Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Markaziy Amerika xalqlari


Download 0.71 Mb.
bet9/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

Markaziy Amerika xalqlari. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlargacha bu mintaqada inklar, mayya va aseteklar davlatlari mayjud bo'lgan. XII asrlarda bu mam-lakatlarda ma'lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mayjud bo'lgan. Bunda davlat miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan. Tashkil qilingan maktablarda o'yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishgan. Kamondan o'q otish, tayoqlarni (nayza) uloqtirish, qilich va qalqon bilan ishlash karatega o'xshash kurash kabi harbiy-jismoniy tayyorgarlik amalga oshirilgan. Inklar va aseteklarda uzoq masofalarga yugurish hayotiy ehtiyoj bo'lib hisoblangan. Ko'pchilik o'yinlar va mashqlar bu xalqlarning diniy ma-rosimlari, urf-odatlari bilan bog'hq bo'lgan. Shuningdek, qabilalararo o'yinlar, dimy bayramlar, tantanalar, atletik mu­sobaqalar tashkil etilgan. Butun jismoniy tarbiya tizimi abori-gen xalqlarning mehnat, harbiy va hayotiy turmushida katta o'rin tutgan. Yevropaliklarning bosqinchilik, talon-taroj qi­lish, o'ldirish, majburlash kabi harakatlari Amerika xalqlari-ning jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy ta'sir et­gan.
Afrika mintaqasidagi xalqlar. O'rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat, harbiy ishlar va ijtimoiy turmush orqaU jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. Jismoniy tarbiya oilada, ovchilar tomonidan qabilada va «xudo»lar uyi-da berilgan. Ko'pincha musobaqalashish shaklida amalga oshirilgan. Bunda kamondan o'q otish va tayoqlarni mo'l-jalga tekkizish (viyel), ustunga kirn o'zarga tirmashib chiqish kabilar qo'llanilgan. Raqslar bilan birgalikda harbiy mashqlar qo'shib o'rgatilgan. Yoshlarni harbiy jihatdan tayyorlash maqsadida oilada yoki «xudo»larning uylarida qabila, urug' boshliqlari rahbarligida turli xil an'anaviy marosimlar tashkil etilgan. Bunda kurash, nayza va lappak uloqtirishdan keng foydalanilgan. O'g'il va qizlardan iborat yoshlarni tarbiyalash tizimida tamtam sadolari ostidagi an'anaviy (ritual) raqslar, turli harakatli o'yinlar, akrobatik mashqlar asosiy vosita sifa-tida xizmat qilgan. An'anaviy marosimlar kurashsiz, chidam-lilik, epchillik, jasurlikni tarbiyalovchi sport turlarisiz tashkil etilmagan. Bu, o'z navbatida, xalqlarning jipsligi, inoqligi, ahilligini ta'minlashga xizmat qilgan. Bosqinchilik va mustamlakachilik tazyiqi Afrikada milliy jismoniy madani-yatining ancha susayishiga sabab bo'lgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling