Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ish hujjatlari va unga qo’yiladigan talablar mundarija: kirish
Ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish
Download 60.34 Kb.
|
Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ish hujjatlari va u-fayllar.org
1.2.Ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish
Tarbiyachilarning eng yaxshi tajribalarini o’rganish, barcha ilg’or tajribalarini taxlil qilish va amaliyotga joriy etish maktabgacha ta’lim tashkiloti metodik ishining asosi bo’lishi kerak. Tajribani o’rganish va umumlashtirish guruhlardagi tarbiyaviy ishlar holatini tizimili tarzda taxlil qilinishini nazarda tutadi. Tajribani o’rganishning asosiy yo’llaridan biri guruhlarga rejali tarzda kirish va pedagogik jarayon hamda kun tartibi jarayonlarining turli jihatlarini kuzatishdir. Ana shu kuzatishlar asosida tarbiyachining ishi, bolalarning xatti-harakatlari va xilma xil faoliyatlari haqida tasavvur tarkib topadi. Uslubchining kuzatishlari maxsus daftarida fotoyozuv, tanlab yozish va shu kabilar tarzida qayd etiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi butun metodik ishning markazi pedagogika kabinetdir. Pedagogik jarayonni uyushtirish, ota-onalar bilan ishlash, pedagogik mahoratlarini oshirish va mustaqil o’qishlarini tashkil qilishda tarbiyachilarga amaliy yordam ko’rsatishdagi yetakchi rol pedagogika kabineti zimmasidadir. Pedagogika kabineti maktabgacha ta’lim tashkiloti an’analari jamg’ariladigan joydir. Uslubchining vazifasi jamg’arilgan tajribaga «jon ato qilib» tushunarli qilish, tarbiyachilarni bolalar bilan ishlashda ularni ijodiy qo’llashga o’rgatishdir. Pedagogika kabinetida to’g’ri yo’lga qo’yilgan ish barcha xodimlarning metodik tayorgarligini oshirishga, xususan, bolalarni har tomonlama rivojlantirish vazifalarini hal qilishga yordam beradi. Pedagogik kabinetining asosiy vazifasi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga metodik yordam ko’rsatish, ularning g’oyaviy-siyosiy va ilmiy-metodik saviyalarining, pedagogik mahoratlarining o’sishi uchun sharoit yaratishdir. maktabgacha ta’lim muassasalardagi pedagogika kabineti, shuningdek, ilg’or pedagogik tajriba to’planadigan, umumlashtiriladigan va tarqatadigan boshlang’ich markaz hamdir. Kabinetning muhim vazifalaridan biri tarbiyachilarga o’z mehnatlarini ilmiy asosda tashkil qilishlarida yordam ko’rsatishdir. Pedagogika kabineti bu vazifalarni hal etishi uchun uslubchi kabinetdagi materiallar mazmuniga oshirilgan talablar qo’yishi, uni tizimilashtirish va puxta o’ylab chiqishi kerak. Pedagogika kabinetida tarbiyachilarni kabinetda mavjud materiallar bilan tanishtirish, yaxshi tajribani tashviqot qilish va yoyish maqsadida «axborot hizmati» uyushtiriladi. Axborot hizmati xilma-xil axborot byulletenlari, bolalar ta’limi va tarbiyasiga doir ayrim masalalar bo’yicha «axborot kunlari», yangi kitoblar annotatsiyasi havolasi bilan «Metodik adabiyotlar yangiliklari», «Tajriba, muammo, amaliyot», «Metodik burchak» stendlari va hokazolar bo’lishi mumkin. maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining nutq madaniyatini doimo takomillashtirib borish maqsadida kabinetda hammaga zarur kitoblar o’rin oladi. Pedagogik kabinetning butun ishi u maktabgacha ta’lim muassasalar metodik ishining markaziga aylanadigan qilib tuzilishi kerak. Tarbiyachilarga kabinet hizmatidan foydalanishni, unda saqlanayotgan materiallar bilan qiziqishi, o’rganish kerak. Bu sezilarli darajada maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchiining mahoratiga, tashkilotchilik qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Uslubchi kabinetning ish soatini aniqlashi, tarbiyachilarga o’z vaqtida yordam ko’rsatish maqsadida unda navbatchilikni uyushtirish kerak. Bu masalani hal qilishda maktabgacha ta’lim tashkilotlarining mudiri faol ishtiroq etadi. Pedagogika kabineti ishining eng muhim tomonlaridan biri maktabgacha ta’lim muassasalar xodimlariga mustaqil o’qishlarini yaxshilashda yordam ko’rsatishdir.Metodika kabinetni ishida katta o’rinni yosh tarbiyachi bilan ishlash egallashi kerak. Yaqin paytgacha psixologiya faniqa shaxsning liderlik xislatlarini shakllantirish bo’yicha «Xislatlar nazariyasi» degan ta`limot etakchi bo’lib kelgan. Bu ta`limotga binoan liderlikni ifodalovchi bir necha xislatlar mavjud va ushbu xislatlar majmuasi shaxsning o’zgalarga ta`sir etish qobiliyatini belgilaydi. Ammo, aniqlanishicha, xislatlarning shunchaki majmuasi shaxsni lider darajasiga ko’tara olmaydi va bu xislatlar soni bir necha o’ntalikdan iborat bo’lishi mumkin. Bu xislatlarni shakllantirish, ularni shaxs tuzilmasidagi boshqa tarkibiy jihatlar bilan muvofiqlashtirish va insonning ichki mazmunmohiyatiga aylantirish o’ta murakkab masaladir. Ko’p yillik psixologik tadbirlar bunday yo’lning kammahsul ekanligini ko’rsatdi. Shaxsning liderlik imkoniyatini rivojlantirishning zamonaviy yondoshuvlaridan biri, insonda shakllangan qobiliyatga suyanishni va shu qobiliyatni imkon bergan vaziyatda namoyon etilishini taqozo etadi. Bunday yondoshuv «situativ liderlik» deb atalib, unda lider deb, tan olingan shaxsning umumiy maqsadga erishish yo’lida muammoli vaziyatda o’z qobiliyatini namoyon eta olishi tushuniladi. Bu nazariyaga binoan guruh doimo bir necha liderga ega bo’lishi mumkin va kezi kelganda har bir jamoa a`zosi muammoli vaziyatni hal etish borasida o’z qobiliyat va imkoniyatini namoyish eta oladi.Fikrimcha, samarali foliyat olib boruvchi rahbar o’z jamoasida aynan shunday muhitni yaratishi kerakki, har bir xodim zarur vaziyatda o’z imkoniyatini ishga solish orqali muammoli vaziyatni hal etishda qatnashishi va boshqaruv jarayonida ishtirok etayotganini his qila olsin. Buning uchun jamoa, har qanday vaziyatni hal etishda chuqur mas`uliyat his etuvchi va o’z ishining ustalari bo’lgan professional xodimlarga ega bo’lishi lozim. Shu bilan birga, guruhda doimo shunday xodimlar topiladiki, ular paydo bo’luvchi ko’pgina muammoli vaziyatlarni hal eta oluvchi universal qobiliyatga ega. Shu nuqtai nazardan qaraganda, liderlik ko’p jihatdan shaxs tug’ma qobiliyalarining etarli darajada shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Yuqorida aytganimizdek, liderliknning asosiy jihatlaridan biri – guruh manfaati haqida g’amxo’rlikdir. Shuning uchun ham liderlik ta`rifidagi asosiy ma`no kasb etuvchi tomonlar bu – shaxsning ushbu vaziyatni muvaffaqiyatli hal eta olish qobiliyati va guruh manfaati yo’lidagi jonbozligi deb tushunilishi mumkin. Shaxsning liderlik imkoniyatini namoyon ettiruvchi yana bir asosiy tomon – jamoaning talab va istagiga mos kela olishidir. Turli mehnat jamoalario’z mas`uliyat darajasidan kelib chiqqan holda turlicha istaklarni namoyon etadi va hatto, ba`zida jamiyat manfaatiga to’la mos kelmaslik hollari ham kuzatiladi. Bunday jamoalarda esa, tabiiyki destruktiv, ya`ni buzg’unchi xulqqa mos keluvchi liderlar ajralib chiqadi va ular guruhning yashirin motivlarini namoyon etuvchi o’ziga xos kuchga aylanadi. Lider va rasmiy rahbarning turli shaxslardan iboratligi va ular o’rtasidagi ziddiyat haqida yuqorida to’xtalib o’tdik.6 Shunday holat ham yuz beradiki, tashkilot manfaatiga zid yo’l tutgan lider atrofida o’zi kabi hamtovoqlarni to’plashi va o’zining og’uvchi xulqi bilan nafaqat tashkilot maqsadi, balki rahbarning obro’siga ham putur etkazadi. Bunday liderni darhol ishdan bo’shatish lozim, degan an`anaviy fikr bir qaraganda to’g’ri bo’lsa-da, lekin ushbu vaziyatdan tarbiyaviy maqsadlarda foydalanish rahbarning mohir tashkilotchiligidan dalolat beradi. Rahbar o’z tashkilotidagi mavjud imkoniyatlarni qo’llagan holda norasmiy liderni nafaqat guruhdan ajratishi, balki unga ma`qul keluvchi va uning qobiliyatlariga mos keluvchi vazifalarni ham topib berishi mumkin. Umuman olganda, rahbar uning manfaatlariga zid bo’lgan har qanday kuchni o’z tomoniga og’dira olishi uning obro’siga obro’ qo’shuvchi va jamoa oldida uning nufuzini yanada oshiruvchi eng samarali imkoniyatdir. Download 60.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling