Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarining Turli Yosh Guruhlarida Matemetika Mashg’ulotlarini Tashkil Etish Metodikasi


Download 173.5 Kb.
Sana01.12.2021
Hajmi173.5 Kb.
#178252
Bog'liq
Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarining Turli Yosh Guruhlarida Matemetika

Maktabgacha Ta’lim Tashkilotlarining Turli Yosh Guruhlarida Matemetika Mashg’ulotlarini Tashkil Etish Metodikasi.

 Sezgi va idrok biror maqsadga qaratilgan mazmunli faoliyat jarayonida muvaffaqiyatli rivojlanadi. Samarali faoliyat (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar, applikasiyalar yasash) sezgi va idrokning rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratibgina qolmay, balki buyumning shaklini, rangini, joyini bilib olishga ham ehtiyoj paydo qiladi. Biror narsaning rasmini chizishdan oldin bolani buyumlarning rangiga qarab taqqoslashga o’rgatiladi, suratlarni ko’zdan kechirishda esa qanday qilib rang yordamida tasvirning badiiy ifodaliligiga erishilishini ko’rish qobiliyati rivojlanadi. Bog’chada bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o’simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

  • Turli yoshdagi bolalarda asosan:

Bog’chada bolalar butun yil davomida tabiat bilan tanishtirib boriladi, ularga o’simliklarni, hayvonlarni parvarish qilish topshiriladi. Bu suv, yer, quyosh issiqligining xususiyatlarini sezib bilib olish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

  • Bolalar tabiat bilan bevosita munosabatda bo’lish tufayli gul, toshlarning nomini osongina va bajonu dil bilib oladilar, keyinchalik ularning shakli, rangi, tuzilishi, hidi, nomini silliqligi va mayinligiga qarab topadilar.

Mashg’ulotlarda bolalarning hissiy bilish tajribasini egallab olishlari muhim rol o’ynaydi

  • olalar biror buyumni nima uchun sinchiqlab qarash, ba’zi tovushlarni yaxshilab eshitish kerakligini aniq tushunganlaridagina, ularda sinchiklab qarash, narsa va hodisalarni idrok qilish malakai hosil bo’ladi. Shuning uchun tarbiyachi bolalarni narsa va hodisalarni idrok qilishga o’rgatib, ularga qiladigan ishlarining ma’nosini aniq tushuntirib berishi lozim. Shundagina ular ancha tushungan holdBa idrok qiladilar va u biror maqsadga qaratilgan bo’ladi: axir, daraxat shoxlari (novdalarini) yaxshilab ko’zdan kechirilmasa, uning rasmini chizish ancha qiyin bo’ladi.

Bolalar bog’chasida ta’limning frontal (umumiy), gurppaviy va yakka tartibdagi shakllaridan foydalaniladi.

  • Mashg’ulot bolalar bog’chasida bolalarga ta’lim berishning asosiy shaklidir. Mashg’ulot –pedagogning bolalarni kerakli bilim va malakalardan frontal holda xabardor qilishidir. Tarbiyachi bolalarga ta’lim berishni kun davomida amalga oshiradi: ularning bilimlarini boyitadi, madaniy –gigiyenik, xulq madaniyati, gaplashish nutqi, sanoq–hisob harakatlari kabi turli–tuman malaka va ko’nikmalarini shakllantirib boradi. Ammo ta’lim berishda bosh rolni mashg’ulot egallaydi. Mashg’ulotlar bolalar bog’chasida ta’limni tashkil etish shaklidir. U maktabgacha tarbiya yoshidagi hamma bolalar uchun majburiydir: unda dastur mazmuni belgilab berilgan, kun tartibida unga ma’lum o’rin va vaqt ajratilgan. 

Bolalarga bilim berishni jamoa usulida olib borish katta ahamiyatga ega:

  • Birgalikdagi faoliyatda bolalar bir –birlariga faol ta’sir etishadi, o’z tashabbusi, topag’onligini namoyon qilish imkoniyati tug’iladi. Bolalar oldiga umumiy zo’r berishni talab, jamoatchilik hissi shakllanadi. Ekskursiyalar, rasm qirqib yopishtirish, qurish –yasash ishlarini birgalikda bajarish, umumiy raqs –o’yinlarini ijro etish, badiiy asarlarni eshitish, o’qishda paydo bo’lgan etuvchi vazifa qo’yilganda birgalikda qayg’urishadi birgalikdagi kechinmalar bolalarning birlashgan do’stona jamoasini yaratishga yordam beradi, birga ishlash, yashashga o’rgatadi. Mashg’ulotda ta’lim berish orqali bolalarda maktabdagi o’qishga qiziqish tarbiyalanadi, javobgarlik hissi, o’zini tuta olish, mehnat  qilishga intilish odati, topshirilgan ishni bajarish kabi to’g’ri sifatlar hosil qilinadi.

Download 173.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling