Mavzuli nazorat — tarbiyachining rejada belgilangan mavzu asosida taʼlim-
tarbiya jarayoniga yondoshuvini oʻrganishni nazarda tutadi. Ishchi guruh maʼlum bir
yoʻnalish boʻyicha taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish sifatini bajarilishi nazorat
qiladi. Nazorat jarayonida mavzuga aloqador mutaxassis pedagoglarning ham
taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish va uning olib borilishi oʻrganiladi.
Qiyosiy nazorat — ikki va undan ortiq parallel guruhlardagi pedagogik
faoliyatlar taqqoslama oʻrganiladi. Metodist, maʼlum bir yoʻnalish mazmunidagi
taʼlim jarayonini har ikki guruh tarbiyachisi ish faoliyati davomida nazorat qiladi,
qoʻllanilayotgan metodik usullarini, taʼlim jarayonlarida bolalar mustaqil
faoliyatlarining tashkil etilishini, bolalarning sohalar boʻyicha kompetensiyalarini
egallash uchun yaratilgan sharoitlarni taqqoslaydi, ish reja asosida guruhlardagi
taʼlim-tarbiya jarayonlari, bolalar faoliyati va boshqa metodik hujjatlarni tahlil qilish
shaklida oʻtkaziladi.
Namuna
Yillik ish rejada pedagogik jarayonni nazorat qilish jadvali
T/r
Ish mazmuni
Oʻrganish
muddati
Nazorat
qilina digan
guruh
Ijrosi haqida
maʼlumot
1
Frontal nazorat
(mavzu olinmaydi, yalpi oʻrganiladi)
2
Mavzuli nazorat
(mavzu rejalashtiriladi va mavzu asosida
oʻrganiladi) Masalan: “Guruhlarda rivojlanish
markazlarni shakllantirilganligi va ulardan
toʻlaqonli foydalanish xolati”
3
Qiyosiy nazorat
(Taʼlim jarayoni turlarini nazorat qilish
rejalashtiriladi va taqqoslama oʻrganiladi)
Masalan: “Guruhlarda
maʼnaviy-maʼrifiy, huquqiy tarbiya berish
boʻyicha olib borilayotgan ishlar” va boshqa
mavzular
Do'stlaringiz bilan baham: |