Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi


O’zbekiston sportchilarining xalqaro sport


Download 0.71 Mb.
bet47/109
Sana01.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1314954
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Bog'liq
Maktabgacha ta’lim va pedagogika kafedrasi

9.5. O’zbekiston sportchilarining xalqaro sport
musoboqalaridagi ishtiroki
O’zbekiston sportchilari mustaqil jamoa sifatida XXVI Olimpiya o’yinlaridan (Atlanta, AQSh) boshlab ishtirok etmoqda. Bu o’yinda 13 sport turi bo’yicha 76 nafar vakilimiz ishtirok etib Armen Bogdasarov (dzyudo - 68 kg) kumush medal va Karim To’laganov (boks - 71kg) bronza medallarini mamlakatimizga hadya qildi. Toshkent-37, Qoroqolpog’iston-1, Toshkent viloyati-14, Andijon-5, Samarqand-6, Farg’ona-6, Navoiy-5, Buxoro-2, Sirdaryo-2, Qashqadaryo-1 va Xorazm-1 nafar Olimpiada qatnashchilarini ta’minladi.
XXVII Olimpiya o’yinlari Avstraliyaning Sidney shahrida (2000 yil 15 sentyabr -1 oktyabr) o’tkazilib, unda 13 sport turi bo’yicha 77 nafar sportchilarimiz qatnashdi. Olimpiadada M. Abdullayev (Andijon) boks bo’yicha oltin medal sovrindori bo’ldi. Erkin kurash bo’yicha Artur Taymazov kumush va boks bo’yicha Sergey Mixaylov hamda Rustam Saidovlar bronza meddalariga ega bo’lishdi.
Ta’kidlash lozimki Atlantadagi o’yinlarada 197 mamlakat orasida o’zbek sportchilari 58 o’rinni egallagan bo’lsa, Sidneyda 200 davlat o’rtasida 41 o’ringa chiqishga muvaffaq bo’ldilar. Mazkur Olimpiada XX asrning so’ngi o’yini sifatida tarixda qoldi.
XXVIII Olipiya o’yini 2004 yilda Afinada o’tkazildi. Bunda A. Doktorashvili yunon-rum kurashi bo’yicha oltin, A.Taymazov erkin kurash bo’yicha oltin, O’.Haydarov boks bo’yicha kumush, I.Magamedov erkin kurash va B.Sultonov boks bo’yicha bronza medallarini egallashga sazovor bo’lishdi.
2008 yil 8-24 avgustda Pekinda XXIX Olimpiya o’yinlari bo’lib o’tdi. A. Taymazov (erkin kurash) - oltin, A.Tangirov (dzyudo)-kumush, S.Tagiyev (erkin kurash)-kumush, R.Sobirov (dzyudo) - bronza, Ye.Xilko (tramplin) - bronza, A.Fokin (gimnastika) - bronza medallari bilan taqdirlandi.
Xalqaro Olimpiya harakatida olimpiadachilarning egallagan medallari asosidagi o’rinlarni belgilanadi. Bu esa har bir mamlakatning sportdagi salohiyatini bildiradi. Atigi to’rt olimpiya o’yinlarida egallagan medallar (oltin-4, kumush-5, bronza-8) O’zbekistonda boks va kurash sport turlarining mazmun va mohiyatlarini aniqlab berdi.
E’tirof etish lozimki, sportchilarning qishki olimpiya o’yinlarida ham 1994 yildan boshlab ishtirok etib kelmoqda. Lillexamerda o’tkazilgan XVII Olimpiada (1994y.) Lina Cheryazova fristayl (chang’ida akrobatik sakrash) turida ishtirok etib oltin medal sovrindori bo’ldi.
Umuman olganda, sportchilarimiz mustaqillik yillarida Xalqaro sport maydonlarida yurtimizning shuxratini oshirishda g’oyat katta xizmat qilmoqda. Tarixiy jihatdan baholansa Olimpiya o’yinlarida jami 18ta (1992 yilgi o’yin bilan), jahon chempionatlarida 700ga yaqin, Osiyo o’yinlarida 250 dan ortiq medallar shodasi yig’ildi. Xalqaro turnirlar, Jahon Kubogi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalardagi erishgan yutuqlari ham qo’shib hisoblansa medallar soni 3 mingdan oshib ketadi. Bu jarayonlar O’zbekiston Respublikasi MOQning XOQ, Osiyo va boshqa qit’alaridagi nufuzli sport tashkilotlari, sport turlari bo’yicha federasiyalar bilan bevositav bog’liq holda faoliyat yuritishning mahsulidir.
Respublikada ommaviy sportni rivojlantirish va sportchilarning xalqaro sport musobaqalaridagi yutuq hamda g’alabalarini ta’minlashda «Dinamo», kasaba uyushmalari sport jamiyati, «Yoshlik», «Talaba» sport jamiyatlari va uyushmalari hamda mudofaa ishlariga ko’maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti, Markaziy harbiy sport klubi (MHSK) kabi boshqaruv tashkilotlarining amaliy faoliyatlari asosiy o’rinda turadi. Ular boshlang’ich jismoniy madaniyat jamoalari, sport klublar hamda ularning tarkibidagi sport to’garaklari (seksiyalar), tuman-shahar, viloyatlardagi Bolalar va o’smirlar sport maktablari, ixtisoslashgan Olimpiya zahiralari sport maktablari va eng muhimi viloyat hamda Respublika terma jamoalarining (komandalar) ish faoliyatiga suyanadi, ularga amaliy jihatdan ko’maklashadi.
Sport harakatini tashkil qilish, mashg’ulotlar o’tkazish va musobaqalarni uyushtirishda sport turlari bo’yicha federasiyalar (uyushmalar), murabbiylar va hakamlarning Markaziy Kengashlari faol ishtirok etadi. Ularning fidokorona mehnat samaralari tuman-shahar, viloyat va respublika miqyosida o’tkazib borilayotgan sport turlari bo’yicha birinchiliklar, kubok musobaqalari, ko’p bosqichli va uzluksiz sport musobaqalarini o’tkazishda namoyon bo’lmoqda. Ayniqsa mamlakat sportchilarining Markaziy Osiyo, Osiyo o’yinlari, Jahon birinchiliklari. Olimpiya o’yinlaridagi yutuqari ularning mehnat mahsulidir.
1997 yil Olmaotada Markaziy Osiyo respublikalarining II o’yini o’tkazilib, umumjamoa hisobida 35ta oltin, 63ta kumu va 59ta bronza medallariga ega bo’lib, ikkinchi o’rinda bo’ldi. Yil davomida mamlakatning 32 jamoasi (komanda) Jahon birinchiligida, 18tasi Osiyo o’yinlarida, 15tasi Jahon Kuboklari musobaqalarida, 15tasi Gran-pri turnirlarida va 33 jamoa turli xalqaro turnirlarda ishtirok etishdi. Natijada 385 medal, shundan 172tasi oltin, 199tasi kumush va 214tasi bronza medallariga ega bo’lishdi.
1998 yilda O’zbekiston sportchilari Moskvada o’tkazilgan yoshlarning birinchi jahon o’yinlari va XIII Osiyo o’yinlarida (Bankok) muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
Yoshlarning jahon o’yinlarida (Moskva) 131 mamlakat ichida o’zbek sportchilari (109 kishi) sportning 11 turi bo’yicha ishtirok etib, faxrli 13 o’rinni egalladi.
1999-2008 yillarda o’tkazilgan markaziy Osiyo va Osiyo o’yinlarida va shunigdek xalqaro turnirlar, Jahon birinchiligi hamda Olimpiya o’yinlarida mamlakat sportchilari g’oyat katta ko’tarinkilik ruhda qatnashib, ulkan g’alabalar, yutuqlarga erishdilar.
Boshida ta’kidlaganidek, jismoniy madaniyat va sport harakatini boshqarish, o’quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalash, mahoratli sportchilarni tayyorlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, sog’lom avlod davlat dasturlarini amalga oshirish bilan uzviy bog’liq bo’lgan faoliyatlarni ilmiy asoslangan tajriba-sinovlar asosida tashkil etish tarixiy jihatdan o’ziga xos mazmun va mohiyatlarga egadir. Bu yo’lda imliy tadqiqot ishlarini olib borish va ularni eng zamonaviy texnologiya hamda metodologiya asosida yuritish darv talabidir.



Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling