13
Seminar mavzulari oʻquv yilning asosiy vazifalari
hamda tashkilotning
taʼlim-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan mavzular asosida
oʻtkaziladi.
Oʻtkazilgan seminar yigʻilishiga tegishli hujjatlar
bayonnomalari va ish
materiallar yigʻma jildda jamlanadi.
Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari
Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u direktor,
metodist, psixolog, musiqa raxbari, defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ilgʻor
pedagoglar (tarbiyachilar) tomonidan tashkil etiladi.
Maslahat soatlari oyda ikki marta har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb va
tashkilot pedagoglariga muammo boʻlayotgan mavzular asosida rejalashtiriladi.
Maslaxat soatlari jamoa uchun va alohida pedagoglar uchun boʻlishi nazarda
tutiladi.
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish har bir guruhda yilda 1-marta
rejalashtiriladi. Bunda,
markazlarda ishlash, umumiy guruh boʻlib ishlash
jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 1 yil boʻlmagan yosh
mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish rejalashtirilmaydi.
Jamoa boʻlib kuzatish faqat gurux tarbiyachilari uchungina boʻlmay, tashkilotda
faoliyat
yuritayotgan defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, psixolog, til
oʻqituvchisi hamda musiqa rahbarining ham faoliyatlarini kuzatishni
rejalashtirish
lozim.
Bayram tadbirlari, koʻngil ochish soatlarni rejalashtirish
Mazkur bandga kalendar boʻyicha bayram ertaliklari,
turli tashkilot va
idoralar bilan hamkorlikda (bola hayoti xavfsizligi asoslariga oid tadbirlari, YPX,
tabiiy ofatlardan saqlanish va haqozo), koʻngil ochish soatlari, sport bayramlari va
musobaqalarini oʻtkazish rejalari kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: