Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ochiq eshiklar kunini tashkil qilish reja
Download 21.9 Kb.
|
Maktabgacha ta`lim muassasasida ochiq eshiklar kunini tashkil etish,
MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNINI TASHKIL QILISH Reja: Maktabgacha ta`lim muassasasida ochiq eshiklar kunini tashkil etish, yosh ota-onalar maktabi. Bolalar bog‘chasida pedagogik jarayonni tashkil etishning maqsadi va vazifalari 1.Maktabgacha ta`lim muassasasida ochiq eshiklar kunini tashkil etish, yosh ota-onalar maktabi. Ota-onalar bilan ishlashning eng samarali shakllaridan biri ochiq eshiklar kunidir. Maktabgacha ta`lim muassasasi ishining butun murakkabligi, ko’p qirraliligini va uning bolalar tarbiyasidagi ahamiyatini tushunish uchun hamma ota-onalar maktabgacha ta`lim muassasasisida bo’lib turishlari kerak. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o’z kalendar yillik rejasi bo’yicha, har bir yoshdagi guruhning ma`lum kun tartibi bo’yicha odatdagi mehnat kunidir. Bunday kunlarni yiliga 1-2 marta o’tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o’tkazish mo’ljallanganda avval tayyorgarlik ishini o’tkazish zarur, ya`ni ota-onalarga bolalarni jismoniy chnniqtirish, ovqatlantirish, mashg’ulotlarning borishi, sayr qilish va boshqa ko’pgina narsalarni ko’rish imkoniyatiga ega bo’lishlari haqida ma`lum qilinadi. Ota-onalarga esa quyidagnlarni eslatiladi: bolalar bilan oddiy munosabatda bo’lish, ularning faoliyatida imkoni boricha ishtirok etish, tarbiyachi mashg’ulot o’tkazayotgan bolalar diqqatini chetga tortmaslik, o’zining farzandiga hatto u diqqat qilmayotgan yoki biror narsani noto’g’ri qilayotgan bo’lsa ham tanbeh bermaslik, o’z taassurotlarini, fikrlarini ko’rik tugagandan so’ng bolalar ishtirokisiz aytish mumkinligi kabi odob qoidalariga rioya qilishni iltimos qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o’tkazishga tayyorlanayotganda fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa «Ota-onalar bizning mehmonimiz» yoki «Bizda ochiq eshik- lar kuni» mavzuida fotoko’rgazma tashkil etish mum-kin. Bu ko’rgazma maktabgacha ta`lim muassasasisiga shu kun tashrif buyurmagan ota va onalarda ancha qiziqnsh uyg’otadi. «Mohir qo’llar zerikmaydi»— eng yaxshi o’yinchoqlar tanlovini o’tkazish Bolalarni tarbiyalash san`ati haqida ma`ruza va suhbatlar tsiklini tashkil etish mumkin Download 21.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling