Maktabgacha ta'lim tashkiloti uslubiy faoliyatida uslubchi faoliyatining o'ziga xosligi Reja
Download 45.58 Kb.
|
Mtt rivojlanishidagi uslubchining ahamiyati. Reja mtt uslubchis
Lavozim vazifalari:
a) maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi o’quv-tarbiyaviy faoliyatiga metodik rahbarlik qilish; b) barcha yosh guruhlarda bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish; v) tarbiyachi va tibbiy xodimlar ishini yo’naltirish, nazorat qilish, bevosita bolalar bilan ishlovchi tarbiyachilarga va tibbiy hamshiralarga zarur metodik yordam ko’rsatish; g) maktabgacha ta’lim tashkilotida metodik kabinet ishini tashkil qilish, bolalarni tarbiyalash va o’stirish bo’yicha metodik materiallarni umumlashtirish; d) ilg’or tajribalarni o’rganib, tarbiyachilar va tibbiy hamshiralar orasida tajriba almashish ishlarini tashkil qilish, tarbiyachilar uchun ularga amaliy yordam berish maqsadida maslahatlar o’tkazish; e) bolalar tarbiyasining dolzarb masalalarini pedagogik kengashning muhokamasiga kiritish, pedagogik kengashlarga materiallar tayyorlash va unda tarbiyachilarning ishtirokini ta’minlash; j) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qabul qilingan buyruqarning bajarilishini nazorat qilish; z) ota-onalar orasida pedagogik bilimlarning tashviqoti hamda maktabgacha ta’lim tashkilotida turli yosh guruhlar bo’yicha tarbiyachilar ishida izchillikni ta’minlash; i) ta’lim tashkiloti faoliyatiga qo’yilgan sanitariya-gigiena talablari, mehnatni muxofaza qilish, texnika va yong’in xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish; y) tarbiyalanuvchilarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash va bolalar uchun qo’lgan sanitariya-gigiena talablariga rioya qilish. Tarbiyachi-metodist: a) O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagida”, ”Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida” va “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida” gi qonunlarini; b) hukumatning tegishli qarorlari, Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan chiqarilgan normativ-huquqiy hujjatlarni; v) maktabgacha yoshdagi bolalarnining rivojlanishiga qo’yilgan davlat talablarining mazmunini, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash dasturi va tarbiyaviy ishlar konsepsiyasini; g) maktabgacha pedagogika va psixologiyani, maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish va tarbiyalash shakl va uslublarini; d) maktabgacha ta’limga davlat talablarini bajarilishini nazorat qilish shakllari va uslublarini, bolalar hayoti va sog’ligini muhofaza qilish qoidalarini; e) pedagogik fan va amaliyotda ishlab chiqilgan metodik hujjatlarni, o’quv va tarbiya jarayonida o’qitish texnikaviy vositalaridan foydalanish amaliyotini bilishi lozim. Download 45.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling