Maktabgacha ta’lim tashkilotida nutqida kamchiligi bor bolalarni aniqlash va korreksiya qilish


Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida nutqida kamchiliklari bor bolalarni aniqlash va korreksiya qilish


Download 34.04 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi34.04 Kb.
#1625771
1   2   3
Bog'liq
1-R.Salimova

Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida nutqida kamchiliklari bor bolalarni aniqlash va korreksiya qilish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida tarbiyanuvchilarga bilim berish,ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida nutqida nuqsoni bor bolalarni alohida ajratib olish uchun kuzatish metodidan foydalaniladi. Bunda tarbiyachi tomonidan nutqida og’ishishi bor bolalarni ajaratishda lagopedik kasalliklar asosiy simptomlarini bilishi kerak va shu simptomlari asosida lagopedga bolalarni jo’natadi, albatta ota-onasi bilan birgalikda. Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalami qabul qilish tartibi, kulami bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruhlar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib o'tilgan [2].
Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stilish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o ‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi.
Metodist olimlaming ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalarning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflaming fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi. Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslami o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi.
E’lon qilingan tadqiqot ishlarini umumlashtirib o‘rgangan holda ularing ko‘pchiligida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga oid vazifalami hal etishga nisbatan quyidagicha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik:
- tovushlami to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi),
- aniq talaffuz hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona hamda aniq talaffuz qilish);
- so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
- nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash (bu namunaviy adabiy talaffuz qoidalarining jami);
- nutq sur’atini rivojlantirish,
- nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya’ni nutqning ongli ifodalanishi);
- nutqiy aloqa ko‘nikmalarini tarbiyalash;
- nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
- nutq’iy nafas olishni shakllantirish;
- o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda tarbiyachi va ota-onalaming roli benihoya kattadir. Bolalar nutqi ustida ishlash jarayonida:
a) tengdoshlari bilan suhbatda xushmuomala bo‘lishlariga; b) tabiiy ohangda gapirishlariga;
d) so‘zlashganda ruhbatdoshining yuziga qarab turishlariga; e) qo‘llarini bamaylixotir holatda tutib turishiga e’tibor bermoq zarur.
Korreksiya o’tkazish.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
- tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
- badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida:
- savod o‘rgatishda;
- o'yin faoliyatida; - ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlaming bajarilishida [5].
Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralami qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam e’tibor qaratadilar.
Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalaming bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmasligi mumkindir. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlami tahlil qilish quyidagi xulof:alarga kelish imkonini beradi:
• Nutqni rivojlantirish - bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
• Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.
• Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi shart.


Foydalaniladigan adabiyotlar:

1. M.Y. Ayupova. “Lagopediya”O’zbekiston faylasflari milliy nashriyoti Toshkent-2007.


2. D.R.Babayeva ”Nutq о‘stirish nazariyasi va metodikasi” O’qiuvchi nashriyoti -Toshkent 2018.
3.Po’latova P.M. “Maxsus pеdagogika”(oligofrеnopеdagogika). G’afur G’ulom nashriyoti 2005 y.
4. Mo’minova L.R., Ayupova M.Yu. “Logopеdiya” O’qituvchi nashriyoti- Toshkеnt 1993.
5. RaxmonovaV.S.”Maxsus pеdagogika” G’ulom nashriyoti. Toshkеnt 2006
6. Raxmonova V.S. “Dеfеktologiya asoslari va logopеdiya” O’qtuvchi nashriyoti.-Toshkеnt 1991.
Download 34.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling