Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy


Download 0.71 Mb.
bet8/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

2.2. Osiyo, Afrika va Amerika qit'alarida jismoniy tarbiya va sport
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamalakatlarida qadimgi an'analarning uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga olib keldi. Shunday bo'lsa-da, eski an'analar zamirida yangi an'analar paydo bo'la boshladi.
Osiyo mamlakatlari. O'rta asrlarda qadimgi jismoniy madaniyat tajribalari Hindistonda keng tarqaldi. Bunda ku-rash, kamondan o'q otish, yugurish, ot o'ytnlaridan foy-dalanildi. Milliy raqslar bilan birgalikda xatxa-yog (hind gimnastikasi), ya'ni gavdaning harakat me'yorlari, marosim (ritual) o'yinlari va boshqalar ommalasha boshladi.
Xitoy. Dehqonlarning «sariq belbog'lar» deb atalgan mashg'ulotlari III—V asrlarda davom etib kelgan. Bunda qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. Chunki hukmdorlar aholidan qurollarni yig'ib olgan va ularni ishlatishni taqiqlagan edi. VI asrda Xitoy gimnastikasi (ushu) tez rivoj topdi. Bunda qo'I va oyoqlarni ishlatib jang qilish, kaft va uning qirralari bilan urish amalga oshirilgan. Min sulolasi hukmronligi davrida ushu keng rivojlangan edi. Unda 20 xildan ortiq qurollar va tayoqlar qo'llanilgan. Lekin o'q otish qurollarining paydo bo'Hshi bu turlar taraqqiyotini ancha pasaytirdi. Shunga qaramasdan, ushu mashqlaridan davolash maqsadida foydalanish- davom etgan. Xitoyda, shuningdek, ot ustida chavgon yugurish va hindlarga xos xatxa-yog bo'yicha musobaqalar o'tkazilib turilgan.
Yaponiya. O'rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madani­yatning rivojlanishi Samuraylar institutining tashkil etilishi bilan bevosita bog'liqdir. Samuraylar mayda dvoryanlarning harbiy-feodal tabaqasi bo'lib, ularning jismoniy tarbiya tizimi (busido) xilma-xil kurash turlari: sumo, jiu-jiyts va karate, bitta yoki ikkita qilich - kendo bilan jang qilish san'ati, nayza ishlata bilish (noginata), piyoda va otda yugurishda kamondan o'q otish, marosim bellashuvlar, turli xil to'p o'yinlari kabi mashqlarni o'ziga mujassamlashtirgan.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling