Maktabgacha ta’lim


Download 190.5 Kb.
bet1/7
Sana09.04.2023
Hajmi190.5 Kb.
#1346101
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“MAKTABGACHA TA’LIM” SIRTQI YO’NALISHI
______ GURUH TALABASI
___________________________NING
Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining milliy va xorijiy konsepsiyalari
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN

KURS ISHI




Mundarija


Kirish 2
1 bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlantirish 4
1.1 Ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o`ziga xos xususiyatlari. 4
1.2 Bolalarda miqdor haqidagi tasavvurlarini shakllantirish vazifalari "ko`p" va "kam" o`rtasidagi o`zaro munosabat bilan tanishtirish. 5
2 bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarning matematik rivojlanishining milliy va xorijiy konsepsiyalari 8
2.1 Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi fanining umumiy asoslari, predmeti va vazifalari 8
2.2 STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qo‘llash bo‘yicha xorijiy tajribalar. 12
2.3 Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik rivojlantirish jarayonida mantiqiy fikrlash konsepsiyasi 18
Xulosa 26
Foydalanilgan adabiyotlar: 28



Kirish


Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, maktabgacha yoshdagi bolalarning ta’lim-tarbiya olishi masalasi davlat darajasidagi dolzarb masalaga aylandi. Bu borada Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar dasturul amal bo‘lmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror, O’zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to’g’risida”gi qonuni, Maktabgacha ta’lim tizimi boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi, “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontseptsiyasi” kabi me`yoriy huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.

Download 190.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling