Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida musiqa san'ati
Download 8.73 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqiy tarbiya vazifalari
- 4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.
Fanning vazifalari: -maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqaga mehr-muhabbat va qiziqish uygotish, boshlang‘ich musiqali didni tarbiyalash. -maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqani idrok yetishga, uning tinglash qobiliyati, estetik didi, umumiy madaniyatni rivojlantirish. -maktabgacha yoshdagi bolalarda musiqali qobiliyatni o‘stirish, musiqali didni shakllantirish, badiiy ijodkorlik iqtidorini rivojlantirish. -musiqa asarlarini idrok yetishni tarbiyalash. -musiqa tinglashga, kuylashga, musiqa asboblarini chalishga, musiqali ritmik harakatlarga o‘rgatish metod va usullari. -musiqaviy qobiliyat: musiqaga yemotsional munosabat, musiqani tinglay bilish, ritmni his yetish malakalarini shakllantirish. -bolalarda musiqa hamda ashula aytish, ritmika, bolalar musiqa asboblarini chalish sohasida yeng oddiy ijrochilik malakalarini shakllantirish. -umumiy musiqa qobiliyati, individual qobiliyatlar, ashulachilik ovozi va harakatlarning ifodaliligini o‘stirish.Musiqiy tarbiya vazifalari:1. Musiqaga muhabbat va qiziqishni o‘stirish.2. Bolalarning musiqiy tajribasini boyitish (musiqiy asarlar asosida).3. Bolalarni oddiy musiqiy tushunchalar bilan tanishtirish, musiqa tinglash, kuylash, musiqiy ritmikasi borasida malakalarni rivojlantirish.4. Bolalarda yemotsional hisni shakllantirish. Ularda lad hissi, ritm tuyg‘usini o‘stirish va harakatni o‘tirish.5. Musiqiy didni o‘stirish (musiqiy taassurotlar asosida).6. Bolalarda ijodkorlikni o’stirish (barcha faoliyatlar asosida).Hozirgi kun talabi maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga musiqiy- estetik tarbiya berish borasida aniq vazifalarni qo‘yadi: – bolalarni tabiat go‘zalliklarini, badiiy asarlarni idrok yetish; – estetik did va hissiyotni shakllantirish; – hayotda go‘zallik tushunchasini to‘liqligicha anglashni o‘rgatish; – bolalarga badiiy ijodkorlikni shakllantirish; – bolalarda go‘zallikni o‘z hayotlariga, o‘z faoliyatlariga olib kirishni o‘rgatish va hokazo. KICHIK YOSH (3 - 4 yosh) Musiqa tinglash: Bolalarda kichik musiqiy asarni tinglash ko’nikmasini pado qilish. Marsh, qo’shiq va raqs janrlari haqida ilk tasavvur paydo qilish va ularni farqlash. Musiqani mazmunan tushunishga o’rgatish: Musiqiy-ritmik harakatlarni bajarish: To’p bo’lib yengil yurish va yugurishdan sekin-asta har tarafga, to’g’riga, erkin-sochma, doira bo’ylab yengil yurish va yugurishga o’rgatish. Bolalarni 3-4 sodda va oddiy harakatlardan iborat raqslarni to’p bo’lib raqs tushishdan juftlikda, sochma tarzda, shundan so’ng doiradagi raqslar ijro etishga o’rgatish. Raqs harakatlaridan «Koptokni yuqoriga ot», «arqonni tort», «tokcha», «ko’zguga qara», «xo’rozcha», «maysani sila» bilan tanishtirish va ularni musiqaga mos bajarish. Kuylash: Cholg’u asbobi va kattalarga jo’r bo’lib kuylash. Tabiiy ovozda zo’riqmasdan kuylash malakalarini shakllantirish. Kuylash vaqtida to’g’ri nafas olishga, avval «gulni hidlab», so’ng kuylay boshlashga, o’tirgan yoki turgan holatda to’g’ri kuylashga o’rgatish. Qo’shiq mazmunini tushunib kuylash bilan bir vaqtda harakatlar bajarishga o’rgatish Download 8.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling