Mashg’ulotning maqsadi:Bolalarnimevava sabzavotlarning
turli xil turlari bilan
tanishtirish va tasvirlash
qobiliyatini rivojlantirish,
mevava sabzavotlarning
nomlari:“Olma” (Apple), “Banan” (Banana), “Shaftoli” (Peach), “Uzum” (Grapes),
“Kartoshka” (Potato), “Sabzi” (Carrot), “Piyoz” (Onion), “Karam” (Cabbage)ni
ingliz tilida talaffuz qilishga o’rgatish orqali lug’at boyligini oshirish.
Mashg’ulotni Faollik markazlarida tashkillashtirish.
Qurish-yasash va matematika markazi:
Mavzu: “Meva va sabzavotlarni tashishuvchi yuk mashinasi yasash”
Maqsad: Turli kattalikdagi g’ishtchalardan
va qurilish materiallaridan
mustaqil yuk mashinasi qurishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar:Ijodiy qurish-yasash uchun lego to’plami, butun va yarimta
g’ishtlar, ratta kubiklar.
Syujetli-rolli o’yinlar va drammalashtirish markazi
Mavzu: “Meva va sabzavotlar do’konida” o’yini
Maqsad:Bolalarni o’yin orqali muloqot qilishga, savdo-sotiq qilishning
kichik elementlarini bilishga, ingliz tilida meva va sabzavotlar nomini to’g’ri
aytishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar:Meva va sabzavotlar mulyaji, tarozi,
sotuvchi kiyimi, sabzavotlar surati tushirilgan rasmlar to’plami.
O’yinning borishi:
Tarbiyachi dastlab tarbiyalanuvchilarni o’yin qoidasi bilan tanishtiradi.Tarbiyachi
sotuvchi rolini, tarbiyalanuvchilar esa xaridor rolini bajaradilar.Bunda
xaridorlar
sotuvchining oldiga borib o’zlari yoqtirgan meva yoki
sabzavotni nomini ingliz
tilida ayib sotib olishlari kerak bo’ladi.So’ngra sotuvchi
xaridordan nima uchun
o’sha mevani yoki sabzavotni yoqtirishini so’raydi.Xaridor nima uchun yoqtirishini
aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: