olib keladigan stressga olib keladi.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ota-onalar uchun vaqti-vaqti bilan trening, munozara, test, so'rovnomalar o'tkazib turilsa, ayniqsa maktab yoshdagi 6-7 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarligini aniqlashda ota-onalar ishtirokida olib boriladigan har bir mashg'ulot farzandining nimaga qodir ekanini anglashiga yaqindan yordam beradi va bolalarni maktabga tayyorlashda oila a'zolarining mas'uliyati oshadi. Ta'lim muassasalarida ota-onalar va tarbiyachilar bilan o'tkaziladigan har bir munozara bolalarni maktabning ilk bosqichiga yengil qadam qo'yishida hamda sog'lom bola va sog'lom muhit sharoitini mustahkam yaratishga imkon beradi. Treninglar maktabgacha ta'lim muassasa uslubchisi, maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari, boshlang'ich sinf o'qituvchilari ishtirokida o'tkazilishi bola rivojlanishida to'g'ri tashxis qo'yishga yordam beradi.
Oilada uyushtiriladigan suhbatlarning alohida ahamiyati bor. Odob-axloq mavzusidagi bunday muloqotlar farzandlarning til vositalarini mustaqil tarzda qo'llashiga erishish zarurligini ko'rsatadi. Bunday oilaviy suhbatlar bolaning kundalik faoliyat hamda sayr-u sayohatlarida samarali natija berishi, shubhasiz. Hozirgi zamon talablariga muvofiq oilada bolalar ona tilini, adabiy talaffuz me'yorlariga binoan barcha tovush va so'zlarni aniq va tiniq talaffuz etib, so'z boyligini rivojlantirmog'i lozim. Bola shaxsini shakllantirish, nutqini rivojlantirish borasida yo'l qo'yiladigan kamchiliklar ko'p uchrab turadi. Ota-onalarning bolalarga
Scientific Journal Impact Factor
beparvoligi, so'zlashganda nutq madaniyatiga ahamiyat bermasligi bola nutqining buzilishiga olib kelmoqda.
Oilada bolalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar tizimi birgalikda uyushtiriladigan o'yin, sayrlarda yuqori darajada shakllanadi. Bolalar nutq madaniyatini shakllantirishda oila a'zolari va tengdoshlari bilan bo'ladigan munosabatlar muhim rol o'ynaydi.
Tarbiya qanchalik erta boshlansa, hosili ham shuncha barvaqt ko'zga tashlanadi. Shuning uchun ota-onalar va ta'lim muassasalari tarbiyachilari hamda pedagoglarning vazifasi yosh avlodni aqlan yetuk, jismonan sog'lom, axloqan pok, barkamol inson qilib tarbiyalashdan iboratdir.
Shuni ta'kidlash joizki, bola tarbiyasi bilan jiddiy shug'ullangan ota-onalarning farzandlari ta'lim muassasasida o'z imkoniyatlarini mashg'ulot jarayonida qiynalmasdan ko'rsata oladi. Oila va ta'lim muassasaslarining uzluksizligi bolani nafaqat jismoniy va aqliy jihatdan rivojlantiradi, balki uning ma'naviy shakllanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Maktabgacha talim tashkiloti tomon otlanayotgan farzandlarimiz bugunning baxtli chehcaklari. Yorug\ keng va eng zamonaviy rusmda tamirlangan xonalarda qora kozi eng zamonaviy o'yinchoqlar bilan mashg'ul bolsa, ikkinchidan ilg'or tajribaga ega malakali pedagoglar mashg'ulotlarida oz bilimini, bolalik dunyo qarashini rivojlantiradi. Avvallari devori suvog'idan nurab, boshiga chakki tomgan mashg'ulotxonalaru, kosasika sanoqli go'sh maxsuloti yo solingan yoki solinmagan yegulikni nari beri iste'mol qilib qish kunlari aqalli miriqib uxlashga ham imkoni bolmagan.
Muhtaram Prezidentimizning Yangi O'zbekistonning uchinchi ming yilligi ostonasida bugungi farzandlarimiz kelajagini oldindan ko'ra bilib ularning taqdirini o'ylab maktabgacha talim sohasida yangi qarorlarni ham chiqarib ham ijrosi uchun tezkorlik bilan yeng shimarib kirishgani biz pedagoglarni ham quvontirdi.
Avvalo, talim yo'nalishimiz vazirlik darajasiga ko'tarildi. Prezidentimizning 2017 yil 30 sentyabr PQ-3305 qarori asosida Ozbekiston Respublikasi Maktabgacha talim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi qarori barcha maktabgacha talim tizimi xodimlarining yillar davomida kutgan
natijasi boldi. Shuningdek, Prezidentimizning 2017 yil 9 sentyabr n^-3261-son Maktabgacha talim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi hamda 2017-2021 yillarda maktabgacha talim tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarorlari barcha islohotlarning imkoniyat eshigini ochdi.
Darhaqiqat, maktabgacha talimda qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, 7 ta normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish orqali maktabgacha ta'lim tizimining huquqiy bazasi yaxshilandi;
MTM moddiy-texnik bazasi mustahkamlanmoqda va tarmog'i kengaytirilmoqda. 2018 yilda ta'mirlanayotgan maktabgacha ta'lim muassasalari soni 2017 yildagiga nisbatan qariyb 3 barobarga (105 taga nisbatan 298 ta), yangi qurilish obektlari soni esa 2 tadan 40 taga oshdi;
Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog'i kengaymoqda, ularning soni 568 taga yetdi;
Davlat-xususiy sektor sherikchiligi tamoyili asosida tashkil etilgan maktabgacha ta'lim muassasalari soni jadal ortmoqda - bugungi kungacha davlat-xususiy sektor sherikchiligiga doir 741 ta kelishuv imzolandi;
Pedagoglar va tarbiyachilar malakasini oshirish ishlari o'tkazilmoqda. 2018 yilda 9 mingdan ziyod xodim qayta tayyorlandi;
"Bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo'yish" interaktiv xizmati yo'lga qo'yildi;
Maktabgacha ta'lim pedagoglari bazaviy tarif stavkalari 2 barobarga oshirildi;
Hisobotlar hajmi sezilarli darajada qisqartirildi;
Maktabgacha ta'lim boshqaruvi axborot tizimi (EMIS) joriy etildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.
MTM bilan ota - onalarning bir-biriga bog'liq jihatlar
MTM bilan ota-onalar burchlari va vazifalari, maqsadi bir-biriga o'xshaydi. MTMning asosy maqsadi bolalarni o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezishlari amalga oshiruvchi ta'lim - tarbiya jarayonini olib borishdan iborat boisa, ota-ona bolalarni ma'naviy barkamol qilib shakllant-irishdagi asoslarni hosil qilishda MTMdan samarali foydalanish va bola aqliy kamolotini ma'naviy kamolot bilan uyg'un holda rivojlantirishga erishishdir. Bolalarning MTM dagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish.
Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lig'i uchun g'amxo'rlik qilish.Maktabgacha ta'lim esa ustaviga muvofiq bo'lgan zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlashga doimo g'amxo'rlik qilishdir.Bola shaxsini shakllantirish, bilimga qiziqishini rivojlantirishdir. MTMda bolaning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta'minlanadi. MTM da bolalarning sog'lig'ini nazorat qilib boriladi. Bolalarni milliy ma'naviyat va umuminsoniy qadriyatlar bilan
tanishtiriladi. Bolalarni turli tahdidlarga qarshi kurasha olishga tayyorlanadi. Bolalarni odobli va tartibli kiyinishga o^gatiladi. BolalaTdagi salomlashish va ovqatlanishini odatdagi holga kiritiladi. Bolalarni huгmat qilish me'yoгlaгiga е'йЫг beгiladi. Ulaг qalbidagi ezgulik umg'lami undiгib, o'stiгib, Ulaгga mehг va muhabbat hamda muгuvvat ko'гsat-isЫarning mazmun - mohiyatini anglatiladi. "Odam savdosi" yomon illat ekanligi haqida bolalar ongiga chuqur tushuncha shakllantiгiladi. Unga mubtalo bo'lganlaming oqibati ayanchli bo'lishi haqida bolala^a tushuntiгiladi. MTM xodimlarining bolalaг uchun ibгat - namuna bo'ladi. Turii гag'batlantiгuvchi omil va pedagogik usullardan foydalangan holda bolalar jamoasi ishtirok-ida ularning qatnasha olishlariga qiziqish va faoliyatlarini oshir-ish bo'yicha xohish uyg'otish va unga sharait ta'minlaydi.Ko'pchilik bolalarni ulami shaxsiy xususiyatlari va qiziq-ishlariga mos holda faoliyatga jalb qilinadi.
Ota -naning jihatlari esa;
bola shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish.
Bolaning aql-zakovatli bo'lishi-ga va jismoniy hamda ma'naviy jihatdan yetuk bo'lib tarbiya-lanishiga asos yaratish.
Bola rivojlanishidagi nuq-sonlarni zarur tarzda tuzatish.
Bolalarning oilaviy an'anala^ maгosimlaг, uгf - odatlar va milliy bayramlarni kutib olishga tayyorlash.
Bolalami ma'naviy jihatdan tayyoriashda haг xil illatlarga nafrat гuhida tayyorlash.
Bolalarga kiyinish odobi va ulardagi intizomlilikni shakllantirish haqida qayg'urish.
Salomlashish va ovqatlanish odoblari insoniy fazilatlar ekanligini bolalar ongiga singdirish.
Bolalarda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat fazilat-larini, o'zidan katta yoshdagilaгga huгmat bilan munosabatda bo'lish tuyg'ularini shakllantirishga harakat qilish.
Odam savdosiga tushib qolgan odamlarning oilalari ham mahalla oldida uyalib, oila tanazuliga uchrashligini farzand-lar ongiga singdirish.
Oilada ota-onaning bola tarbiya-sida "Ijobiy o'mak" ko'гsatishi.
Ota - onaning oilaviy sog'lom muhitni tashkil etishi uchun ibrat - namuna ko^satishi, oilada bola taгbiyasiga гuhiy ta'siï qiluvchi omillami hisobga olinishi, oilada salomatlik tamoyillariga amal qilinishi, salbiy ta'siriami baгtaгaf qilishga bo'lgan harakatlar
Oilada farzandlarning qiziqish-larini o'yinchoqlaг yoráamida aniqlash va aniqlangan qiziqish-ni yanada kuchaytirishga ahamiyat berishdan iborat.
MTM va ota-ona bilan hamkorlik natijasida esa farzandlarda ongli hayot kechirish elementlari shakllanadi. Bolalaгda ham jismonan, ham ma'nan sog'lom bo'lishga ish-tiyoq oshadi.
Bolada onglilik va ijodkorlikka qiziqish oshadi. Bunda MTM dagi va oiladagi ma'naviy sog'lom muhit e'tiborga olinadi. Ixtisoslashtirilgan MTM da bunga boshqa talab qo'yiladi.
Bunda bolalarga ma'naviy immunologik tarbiya berish asos qilib olinadi.Oila va bola ma'na-viyatining sog'lom bo'l-ishiga e'tibor berila-di. Bolalardagi tozalik, ozodalik, tartib - intizomlilik kabi insoniy sifatlar shakllanishiga asos yaratiladi.Bolalardagi ma'naviy - axloqiy tarbiya rivojlanishi e'ti-borga olinadi.Bolalar ongida ezgulik insonlarni yaxshilikka yetaklashi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'lishi e'tiborda bo'ladi.Turli salbiy oqibat-lar haqida bolalar ongida tasavvur paydo bo'ladi."Ibrat - namuna - hayot dorilfununi" turkumi-dagi ma'lumotlardan foydalanish kerak.Bola tarbiyasidagi rag'batlantirish va jazolash me'yorlariga amal qilish lozim bo'ladi.Qiziqishga oid faol-iyatga moyillik kuchli bo'ladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ko'rinib turibdiki, farzand nafaqat oila tarbiyasi orqali kamol topadi, balki unga Davlatimiz tomonidan berilgan imkoniyatlar asosida tashkil etilgan MTM orqali ham kamol topadi. Chunki, bo'lajak kattalar ana shu kichiklar negizida tayyor bo'ladi. Bundan tashqari xalqimiz bolaparvar va o'z zurriyodini jonidan ham aziz ko'ruvchi xalq. Ular farzandlarini oilasining quvonchi, ota - onasining mehr nuridan yaralgan, ya'ni Alloh ato etgan oliy ne'mat, jamiyatning hayotbaxsh hamda harakatlantiruvchi kuchi, deb biladilar. Shuningdek, farzand umr mevasi, oila faxri va quvonchi hamda davomchisi bo'lganligi uchun ham u oilaning kelajagi baxtidir.
Biz oilani davlat ichra kichik davlat deb ataymiz. Unda yangi inson, ya'ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo'ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o'qituvchisi va tarbiyachisidir.
Farzandni barkamol va ma'naviy yetuk qilib o'stirish uchun, eng avvalo ota - onaning o'zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Bunday muhim va istiqbolli muammolarni hal qilishda mamlakatimizda ota - onalarga yordam ko'rsatish maqsadida MTM tashkil etilgan. Bu borada MTM bilan ota -onalar hamkorligining ahamiyati katta.
Bunday hamkorlikni o'rganish maqsadida so'rovnoma o'tkazdik.
So'rovnoma quyidagiga tarkibiy qismlarga bo'linib tayyorlandi:
I. Familiyangiz ismingiz. Bunda ota yoki onaning ismi sharifi yoziladi.
II. Oila va uning tarkibi. Bu tarkibiy qism 11 punkdan iborat savol bo'lib, unga oid javoblar ham tayyorlandi va to'g'ri javob deb bilgan javobingizni aylana ichiga oling, degan tavsiya berilgan.
III. Oilada bola tarbiyasiga oid shart - sharoitlar mavjudligi. Bu tarkibiy qismda 23 ta savol va turli javoblar, to'g'ri deb bilgan javobingizni aylana ichiga oling, degan tavsiya berilgan.
IV. Oilada bolaning barkamol bo'lishiga ma'naviy asos yaratilganligi. Bu tarkibiy qism ikkiga, ya'ni 4.1. - otalar uchun savollar va 4.2. - onalar uchun
savollarga bo'lindi. Ularning birinchisida 10 ta, ikkinchisida 11 ta savol olindi va yuqoridagi kabi talab qo'yildi.
V. Oilada bola tarbiyasi uchun moddiy asoslarning mavjudligi. Bu tarkibiy qism bo'yicha 10 ta savol olindi va ularga yuqoridagi kabi takliflar berildi.
VI. Farzandni maktabga tayyorlashga oiladagi shart - sharoitlar mavjudligi. Bu tarkibiy qismda 10 ta savol bo'lib, unga mos turli javoblar berilgan va bu yerda ham to'g'ri javobni aylana ichiga olib belgilash taklif qilingan.
Bizni mamnun qilgan narsa shundan iborat bo'ldiki, ota - onalarimiz farzandlarimiz taqdiriga befarq emas. Eng asosiysi ularning 92 foizi farzandlarini ma'naviy yetuk, barkamol qilib tarbiyalashni xohlaydi, shuningdek, ular ichidan 98,2 foizi farzandlarini turli tahdidlar va salbiy ta'sirlardan asrashni istaydilar.
Ota - onalarga "Farzandlaringizni MTM negizida maktabga tayyorlashni istaysizmi"? - degan savol berilganda, ular deyarli 100 foiz "ha" degan javobni belgilashgan.
Demak, ota - onalarimizning tani - joni xuddi avlod - ajdodlarimizniki kabi ma'naviyat va ma'rifat bilan yo'g'rilgan. Shu sababli biz uzluksiz ta'lim tizimining eng dastlabki qismini oila ma'naviyati va ma'rifatini hisobga olishdan boshlagan ma'qul ekan degan fikrga keldik. Bu fikrimiz ODM da ham ko'p marotaba o'z tasdig'ini ham topdi.
Demak, farzand tarbiyasini ota - onalar o'z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas'uliyati hamda qarindosh - urug'lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro'si farzand tarbiyasida ma'naviy ozuqa bo'ladi. Bu ma'naviy ozuqa bola tarbiyasida "ufq" ni ko'zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo'shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o'rnak bo'ladigan kishilardir, ya'ni obro'li ota - onalardir. Bunday odamlar o'z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, MTM ham e'tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a'zolari bo'ladi.
MTM va oila uyg'unligida bola tarbiyasi samarali kechadi, agarda, birinchidan, MTM laridagi ta'lim - tarbiya jarayonining optimal variantlari yaratilgan bo'lsa, ikkinchidan, ota - onalar bolalar tarbiyasining quyidagi ma'naviy jihatlariga e'tibor berilsa:
sog'lom oilaviy muhit;
oila ma'naviyati;
oilada bolaga ma'naviy - immunologik tarbiya berish omillari;
oilada bola tarbiyasiga oid munosabatlar;
oilada bola tarbiyasiga oid salbiy holatlarga qarshi munosabatlar;
oilada bolani ma'naviy jihatdan tarbiyalashga bag'ishlangan tadbirlar, marosimlar, urf - odatlar, milliy va oilaviy bayramlar, ODM. Bular to'g'risida mazkur tadqiqotimizning keyingi qismlarida batafsil ma'lumot beriladi. Bu jihatlardan ota-onalar tashabbuslari bilan MTM da uyushtiriladigan "Ma'naviyat mashg'ulotlari"da foydalangan holda olib borilsa erkin va ijodiy fikrlaydigan faol shaxsini shakllantirishga erishishiladi. Ishonchimiz komilki, ular ma'naviy yetuk, barkamol inson bo'lib shakllanadilar. Xulosa
Xulosa qilib aytganda maktabgacha ta'limda ota-onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish haqida gap borar ekan avvalob ularni bir-biriga bog'laydigan usullarni o'ylab topish lozim. Masalan, ota-onalar yig'ilishlari. Bunda ota-ona bolasi haqida eng ko'p ma'lumotlarni shu jarayonda oladi. Ularga yig'ilishda o'zi uchun bolasi haqida mavzularni tanlashda quyidagi ro'yxat taqdim etilishi samarali:
bolaning o'sishi va rivojlanishi;
qiyin xulq-atvorni qanday tuzatish mumkin;
bolaning ovqatlanishi;
bolalar kasalliklari;
o'yin orqali o'rgatish;
shaxsiy qadr-qimmat hissini rivojlantirish; nutqni rivojlantirish; o'yinchoqlarni tanlash va h.k.
Yana bir muhim usullardan biri bu bolalar bog'chalarida ota-ona burchaklarini tashkillashtirishdir. Bu burchak har bir guruhda bo'lishi shart. Ularning asosiy maqsadi bolalar va bolalar bog'chasida nima qilayotgani haqida onalar va onalarga xabar berishdir. Ushbu stendlarda turli xabarlar, tug'ilgan kun, tabriklar berilsa ota-ota xabardor bo'lib turadi. .
Ikkinchidan, asosiy narsa, bolasi haqidagi qiziqarli va g'ayrioddiy bir hikoya bilan tanishishtirib borish kerak. Asosiy maqsad - ota-onalar uchun stendlardagi barcha muhim ma'lumotlarni optimallashtirish va guruhning ichki xonasida yaxshi niyat va qulaylik yaratish. Ota -onalar uchun tadbirlar
Barcha bolalarni otalari uchun tashkil etilgan tadbirga taklif qilish ham samara beradi. Otalarning MTMdagi pedagogik jarayonlarga qay tarzda ishtirok etishlarini aniqlashtirish, ya'ni ular balkim, ustachilik qilishni, ovqat tayyorlashni biladilar yoki san'atdan mashg'ulot o'tkazish uchun xonani jihozlashga yordam berishlari mumkin. Mahoratli tarbiyachi bir-birlarini ma'naviy jihatdan qo'llab- quvvatlashlari uchun ikki nafar otani guruhga yoki yig'ilishga birgalikda kelishga taklif etadi, otalar bir-birlari bilan uchrashishlari va o'z bolalari to'g'risida fikr almashishlari uchun tadbir tashkil etadi.
Download 67.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling