Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Download 0.71 Mb.
bet66/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Garmish-Partenkirxen (Germaniya) – 1936 y. IV qishki o’yinlar Germaniyada tashkil etildi. Fashistlar Olimpiya o’yinlaridan o’z maqsadida foydalandilar.
Ikkinchi jahon urushi va xalqaro siyosiy qarama-qarshiliklar tufayli keyingi yillarda qishki Olimpiya o’yinlari o’tkazilmadi.V qishki Olimpiya o’yinlari 1948 yil Shveysariyada o’tkazildi. Chang’i va konkida uchish turlari bo’yicha ustunlik an’anaviy ravishda shimoliy mamlakatlarga mansub bo’lganligi tufayli Olimpiya o’yinlarida ular g’olib kelishdi. Tog’ chang’isi sportida – fransuzlar, shveysariyaliklar va avstraliyaliklar ustun chiqdi. Shaybali xokkeyda Kanada va Chexiya sportchilari finalga yetib kelishdi. Ba’zi bir ustunliklarga (hisoblar teng edi) asoslanilgan holda Kanada sportchilari g’olib deb topildi.
Yakka holda konkida figurali uchishda erkaklar va ayollar bahsida AQSh birinchi marotaba qatnashdi. Richard Batton (AQSh) va Barbara Enn Skott (Kanada) g’olib chiqishdi. Jamoalar hisobida teng ochkolarga (10:4-3-3) ega bo’lgan Shvesiya va Norvegiya g’olib deb hisoblandi.
Xulosa. XX asrning birinchi yarmida o’tkazilgan yozgi va qishki olimpiya o’yinlari jahon mamlakatlarida sportning tobora taraqqiy etib borayotgani va sportchilarni tayyorlashda yangi-yangi usullarning kelib chiqayotgani namoyish etdi. Shu bilan birgalikda, Olimpiya g’oyalarining tinchlik va osoyishtalikni ta’minlovchi amaliy mohiyatlarini isbotladi. Lekin Yevropa mamlakatlaridagi siyosiy va iqtisodiy kurashlar, qarama-qarshiliklar fashizmni vujudga keltirib, jahon urushlariga sababchi bo’ldi. Bunday paytlarda Olimpiya harakati o’z kuchi va g’oyalarini o’tkaza olmadi. Buning sabablaridan biri shundaki, xalqaro sport uyushmalari, Xalqaro Olimpiya qo’mitasi hamda milliy Olimpiya qo’mitalari tepasida burjuaziya, kapitalistik tuzum vakillari turar edi. Ular o’z manfaatlari uchun Olimpiya o’yinlaridan ko’ra urushlarni ma’qul ko’rishdi. Shunga qaramasdan, jahon sport hamjamiyati va sportchilarning sa’y-harakatlari bilan ikkinchi jahon urushi tugashi bilan Olimpiya o’yinlari an’analari yana davom etdi.
E’tirof etish kerakki, yozgi va qishki olimpiya o’yinlari natijalari sportning taraqqiy etishi va ularning turlari bo’yicha olimpiya dasturlarining kengayishiga ham sabab bo’ldi. Barcha o’yinlarda g’oliblik uchun mamlakatlar o’rtasida keskin bahslar rivojlandi.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling