Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ish hujjatlari va unga qo’yiladigan talablar mundarija: kirish


Download 101.3 Kb.
bet5/9
Sana22.06.2023
Hajmi101.3 Kb.
#1650703
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING ISH HUJJATLARI VA UNGA QO’YILADIGAN TALABLAR

Bilishi lozim:
a) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi to’g’risida”gi va “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlarini;
b) hukumatning tegishli qarorlari, Xalk ta’limi vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni;
v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarining;
mazmunini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini;
g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va metodlarini;
d) maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va metodlarini, bolalar hayoti va sog’ligini muhofaza qilish qoidalarini;
e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini7.
Malaka talablari:
a) o’z yo’nalishi bo’yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot yoki kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot va kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash bo’yicha kurslarni tugatganlik;


b) xorijiy tillardan birining boshlang’ich boskichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) uch yildan kam bo’lmagan pedagogik ish staji.
Uslubchining doimiy hujjatlari qatoriga guruhlardagi ta’lim-tarbiyaviy va sog’lomlashtirish ishlarini nazorat qilish daftari (jurnali) ham kiradi. Unda uslubchi o’zining guruhlarda bolalarning o’quv, o’yin, mehnat faoliyatlarini o’rganishga doir ishini; tarbiyachilar ishining sifatini; bolalarning dasturining turli bo’limlari bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarining tahlili; bolalarning xulq-atvor madaniyati, ma’naviy-irodaviy sifatlarini, jamoada yashash ko’nikmalarini egallaganlik darajalari va shu kabilarni aks ettiradi. Uslubchi tarbiyachilar ishidagi ijobiy jarayonlarni va kamchiliklarni qayd etadi, ularning qiyinchiliklari va muvaffaqiyatsizliklari sabablarini tahlil qiladi hamda ishni yaxshilashning yo’llarini ko’rsatadi.8


Download 101.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling