04-01. Oʻquv dasturlar va metodik qoʻllanmalar:
Oʻzbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoʻyiladigan Davlat talablari, takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat oʻquv dasturi, “Ilm yoʻli” variativ dasturi va boshqa parsial dasturlar.
04-02. Yillik ish rejasiga muvofiqlashtirilgan oylik ish rejasiga (Ish jurnali). Yillik hisobot. Quyidagi boʻlimlar kiritilgan:
Maslahat soatlarini rejalashtirish qaydnomalari.
Taʼlim-tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatish qaydnomalari.
Metodistning oylik ish rejasi.
Keyingi oʻquv yili rejasi uchun gʻoya va takliflar banki.
Yillik hisobot.
1. Maslahat soatlarinilarni rejalashtirish
Maslahatlar MTT uchun oyda 2-marta oʻtkaziladi va quyidagi tartibda yuritiladi.
Namuna
T/r
|
Oʻtkazilgan vaqti
|
Maslahat mavzusi
|
Maslahatning qisqacha mazmuni va amalga oshirish boʻyicha vazifalar
|
Maslahat oluvchi shaxsning familiyasi, ismi, sharifi va imzosi
|
1
|
|
|
|
|
Taʼlim-tarbiya va pedagogik jarayonlarni kuzagish
Ushbu boʻlimda tashkilotda bolalarning kun davomidagi barcha faoliyat turlari (ertalabki qabul, ertalabki soat, rivojlantirish markazlardagi talimiy va mustaqil jarayonlar, sayrlar, ovqatlantirish, madaniy gigiyenik koʻnikmalar, uyqu va kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan faoliyatlar)ni kuzatish tahlili olib boriladi. Bunda kuzatuv oldindan belgilangan aniq maqsad asosida olib boriladi hamda metodist tomonidan beriladigan xulosa va tavsiyalar tarbiyachiga tanishtirilib, tarbiyachining tanishganligi haqidagi imzosi bilan yakunlanadi.
Namuna Metodist tomonidan 20__-20__ oʻquv yili uchun ________ oyi uchun taʼlim-tarbiya va pedagogik jarayonlarni kuzatish
Do'stlaringiz bilan baham: |