Nutqning uslubiy shakllari


Download 9.12 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi9.12 Kb.
#1818647
  1   2   3
Bog'liq
Oʻzbek adabiy til uslublari ppt

Oʻzbek adabiy tili uslublari

Reja:

 

Adabiy til uslublari haqida umumiy ma`lumot.

Adabiy til uslublarining urlari.

Adabiy til uslublarini o`rganishda o`zbek adabiy tili tarixi fanidan tutgan o`rni.

  • Adabiy til taraqqiyotining har bir bosqichida uning o`ziga xos uslublari mavjud bo`ladi, chunki adabiy til uslublari tizmida tashkil topgan. hunga ko`ra adabiy til tarixi, asosan uning uslublari tarixini o`rganishni qamrab oladi. Jamiyatning rivojlanishi bilan bog`liq ravishda har bir davr adabiy til uslublarining miqdori, uning xarakterli xususiyatlari va ular orasidagi o`zaro munosabat o`zgarib turadi. Adabiy til tarixi matnlar tili tarixidan iborat bo`lib, har bir davrga oid bu matnlarning til xususiyatlari bilan ajralib turadigan matnlar guruhini belgilaydi. Ma`lum guruhga kirgan yodgorliklaning til xususiyatlari yig`indisi, umumlashmasi haqida hamda adabiy tilning turlicha uslublari haqida ma`lumot beradi.

Nutq nima?

  • Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
  • Uslub tilning tarixan takib topgan bir ko`rinishi bo`lib, o`ziga xos tarkibi birikish xususiyati va nutq vositalani va qo`llash qonuniyatlari bilan ajoalib turadi. Adabiy til uslubi - bu ma`lum darajada adabiy til matnlarida o`zining aniq ifodasini topgpn uslubiy bo`yoqdor hamda uslub jihatdan betaraf til unsurlarni ongli ravishda tanlash asosida tashkil topgan ma`lum tizimdir. Adabiy til uslublari faqat uning tizimini tashkil etish xususiyatlari jihatidangina emas, balki u yoki bu uslub tizimining yuzaga kelishi uchun asos bo`lgan omillar nuqtai nazaridan ham ajralib turadi. hu jihatdan dastlab funksional uslublarni ko`rsatish mumkin. bu uslublar tizimining xususiyati uning ishlatilishi doirasi, bu uslublarning ijtimoiy qo`llanish sohalari bilan bog`liq. Jumladan, hozirgi o`zbek adabiy tilining publisistik yoki professional- texnik uslblaridan, boshqa funksional uslublarda bo`lganidek, til vositalarini tanlash va tartibga keltirish shu matnlarning mazmuni, mohiyatini hamda ishlatilish sohasining o`ziga xos xususiyati bilan bog`langan.

Download 9.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling