Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/79
Sana02.11.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1740805
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023

Oʻquv amaliy seminarlar 
 
Bir yilda ikki marta oktyabr va yanvar oylarida rejalashtirib ikki bosqichda 
nazariy va amaliy seminarlar oʻtkaziladi.


13 
Seminar mavzulari oʻquv yilning asosiy vazifalari hamda tashkilotning 
taʼlim-tarbiya jarayonlari samaradorligini oshirishga qaratilgan mavzular asosida 
oʻtkaziladi.
Oʻtkazilgan seminar yigʻilishiga tegishli hujjatlar bayonnomalari va ish 
materiallar yigʻma jildda jamlanadi. 
Pedagoglar uchun maslahatlar, mahorat maktablari 
Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u direktor, 
metodist, psixolog, musiqa raxbari, defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, ilgʻor 
pedagoglar (tarbiyachilar) tomonidan tashkil etiladi. 
Maslahat soatlari oyda ikki marta har bir yoʻnalish boʻyicha dolzarb va
tashkilot pedagoglariga muammo boʻlayotgan mavzular asosida rejalashtiriladi. 
Maslaxat soatlari jamoa uchun va alohida pedagoglar uchun boʻlishi nazarda 
tutiladi. 
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish 
Pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish har bir guruhda yilda 1-marta 
rejalashtiriladi. Bunda, markazlarda ishlash, umumiy guruh boʻlib ishlash 
jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 1 yil boʻlmagan yosh 
mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa boʻlib kuzatish rejalashtirilmaydi. 
Jamoa boʻlib kuzatish faqat gurux tarbiyachilari uchungina boʻlmay, tashkilotda
faoliyat yuritayotgan defektolog, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi, psixolog, til 
oʻqituvchisi hamda musiqa rahbarining ham faoliyatlarini kuzatishni rejalashtirish 
lozim. 
Bayram tadbirlari, koʻngil ochish soatlarni rejalashtirish 
Mazkur bandga kalendar boʻyicha bayram ertaliklari, turli tashkilot va 
idoralar bilan hamkorlikda (bola hayoti xavfsizligi asoslariga oid tadbirlari, YPX, 
tabiiy ofatlardan saqlanish va haqozo), koʻngil ochish soatlari, sport bayramlari va 
musobaqalarini oʻtkazish rejalari kiritiladi. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling