Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ish hujjatlari va unga qo’yiladigan talablar mundarija: kirish
Download 101.3 Kb.
|
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING ISH HUJJATLARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBIY BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI.
- XULOSA……………………………………………………………………….31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...........................................................32 KIRISH Mavzuning dolzarbligi
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING ISH HUJJATLARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………………………3 1-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBCHISI VA UNI PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISHDAGI O`RNI. 1.1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi, uning huquqi, vazifalari……..…..14 1.2.Ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish…………………………………… 2-BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBIY BOSHQARUVIDA USLUBCHI FAOLIYATINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. 2.1.Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi bilimiga qo`yilagan talablar……..18 2.2.Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchining liderlik sifatlari……………….23 XULOSA……………………………………………………………………….31 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR...........................................................32 KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16 avgust kuni bo’lib o’tgan yig’ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to’la qamrab olish bo’yicha muhim vazifalar qo’yildi1. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda qator yirik hujjatlar — O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi PQ-3305-sonli Qarori qabul qilindi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta`lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida” 2019 yil 13 maydagi 319 qarori hamda O`zbekiston Respublikasining “Ilk qadam” davlat o`quv dasturini ijrosini ta`minlash, Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida yuritilayotgan ish hujjatlarini tartibga solish maqsadida 2019 yil 30 avgust kuni 155-sonli “Davlat Maktabgacha ta`lim tashkilotlari pedagog xodimlarining ish xujjatlarini tasdiqlash” to`g`risidagi buyrug`i, Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to`g`risida” gi Qonuni qabul qilindi. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ruyobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muxim shartidir. Maktabgacha ta’lim bola sog’lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o’qishga intilish xissini uyg’otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorladi. Maktabgacha ta’lim bola 6-7ga etgunicha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalarida hamda oilalarda amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi. Maktabgacha tarbiyani rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo’ladi: Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash; Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish; Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jixatdan ta’minlash; Zamonaviy o’quv-uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar, o’yinchoqlar va o’yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish; Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish; MTTlarning har-xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo’yicha malakali konsultatsiya xizmati ko’rsatish imkoniyatini yaratish; Maktabgacha tarbiya va sog’lomlashtirish muassasalari tarmog’ini qullab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo’yadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev2 tomonidan Maktabgacha sohasiga katta e`tibordan ruhlanib, faoliyatimizni yanada samarali tashkil etishimiz lozim. Mazkur kurs ishimiz maktabgacha ta’lim mutaxassislarini maktabgacha ta’lim sohasidagi faoliyatini tubdan yaxshilashga qaratilgan ko’nikmalarini shakllantirish hamda bu orqali ta’lim samaradorligini oshirishdagi ishtirokini ta’minlashga nazariy va amliy jixatdan yordam beradi degan umiddamiz. Download 101.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling