Nutqning uslubiy shakllari


Download 9.12 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi9.12 Kb.
#1818647
1   2   3
Bog'liq
Oʻzbek adabiy til uslublari ppt

Nutqning uslublari


Nutq
So’zlashuv uslubi
Ilmiy uslub
Rasmiy- idoraviy uslub
Badiy uslub
Ommabop (publistik) uslub
  • Funksional uslublar bilan bir qatorda individual uslublar ham bor. Bu usullar tizimining xususiyati shundan iboratki, unda muallif o`z individual nuqtai nazari va didiga mos ravishda tilning sinonimik ifoda vositalaoini tanlab oladi. Individual uslublar asosan badiiy asarlar tilida qo`llanadi, unda qayta uslubiy bo`yoq oladi. Turli janrlarga va adabiy - badiiy yo`nalishlarga xos uslublar bilan birga ishlatiladi. Bu o`z navbatida badiiy asarlarda yozuvchi tili va yozuvchi uslubini farqlash zarurligini ham keltirib chiqaradi.

So’zlashuv uslubi

  • Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi.
  • So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
  • So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi.
  • So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir.
  • Yozuvchi tomonidan adabiy til va jonli so`zlashuv tilida tanlab olingan barcha til vositalari majmui yozuvchi tilini tashkil qiladi. Yozuvchi tilini o`rganishda asosiy diqqat muallifning adabiy tildan nimalarni o`z asari uchun tanlab olganligiga jalb qilinadi.

Ilmiy uslub

  • Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
  • Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.

Download 9.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling