Mehnat nizolari. Haydarqulova maftuna


Download 34.56 Kb.
bet1/7
Sana22.01.2023
Hajmi34.56 Kb.
#1108613
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HaydarqulovaM Mehnat huquqi


MEHNAT NIZOLARI.
HAYDARQULOVA MAFTUNA
1-masala
Ushbu muammoli vaziyatga huquqiy baho berishdan oldin O‘rindoshlik asosida tashkil etishda intizomiy jazoni qo‘llash va olib tashlash tartibi hamda Mehnat nizolari komissiyasi vakolatlari va ularning nizolarni ko‘rish chegarasi xamda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning mehnta nizlarini ko‘rishning asoslari yoritib o‘tamiz. O‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishidir. Ushbu tushunchada kelib chiqib R.Sadrieva Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18 oktabrdagi 297-son qaroriga ILOVA qilingan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risidagi NIZOM”ga muvofiq faoliyat olib borgan. Intizomiy jazolar ishga qabul qilish huquqi berilgan shaxslar (organlar) tomonidan qo‘llaniladi (182-modda). Intizomiy jazo qo‘llanilishidan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning ilgari sodir qilgan nojo‘ya xatti-harakati uchun jazo qo‘llashga to‘siq bo‘la olmaydi. Intizomiy jazoni qo‘llanishda sodir etilgan nojo‘ya xattiharakatning qay darajada og‘ir ekanligi, shu xatti-harakat sodir etilgan vaziyatda, xodimning oldingi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi. Har bir nojo‘ya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qo‘llanishi mumkin. Intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. 183 modda Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Ammo mazkur xolatda xodim intizomiy jazoni olib tashlash masalasida Mexnat nizolarini ko‘rib chiquvchi komissiyaga murojat qilmoqda. Ta’kidlash joizki MK 184-modda. Intizomiy jazo ustidan yakka mehnat nizolarini ko‘rish uchun belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin. Bu kabin nizolar to‘g‘risidagi murojatlarni qabul qilish Mk 269 moddasi keltirilgan bo‘lib, unga ko‘ra mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oyni tashil qiladi. E’tibor bering xodimga 2017 yil 2 mart kunida intizomiy jazo qo‘lanilgan. Aprel’ oyida esa uning sog‘ligi yomonlashgani uchun murojat qila olmaganini va tegishli tartibda sog‘ligi yomonlashganii tasdiqlovchi xujjatni taqdim etdi. Ammo Mexnat nizolarini ko‘rib chiqayotgan organ buni tasdiqlamadi. Vaxolanki MK 270 moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan qayta tiklanishi mumkinligi keltirilgan. Mazkur xolatda Mexnat nizolarini ko‘rayotgan organ xodimning sog‘ligini yomonlashgani xaqidai xujjatni ilova qilgan xolda uning xar qanday muddat belgilangan muddatlarda qabul qilish lozim edi. Ammo ushbu organ xodimga urindoshlik asosida faoliyat olib boruvchi xodimlarning nizolari bevosita sud tartibida xal qilinishini tushintirdi. Bundan tashqari Mehnat nizosini ko‘rib chiqayotgan organ sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakat qanday vaziyatda , xodimning oldingi xulq-atvorini, mehnatga bo‘lgan  unosabatini, intizomiy jazoning sodir etilgan nojo‘ya xatti-harakatning og‘irlik darajasiga qanchalik mos kelishini, ish beruvchining intizomiy jazo berish tartibiga rioya  qilingan hisobga olib, xodimga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazoni g‘ayriqonuniy deb topish va uni bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqarishga haqli. Xususan Mk 263-moddasida Mehnat nizolari komissiyasining vakolatlari berilgan unda xodim kelishmovchilikni mustaqil ravishda yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoxud xodimlarning boshqa vakillik organi ishtirokida ish beruvchi bilan bevosita olib borgan muzokaralarida hal eta olmagan bo‘lsa, mehnat nizosi mehnat nizolari komissiyasida ko‘rib chiqilishi belgilangan. Mk 269 moddada esa, bevosita tuman (shahar) sudlarida ko‘rilishi lozim bo‘lgan mehnat nizolarining asoslari ko‘rsatilgan unga ko‘ra:
1) agar xodimning ish joyida mehnat nizolari komissiya tuzilmagam bo‘lsa;
2) ular mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan qat’i nazar, ishga tiklash to‘g‘risida, mehnat shartnomasini bekor qilish vaqti va asoslari ta’rifini o‘zgartirish to‘g‘risida, majburiy progul yoki kam haq to‘lanadigan ishni bajargan vaqt uchun haq to‘lashga doir bo‘lsa;
3) ular xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararning to‘lanishi haqida bo‘lsa;
4) ular mehnat vazifalarini bajarayotganda xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni (shu jumladan ma’naviy zararni) yoki uning mol-mulkiga yetkazilgan zararni ish beruvchi tomonidan to‘lanishi
haqida bo‘lsa;
5) ular ushbu Kodeks 78-moddasining ikkinchi qismida nazarda
tutilgan hollarda ishga qabul qilish rad etilganligi haqida bo‘lsa;
6) ular ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan oldindan kelishib hal etilgan masalalar yuzasidan kelib chiqqan holatlarda sudlar tomonidan hal etiladi.

Download 34.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling