Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Download 0.71 Mb.
bet68/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Olimpiya kengresslari. Birinchi XOQ kongressi (1894) haqida o’tganligi boblarda bayon etildi. 1897 yil ikkichi kongress Gagada o’tkaziladi. U sport pedagogikasi va gigiyenasiga bag’ishlangan. Uchinchi kongress 1905 yilda Bryusselda o’tkaziladi. Unda maktablar, universitetlar, shahar va qishloq jamoalari (obshina), armiya va xotin-qizlar orasida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Keyingi uchta kongress (1906 yil Parijda, 1913 yil Lozannada, 1914 yil Parijda) dasturlariga san’at, adabiyot va sport, sport psixologiyasi, olimpiya qoidalari kiritilgan edi.
Olimpiya o’yinlari va harakatining obro’-e’tiborini oshirishda keyingi o’tkazilgan kongresslar katta rol o’ynagan. VII kongress 1921 yil Lozannada, VIII kongress – 1925 yil Pragada, IX kongress – 1930 yil Berlinda o’tkazilgan. Ularda havaskorlik sporti, o’yinlarining muddatlari, dasturlari, xotin-kizlarning sportda qatnashishi, yoshlar sportini rivojlantirish va boshqa masalalar muhokama etilgan.
Yozgi va qishki Olimpiya o’yinlaridagi natijalar, ko’tarilgan g’oyalar, shiorlar va o’tkazilgan boshqa turli xil madaniy tadbirlar yoshlarning sportga bo’lgan qiziqishlari, intilishlarini tobora kuchaytirib yubordi.
Xalqaro Olimpiya harakatini rivojlantirishda milliy Olimpiya qo’mitalari (MOQ) va XOQ prezidentlari, rahbar xodimlarining faoliyati olqishlarga sazovor bo’ldi.
XOQning faoliyatini mustahkamlashda o’tkazilgan kongresslar muhim ahamiyat kasb etdi.


MAVZULAR BO’YICHA TAQDIMOTLAR, MUSTAQIL TA’LIM UCHUN MATERIALLAR --Tavsiya etiladigan mustaqil ta’lim mavzulari
1. Qadimgi yunon-rum falsafasi, tibbiyoti va san‟atida jismoniy tarbiya masalalari.
2. O`rta asrlarda Osiyo, Amerika va Afrika mamlakatlarida jismoniy tarbiya.
3. Jahon va Evropada sport turlari bo`yicha birinchi chempionatlarining tashkil topishi.
4. Xalqaro sport va olimpiya harakatining dolzarb muammolari.
5. Olimpiya Kongresslari va ularning ahamiyati.
6. Pyer de Kuberten – zamonaviy olimpiya harakatining asoschisi.
7. Xalqaro sport va olimpiya harakatining dolzarb muammolari.
8. Xalqaro Olimpiya Akademiyasi va uning faoliyati.
9. Qadimgi O`zbekiston xalqlarining jismoniy mashqlari va o`yinlari.
10. Markaziy Osiyo va O`zbekistonga hozirgi zamon sportining kirib kelishi.
11. O`zbekistonda birinchi sport jamiyatlarining tashkil topishi.
12. O`zbekistonda zamonaviy sport turlarining rivojlanishi.
13. Abdurauf Fitratning jismoniy tarbiya to`g’risidagi fikrlari.
14. Abdulla Avloniyning jismoniy tarbiya to`g’risidagi fikrlari.
15. O`zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutining tashkil topishi.
16. O'zbekiston sportchilarining 1952-1992 yillardagi Olimpiya o'yinlarida ishtiroki.
17. Mustaqil O`zbekiston sportchilarining Olimpiya o`yinlaridagi yutuqlari.
18. O`zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to`g’risida»gi qonuning ahamiyati.
19. O`zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo`mitasi, maqsadi va vazifalari.
20. O`zbekiston sportchilarining 1996-2016 yillardagi Olimpiya o`yinlarida ishtiroki.
21. O`zbekiston sportchilarining qishki Olimpiya o`yinlaridagi ishtiroki.
22. O`zbekiston sportchilarining Osiyo o`yinlaridagi ishtiroki.
23. O`zbekiston Olimpiya Akademiyasi va uning faoliyati.
24. O`zbekiston Olimpiya Shon – shuxrati muzeyining ahamiyati.
25. O'zbekiston talabalarining Universiadalari.
26. O'zbekistonda bolalar sportining rivojlanishi.
27. O'zbekistonda xotin-qizlar sportining rivojlanishi.
28. O'zbekistonda Paralimpiya harakatining vujudga kelishi.
29. O`zbekistonda olimpiya sport turlarining rivojlanishi.
30. Tanlangan sport turlarining tarixi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling