Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xamkorlikka doir ish xujjatlarini o’rganish


Download 40.32 Kb.
Sana08.03.2023
Hajmi40.32 Kb.
#1252806
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xamkorlikka doir ish xujjatlarini o’rganish


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining xamkorlikka doir ish xujjatlarini o’rganish



Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang`ich sinf o'quvchisining jamiyatdagi
moslashuviga ta'sir etuvchi omillardan biri ekanligi, bolalar bog'chasi va maktab
ishining uzluksizligi bo`lib, birinchi sinf o'quvchisining yangi o'quv sharoitlariga
moslashtirish muammosi va bu muammoni hal qilishda bolalar psixologlari,
o'qituvchilar, shifokorlar va shu soha olimlarining roli alohida o`rin egallashi haqida so`z boradi.
Kalit so’zlar: moslashish, hamkorlik, o’yin faoliyati, o’qish faoliyati, muhit.

Maktabgacha yoshdagi bolaning yetakchi faoliyati - bu o'yin. Asosiy psixologik
jarayonlarning rivojlanishi - xotira, diqqat, e'tibor, fikrlash, tasavvur ham
maktabgacha yoshdagi davrda faol rivojlanadi va o`sib boradi. Bolalar bog'chasidan maktab ta’limiga o'tish davrida bolaning tanasida va psixologiyasida o’zgarishlar sodir bo'ladi. Moslashish ya’ni adaptatsiya davrini boshlab beradi. Bu jarayonda bola bir qancha qiyinchiliklarga duch keladi. O'yindan o'tish jarayoni bolaning o'quv jarayonini o'zi idrok etishida qiyinchiliklarga duch keladi. Ushbu holatlarda ota-ona va maktabgacha ta`lim muassasasi o`rtasida hamkorlik juda muhim hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti va maktab o’rtasida umumiy ta’lim muhitini yaratish darkor. Ta'lim tashkilotlarining bunday yagona ta'lim muhitini tashkil etishdagi asosiy maqsadi ta'lim va tarbiya masalalariga yagona yondoshishni asosli
rivojlantirishdir. Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktabning hamkorligini tartibga soluvchi normativ hujjat loyhasini ishlab chiqish hamda amaliyotga tadbiq etib, shu normativ asosida bog`cha va maktab o`zaro hamkorlik ish rejasi bo`yicha faoliyatini tashkil qilishi lozim. Bu faoliyat rejalashtirilgan va bevosita pedagog xodimlar bilan olib borilganligi
sababli, tahliliy va amaliy tadbirlar, seminar va konferensiyalar qo'shma pedagogik
o'qishlar va tematik pedagogik zallar orqali amalga oshiriladi. O'qituvchilar va
sinflarning o'zaro tashriflarini rejalashtirish va o'tkazish tavsiya etiladi. Bu
o'qituvchilarga bolalar duch keladigan qiyinchiliklarga e'tibor berish va aniqlangan
muammolarni hisobga olgan holda kelajakdagi o'quv tadbirlarini rejalashtirish
imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, ta`lim maskanlariga ekskursiyalar tashkil etish, tajribali boshlang`ich sinf o`qituvchilari bilan uchrashuvlar tashkil etish bolalarni maktab ta`limiga tayyorlab borishda samarali usul hisoblanadi. Shuningdek, mazkur hamkorlik davomida bolalarni bog`cha muhitidan maktab muhitiga moslashish jarayonini alohida nazoratga olib, uni tahlil qilib borish va bolalarning moslashish jarayonini svetofor usulida yuritib, qizil ko`rsatkichli natijadagi bolalar bilan individual tarzda shug`ullanish va ularni maktab ta`limiga moslashuviga ko`maklashish talab etiladi.
Maktab va maktabgacha ta`lim tashkiloti o`rtasidagi hamkorlik ishlarida
quyidagilar muhim hisoblanadi. Maktab ta`limi talabidan kelib chiqqan holda bolalar bilimlarini chuqurroq egallashi, bolalarni maktabga ruhiy tayyoragarligi,
maktabgacha ta`lim tashkilotida olib boriladigan mashg`ulotlar rivojlantiruvchi tarzda bo`lishi, bolalarni aqliy mehnatga bo`lgan qiziqishlarini orttirish. Maktabgacha ta`lim tashkiloti va maktab o`rtasidagi hamkorlik bolalarni maktab ta`limi talablariga javob beradigan darajada bilimlar bilan qurollantirib, umumiy jihatdan rivojlantirib va odobli qilib tarbiyalagan holda maktabga yuborilishini va o`qituvchining maktab yoshidagi bolalarning egallagan bilim, malaka va sifatlariga asoslanib, dars va tarbiyaviy jarayonlarda foydalanish uchun zamin yaratadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar egallagan xulq atvor shakllari, kattalar va
tengdoshlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabat shakllari axloqiy his tuyg`u va
tasavvurlar maktabning boshlang`ich sinflarida bolalarga yangi axloqiy xulq atvor
shakllarini, ongini, his tuyg`ularini tarbiyalash uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi maktabga tayyorlov gurhlarini maktabga tayyorlashda zamonaviy axborot vositalaridan foyalanish farzandlarimizbi bunday insonlar bо‘lishlarida eng avvalo biz kattalarni ona-otalarni yaxshi inson bо‘lishlari uchun harakat qilishimiz lozim. Axir ota bobolarimizdan yillar davomda sinab kelingan naqillarimiz birini misol qiladigan bо‘lsak “Qush uyasida kо‘rganin qiladi” deb aytib о‘tganlan. Shu sababda biz farzandlarimizni tarbiyasi bilan eng avvalo ota-onalarimizga bog‘liqdir. Ularning bolajonlarni kо‘zlarini ochishlari bilan ota-onasini kо‘radi. Butun umirlari davomida ularning bilim, tajriba va kо‘nikmalariga suyangan holda yashaydilar. Shu boisdan maktabga tayyorlov gurhlarining xayotida oilaning, maktab va albatta zamonaviy axborot vositalarining о‘rni beqiyos chunki bolalar eng birinchi olgan bilimlarni hayotda qо‘llashni oilaning yordamida о‘rganadilar.

Bolalar dunyoviy ilimlardan ilk tushunchalarni о‘rganishda axborot vositalari hamda maktabgacha ta’lim tashkilotidir. Bolajonlarimi bu tashkilotga ilk qadamlarini uch yoshligidan boshlab qо‘yar ekan ularni turli xildagi bilimlar bilan tanishtirishda axborot vositalari foydalanib borilmoqda.


Tarbiyachilarimiz tamonidan bolajonlarga qoshiq ushashdan boshlab о‘z-oz’iga mexnatning yengil kо‘rinishlarini о‘rgatishni boshlaydi. Bu esa bolajonlarimiz kichik guruxlardan boshlab о‘z atrofini о‘rab turgan xona buyumlaridan boshlab sekin astalik bilan ona tabiyatni nechog‘liq qiziqarliligini, boyligini, gо‘zaligini biz uchun u suv va havoday yashashimiz uchu qanchalik muxum bо‘lsa tabiyatning barcha qisimlarin, boyligin yashashimiz uchun kerakligin uni eng kichik elementlaridan asrashimiz lozimligini tо‘lalaigicha tushuntirib о‘rgatishni boshlanadi. Undan keyin bolajonlarimizga muqaddas ona vata, uning qadimiy va navqironligi о‘z gо‘zalligi boyligi bilan tanishtirishda xazirgi kunda zamonaviy axborot vositalari tarbiyachilarga yordamga kelmoqda. Bolalarinizga vatanimizning butun gо‘zalligi bugungi kunda yaratilayotgan imkoniyatlarini qanchalik darajada tinch va musofo osmonimizni bunga kunda shu darajagachan kelishida bizning о‘tmishimiz bо‘lgan insonlarning vatanimiz ravnaqiga о‘zining bor kuch irodasin borligini bag‘ishlagan insonlar bilan tanishtiri ularning qanchalik buyuk insonlar bо‘lganligi ularning qilgan ishlarini va bu xatti xarakatlai bugungi kunda vatanimizning poydevoriga о‘zlarinig о‘chmas izlarini qoldirganliklar buni esa butun dunya bilishi haqida boshlangich bilimlarni berib ularni kelajakda kim bо‘lishlarini tanlashda misol tariqasida tushunirib boramiz. Bundan tashqari biz bugungi kundagi mavjud kasp egalari ularning qiziq va muxum faoliyatklari bilan tanishtirishda axborot vositalari asosida ularni kelajakda kim bolmoqchisan degan savollariga hozir kundan boshlab bilim berib boriladi.

Maktabgacha talim tashkilotlaridan boshlab bunday savollarning berilishining sababi bolalarga atrof-muxittda bо‘layotgan voqeyalarni anglashga olayotgabn bilimlarini amaliyotda qо‘llashga о‘rgatishning ilk elementlar о‘rgatilib boriladi. Bolajonlarga bunday bilimlarni yengilda murakablab borish maktabgacha ta’lim musaasasinig tayanch dasturi “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti”da kо‘rsatib о‘tligan tartibda olib boriladi.

Bugungi kunda maktagacha ta’lim tashkilotlari uchun muljalalargan “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti”dagi “Ilk qadam” davlat dasturida ko’rsatilgan bilimlarni bershda zamonaviy axborot vositalarda foydalanilgan holda quydagi soxalar assosida bolalarga bilimlar berib kelmoqda.

1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;

2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish;

3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;

4. Bilish jarayonining rivojlanishi;

5. Ijodiy rivojlanish togirisida bilimlargaega bо‘lish yо‘nalishilaridan foydalanilgan xolda tarbiyachila о‘z ish faoliyatlarini olib borishadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab tizimiga tayyorlanadilar.

Bolalarning maktabgacha ta’lim uchun ishlab chiqilga takomillashtirilgan “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti” dagi “Ilk qadam ” tayanch dasturi bо‘yicha bolalarning tarbiyasi bilan shug‘illanadigan holda maktabgacha ta’lim va maktabning o’zaro uzvi trarizda hamkorlik ishlarini olib borishda axborot vositalari assida boriladi. Shu tizimida bolalarimizni maktabga borganlarida qiynalmasliklari uchun “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti”larni asosida olib borildi va keyinchalik bolalarmi maktab ta’limiga о‘tganlaridan keyin bolalarga “Davlat ta’lim standarti”lari assosida bilim beriladi Bolalarni maktabga tayyorlanishida turli hildagi elektron va jonli ekskursiyalar tashkil etiladi ularda “Maktabga sayoxat” nomil ekskursiyalar natijasida bolalarini maktablarning qanchalik darajada muxum qiziqari maktabni о‘zlarining hayot davomida eng kerakli maskanligini tushuntiriladi. Shu boyisdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablarning hamkorligi orqali bolalarning maktab ta’lim tizimiga tayyorlashda zamonaviy axborot vositasida maktabga tayyorlov guruhlari bolalarni maktabga tayyorlash eng muxum masaladir.



Maktabgacha ta’lim va maktab о‘rtasidagi о‘zaro uzviy xamkorlik bolalarni maktabgacha ta’limda olgan bilimlarini maktab ta’limida va xayotga qollash orqali bolalarni baxtli va bilimli bо‘lishlariga maktabgacha va maktabning ta’sirining yuqoridir. Axir xalq naqalaridan “Yoshligidan olingan bilim misoli toshga о‘yilgan naqish singar deb bejizga aytilmagan” Shu boyisdan maktabgacha ta’lim tashkilotlari о‘rganilgan bilimlari bolalr keying yillariga eng avvalo maktab tizimida qiynalmasdan bilim egallaydilar.

Foydalanilgan adabiyotlar
1. P.Yusupova Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. Toshkent -O’qituvchi- 1993
2. www.peskiadmin.ru
"Science and Education" Scientific Journal January 2021 / Volume 2 Issue 1
www.openscience.uz 302
3. www.library.ziyonet.uz
References
1. P.Yusupova Pedagogy of preschool education. Tashkent - Teacher – 1993
2. www.peskiadmin.ru
3. www.library.ziyonet.uz
Download 40.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling