Maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida


Pedagogik- kouching hamkorligi rejasi asosida ishlash


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/79
Sana02.11.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1740805
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79
Bog'liq
99 Buyruq 28.08.2023

Pedagogik- kouching hamkorligi rejasi asosida ishlash 
Kouching taʼlimning maʼnosini tushunishga yordam beradigan, pedagogni 
yangi bosqichga koʻtaradigan, motivatsiyasini va hujjatlar uchun javobgarlikni 
oshiradigan zamonaviy pedagoglar hamkorligini taʼminlaydi. Ushbu hamkorlik 
maktabgacha taʼlim tashkilotida faoliyat yuritayotgan barcha pedagoglar uchun 
boʻlib, uning ish faoliyatida tashkilot taʼlim-tarbiya jarayonlaridagi boʻshliqlarni 
toʻldirish, tajribasiz, yosh va oʻz ustida ishlashga qiynalayotgan pedagoglarga 
metodik yordam berish, motivatsiya orqali ularni jamoada oʻz oʻrnini topishga 
yordam berish maqsadi koʻzlanadi. 


14 
02 — Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar 
1. Tarbiyalanuvchilarni MTTga qabul qilish, guruhdan-guruhga 
oʻtkazish va tashkilot roʻyxatidan chiqarish toʻgʻrisidagi (elektron) buyruqlar 
yigʻma jildi. 
 
namuna 
Tarbiyalanuvchilarni maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish, 
guruhdan-guruhga oʻtkazish va roʻyxatdan chiqarish daftari 
 
T/r 
F.I.Sh
 
Tugʻilgan 
sana 
Guruhnomi Qaysi guruhga 
oʻtkazildi 
Oʻtkazilgan 
sanasi 
Roʻyxatdan 
chiqarilgan 
sana 
1. 
 
 
 
 
 
 
02-01. MTT direktori tomonidan tarbiyalanuvchilarning guruhdan guruhga 
oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi qabul qilingach, mazkur buyruqqa asosan bolalar 
guruhlarning davomat daftariga qayd etiladi. Daftar raqamlangan, tikilgan va MTT 
direktori tomonidan tasdiqlangan boʻladi. Umumiy tipdagi davlat MTTda bolalarni 
qabul qilish, tashkilotdan chiqarish ishlari “Bolalar bogʻchasi” elektron tizimi orqali, 
koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (keyingi 
oʻrinda – KTIDMTT) va qoʻshma tipdagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari 
(keyingi oʻrinda — QTDMTT)ga qabul qilish esa Tibbiy-pedagogik-psixologik 
komissiyasining (keyingi oʻrinda — TPPK) xulosasi asosida amalga oshiriladi. 
MTT direktori tomonidan YAIDXP orqali berilgan yoʻllanma yoki 
oʻrnatilgan tartibda berilgan TPPK xulosasi asosida kelgan bolalarni MTT qabul 
qilish, guruhdan-guruhga oʻtkazish, roʻyxatdan chiqarishga oid buyruqlar elektron 
nusxalari saqlanadi.
Oʻquv yili davomida MTT guruhlarida bola oʻrinlari boʻshagan taqdirda
elektron navbatda turgan keyingi bolaga yoʻllanma chiqarilib, MTT direktori 
buyrugʻi asosida qabul qilinadi. 
Tarbiyalanuvchilarni MTTdan chiqarish toʻgʻrisidagi buyruqqa uning ota-
onasi tomonidan berilgan ariza (arizada turli sabablar koʻrsatiladi) asos hisoblanadi. 
Bu toʻgʻrisida MTT direktori tomonidan “Bolalar bogʻchasi” axborot tizimiga har 
kunlik maʼlumotlar kiritilib, yangilab boriladi. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling