Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida


Download 114.98 Kb.
bet9/10
Sana15.06.2023
Hajmi114.98 Kb.
#1480440
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mohiyati.1105,2

Mazkur andozada shaxs - kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti sifatida, uzluksiz ta’lim tizimida tahsil olish orqali barkamol, yuksak ma’naviyatli, kasb-hunarli va ilmli bo‘lishi natijasida Vatan ravnaqiga munosib ulush qo‘shadigan, xalq farovonligi yo‘lida xizmat qiladigan, millatlararo totuvlik va yurt tinchligini saqlaydigan, dunyo hamjamiyatidagi kasbdoshlari bilan ijtimoiy hamkorlikni amalga oshiradigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat orqali mustaqillik prinsiplariga sodiqligini ta’minlash nazarda tutilgan.
Davlat va jamiyat – uzluksiz ta’lim tizimi oldiga davlat va ijtimoiy buyurtmalarni qo‘yish va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy- texnika bazasini yaxshilash barobarida, kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, attestatsiya va akkreditatsiyadan o‘tkazish, ehtiyojga muvofiq kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlashni amalga oshiradi.
Uzluksiz ta’lim tizimi - o‘z oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalarga muvofiq malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash asosi sanalib, ta’limning barcha turlari uchun davlat ta’lim standartlari, ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etishning uslubiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, kadrlar tayyorlash tizimi me’yoriy asoslari va faoliyat ko‘rsatish muhitini yaratadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida fanning o‘rni beqiyos bo‘lib, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim samaradorligini oshirishga zamin tayyorlaydigan ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqish, ularni ta’lim-tarbiya jarayoni va ishlab chiqarishga tatbiq etishni ta’minlashi zarur.
Ishlab chiqarish kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantiruvchi, shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi sifatida kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatidan ta’minlash jarayonining qatnashchisi sanaladi.
Davlat va jamiyat Respublikamizdagi barcha fuqarolarning uzluksiz ta’lim tizimi bo‘yicha tahsil olishi, kadrlar tayyorlash tizimida tashkil etiladigan ta’lim-tarbiya jarayonining zamon talablariga mos ravishda tashkil etilishi, hayot o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlaydi.
Bugungi kunda dasturda belgilangan bosqichlar va kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va kelgusidagi vazifalarni belgilash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy modelini joriy etishning me’yoriy, shu bilan bir qatorda ilmiy- nazariy asosi bo‘lgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinganligiga ham 20 yildan oshdi. Respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi joriy etilgandan buyon salmoqli ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta’lim tizimi turlari o‘rtasida ta’lim mazmunining uzviyligi va izchilligini amalga oshirish maqsadida fanlar bo‘yicha uzviylashtirilgan va modernizatsiya- langan DTS va o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.
Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki turi bo‘lgan maktabgacha ta’limda barkamol shaxsni voyaga yetkazishga zamin tayyorlaydigan dastlab “Uchinchi ming yillik bolasi”, keyinchalik esa “Bolajon” dasturi orqali yosh avlodning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishi ta’minlanmoqda, ularda Vatanga muhabbat, tahsil olishga intilish hissini uyg‘otish orqali olamni tanish, dunyoqarashini shakllantirish borasida izchil va muntazam ta’limtarbiya jarayonini tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifasini amalga oshirishda davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari, oilalar, mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlarning o‘rni beqiyos.
Kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga og‘ishmay tatbiq etishda uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qituvchi-pedagoglar tarkibini tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini qayta tashkil etish, o‘quv muassasalarining o‘quv-metodik bazasini butunlay qayta ko‘rib chiqish asosida zamonaviy talablarga javob beradigan yangi standartlar, darslik va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni yaratish, tasdiqlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Bunday muhim hujjatlar yurtimizda inson huquqlari, shu jumladan, bola huquqlari va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish borasida oziga xos huquqiy taraqqiyotga erishilganligining yorqin amaliy ifodasidir.
Umuman aytganda, bugungi kunda Ozbekistonda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boyicha oziga xos milliy-huquqiy tizim shakllangan bolib, ayni paytda mamlakatimiz bu yolda dadil qadam tashlayotgan davlatlardan biridir.
Nima uchun Ozbekistonda Bola huquqlariga katta etibor qaratilishini quyidagilar bilan izohlash mumkin.
Ozbekiston Respublikasi aholisining 40% ni 18 yoshgacha bolgan bolalar tashkil etadi, 64%ni esa 30 yoshgacha bolgan yoshlar.
Shu sababli, inson huquqlari va erkinliklari sohasida davlat siyosatining ustuvor yonalishi bolalar va yoshlarning jismoniy, intellektual va manaviy rivojlanishi uchun qulay va eng yaxshi sharoitlarni yaratish, shuningdek kop bolali oilalarni, yetim bolalarni va oila muhitidan mahrum bolgan bolalarni har tomonlama qollab-quvvatlash hisoblanadi.
Mamlakatimizda bolalar huquqini himoya qilishning zarur huquqiy bazasi yaratilgan. Takidlash joizki, mustaqillikka erishilgandan song Ozbekiston qoshilgan ilk xalqaro shartnomalardan biri BMTning Bola huquqlari togrisidagi konvensiyasidir.
Inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik asosi avvalo Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan meyorlar va qonunlarga tayanadi. Milliy qonunchilikdagi ustuvor yonalishlardan biri bu bolalikni muhofaza qilish boyicha BMT xalqaro konvensiyalari qoidalarini implementatsiya qilishdan iborat bolib, mazkur yonalishda YUNISEF bilan faol hamkorlik olib borilmoqda.
Ozbekiston Respublikasi 1992 yil 9 dekabrda BMTning Bola huquqlari togrisidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilishi bola huquqlariga oid davlat siyosatining shakllanishi uchun zamin yaratdi va ushbu siyosat bola huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish bilan bogliq munosabatlarni huquqiy tartibga solish uchun samarali mexanizmni yaratishga qaratilgan davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining izchil olib borilayotgan faoliyatida namoyon bolmoqda. Shu bois, bola huquqlarini taminlash va himoya qilish uchun zarur bolgan huquqiy va tashkiliy sharoitlar va kafolatlar yaratish Ozbekistonda davlat siyosatining ustuvor yonalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu bilan birga, Xalq talimi, Sogliqni saqlash, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, mahalliy hokimiyat organlarining oilaviy muhitdan mahrum bolalarning talim olishi, davolanishi va ularning broshqa huquqlarini himoya qilish borasidagi say-harakatlarini muvofiqlashtirish borasida institutsional mexanizmni yolga qoyish bugun tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bunda kompleks idoralararo komissiyani tuzish, oilaviy muhitdan mahrum bolalar tarbiyasi bilan shugullanuvchi barcha davlat muassasalarida asab tizimi va jismoniy rivojlanishdagi nuqsonib bor bolalar uchun tabaqalashtirilgan davolash dasturlarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Bola huquqlari togrisidagi Konvensiya shartnoma kuchiga ega bolgan xalqaro huquqiy xujjat bolib, muqaddima, 3 qism, 54 ta moddadan iborat. Konvensiyaning 1- 41 moddalari bolalarning huquq va erkinliklari togrisida, 42 54 moddalari ishtirokchi davlatlarning majburiyatlari togrisida.
Bola huquqlari togrisidagi Konvensiyaning prinsiplari:
Bolaga nisbatan har qanday kamsitishlarning oldini olish Barcha huquqlar hech qanday istisnosiz barcha bolalarga nisbatan qollaniladi. Davlatning vazifasi bolani kamsitishning barcha shakllaridan himoyalanganligini taminlash va hamda uning huquqlarini taminlab berish uchun barcha zarur choralarni korish.
Bolaning manfaatlarini har tomonlama yetarli taminlash. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda bolaning manfaatlari yaxshiroq taminlanishiga birinchi darajali etibor beriladi. Agar ota-ona yoki vasiy bu vazifalarni bajara olmasalar, davlat bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va gamxorlik bilan taminlash vazifasini oz zimmasiga oladi.
Bolaning yashab ketish va soglom rivojlanishini kafolatlash. Har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega va davlat bolaning yashab ketishi va soglom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib berish majburiyatini oladi.
Bolaning huquqlarini tan olish. Bola ozining fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega, jumladan, bolaga taalluqli har qanday muhokama paytida uning fikri etiborga olinishi shart.
Bola huquqlarini taminlashda Ozbekiston Respublikasi BMTning:
Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt;
Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar togrisidagi xalqaro pakt;
Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishning barcha shakllariga barham berish togrisidagi konvensiya;
Irqiy kamsitishlarga barham berish togrisidagi konvensiya va Qiynoq va muomala va jazoning shafqatsiz, noinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi boshqa turlari togrisidagi konvensiyasi kabi boshqa asosiy xalqaro shartnomalariga ham tayanadi.
BMTning oltita asosiy xalqaro hujjatiga qoshilgach, Ozbekiston Respublikasi xalqaro huquqning umumetirof etilgan prinsiplari va normalariga muvofiq tarzda bola huquqlarini himoya qilish boyicha muayyan xalqaro majburiyatlarni oz zimmasiga oldi.
BMTning Bola huquqlari togrisida gi Konvensiyasi
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
O‘zbekiston mazkur Konvensiyaga O‘zR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi №757-XII Qaroriga muvofiq qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi Konvensiya ishtirokchi-davlatlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida elon qilingan tamoyillariga muvofiq, jamiyat barcha azolarining oziga xos bolgan qadrqimmati, teng va ajralmas huquqlari yer yuzida erkinlik, adolat va tinchlikni taminlashning asosi ekanligi etirof etilganligini hisobga olib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqlari Nizomda insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining shani va qadr-qimmatiga bolgan oz ishonchlarini tasdiqlaganliklari hamda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilash borasida komaklashishga ahd qilganliklarini etiborga olib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va inson huquqlari togrisidagi xalqaro hujjatlarda har bir inson mazkur hujjatlarda korsatib qoyilgan huquq hamda erkinliklarga irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa etiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tugilishi yoki boshqa holatlar bilan bogliq belgilariga kora har qanday tafovutdan qati nazar, ega bolishini elon qilganligi va rozilik bildirganligini etirof etib,
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga bolalar alohida gamxorlik va yordam huquqiga egadirlar, deb elon qilganligini eslatib,
Jamiyatning asosiy tashkiloti hisoblanmish oila va tibbiy muhitga uning barcha azolari, ayniqsa, bolalar osib-ulgayishlari va farovonlikka ega bolishlari uchun jamiyat doirasidagi majburiyatlarni oz zimmasiga toliq oladigan bolishiga erishish maqsadida zarur himoya va yordam bilan taminlanishi lozim ekanligiga ishonch hosil qilgan holda, bolaning shaxsi soglom va har tomonlama uygunlashgan holda kamoloti uchun u oila gamxorligida, baxt, mehr-muhabbat va ongli tushunish vaziyatida osishi zarurligini etirof etib, bola jamiyatda mustaqil hayotga tola tayyorlanishi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida elon qilingan goyalar ruhida, ayniqsa, tinchlik, qadr-qimmat, sabr-toqat, erkinlik, tenglik va birdamlik ruhida tarbiyalanishi lozimligini hisobga olib, bolani mana shunday alohida himoya qilish zarurligi 1924 yilgi Bola huquqlari Jeneva deklaratsiyasida va 1959 yil 20 noyabrda BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Bola huquqlari deklaratsiyasida kozda tutilganligini va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar togrisida xalqaro paktda (jumladan, 23 va 24-moddalarda), iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar togrisida xalqaro paktda (jumladan, 10-modda), shuningdek, ixtisoslashgan muassasalar hamda bolalarning farovonligi masalalari bilan shugullanuvchi xalqaro tashkilotlarning Nizomlari va tegishli hujjatlarida etirof etilganligini etiborga olib, bola huquqlari deklaratsiyasida korsatib otilganidek, «bola, agar u jismoniy va aqliy jihatdan kamolotga yetmagan bolsa, maxsus ravishda muhofaza va gamxorlikka, binobarin, tugilguncha va tugilgandan keyin ham munosib darajadagi huquqiy himoyaga muhtoj» ekanligini etiborga olib, ijtimoiy va huquqiy tamoyillar togrisidagi deklaratsiyaning bolalar himoyasi va farovonligi, ayniqsa, bolalarni milliy va xalqaro darajalarda tarbiyalashga berish hamda asrab olish paytidagi himoyasi va farovonligiga doir qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Balogatga yetmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari («Pekin qoidalari») va Favqulodda holatlarda va qurolli mojarolar davrida ayollar va bolalarni himoya qilish togrisida deklaratsiya qoidalariga tayanib, jahondagi barcha mamlakatlarda nihoyatda ogir sharoitlarda yashayotgan bolalar borligi hamda ular alohida etiborga muhtoj ekanliklarini etirof etib, bolaning himoya qilinishi va uygun ravishda rivojlanishi uchun har bir xalqning ananalari va madaniy qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etishini munosib tarzda hisobga olib, har bir mamlakatda, jumladan, rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalarning turmush sharoitlarini yaxshilash uchun xalqaro hamkorlik qilishning muhimligini etirof etib, quyidagilar haqida kelishib oldilar:
1-modda: Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun 18 yoshga tolmagan har bir inson zoti, agar bolaga nisbatan qollaniladigan qonun boyicha u ertaroq balogatga yetmagan bolsa, bola hisoblanadi.
2-modda: 1. Ishtirokchi – davlatlar ushbu Konvensiyada oz tasir doirasida bolgan har bir bola uchun kozda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa etiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sogligi va tugilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiysi yoki biror-bir boshqa holatlardan qati nazar, hurmat qiladilar hamda shu huquqlarni taminlab beradilar.

  1. Ishtirokchi-davlatlar bola, uning ota-onasi, qonuniy vasiysi yoki boshqa oila azolarining qarashlari yoki etiqodida oz ifodasini topadigan maqom, faoliyat asosida kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan bolaning himoyasini taminlash uchun hamma zarur choralarni koradilar.

3-modda: 1. Bolalarga nisbatan barcha xatti-harakatlarda, ular ijtimoiy taminot masalalari bilan shugullanuvchi davlat yoki xususiy muassasalar, sudlar, mamuriy yoki qonun chiqaruvchi organlar tomonidan sodir etiladimiyoqmi, bundan qati nazar, bolaning manfaatlari yaxshiroq taminlanishiga birinchi darajali etibor beriladi.
Ishtirokchi-davlatlar oz zimmasiga bolani uning farovonligi uchun zarur hisoblangan himoya va gamxorlik bilan taminlash, bunda uning otaonasi, vasiysi yoki qonun boyicha uning uchun javobgar sanalmish boshqa shaxslarning huquq va majburiyatlarini etiborda tutishni hisobga oladilar hamda ana shu maqsadda barcha qonuniy va mamuriy chora-tadbirlarni koradilar.
Ishtirokchi-davlatlar bolalar haqida gamxorlik korsatish yoki ularni himoya qilish uchun masul hisoblangan organlar, muassasalar va xizmatlar vakolatli organlar tomonidan belgilab qoyilgan meyorlarga, xususan, xavfsizlik va sogliqni saqlash sohasida va ulardagi xodimlarning soni va ishga yaroqliligi, shuningdek, vakolatli nazorat olib borishi nuqtai nazaridan belgilangan meyorlarga javob berishlarini taminlaydilar.
4-modda: Ishtirokchi-davlatlar ushbu Konvensiyada etirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha zarur qonuniy, mamuriy va boshqa choralarni koradilar. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarga nisbatan ishtirokchi-davlatlar bunday choralarni ozlarida mavjud bolgan imkoniyatlar doirasida, mumkin qadar yuqori darajada zarurat tugilgan taqdirda esa xalqaro hamkorlik doirasida qabul qiladilar.
5-modda: Ishtirokchi-davlatlar ota-onaning va tegishli holatlarda kengaytirilgan oila azolari yoki mahalliy urf-odatlarda kozda tutilganidek, jamoaning vasiylar yoki qonun boyicha bola tarbiyasi uchun javobgar hisoblangan boshqa shaxslarning ushbu Konvensiyada etirof etilgan huquqlarni amalga oshirishda munosib darajada bolani boshqarish va unga rahbarlik qilish hamda bu ishni bolaning rivojlanib borayotgan qobiliyatlariga muvofiq holda bajarishdagi masuliyati, huquq va majburiyatlarini hurmat qiladilar.
6-modda: 1. Ishtirokchi-davlatlar har bir bola yashash uchun ajralmas huquqqa ega ekanligini etirof etadilar.
2.Ishtirokchi-davlatlar bolaning omon yashashi va soglom rivojlanishi uchun mumkin qadar yuqori darajada imkoniyat yaratib beradilar.
BMTning Bola huquqlari togrisidagi Konvensiyasida 18 yoshga tolmagan har bir inson zoti – bola hisoblanishi, bola uchun ishtirokchi davlatlar oz yurisdiksiyasi doirasida bolgan har bir bola uchun ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan barcha huquqlarni, hech qanday kamsitishlarsiz, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa etiqodlari, milliy, etnik yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, bolaning sogligi va tugilishi, uning ota-onasi yoki qonuniy vasiylari yoki biror-bir boshqa holatlardan qati nazar, hurmat qilishi va adilar hamda taminlashi belgilab qoyilgan.
BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi 44/25-qarori bilan qabul qilingan. 1990 yil 2 sentabrda 49-moddaga muvofiq kuchga kirgan
Ozbekiston mazkur Konvensiyaga OzR Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi N 757-XII Qaroriga muvofiq qoshildi. Ozbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirdi
Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni.
Ushbu Qonunning maqsadi bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Mamlakatimizda bola huquqlari va erkinliklarini taminlash, farzandlarimizning qonuniy manfaatlarini muhofaza etish, eng muhimi, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga kotarilgan. Davlatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning: Farzandlarimiz bizdan afzalroq, bizdan otkirroq, bizdan pokroq, savob ishlarni bizdan ham koproq qiladigan bolishlari lozim. Ular jahon umumbashariy yutuqlarini egallashi, tariximizni, madaniyatimizni, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur bilmogi kerak. Bizning asosiy kuch-qudratimiz va kelajagimiz ana shunda. Bugun zor umidlar bilan qurayotgan yangi jamiyatimizning mazmunmohiyati ham aslida ana shundadir,- degan sozlari bejiz emasdir.
Shuni takidlash joizki, bola huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarni bajarish uchun Ozbekiston xalqaro huquqiy normalarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish yolida katta ishlarni amalga oshirmoqda. Amaldagi qonunchilikda bolalarning huquq va manfaatlariga, shuningdek ularning himoyasiga alohida etibor berilgan.
Malumki, bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. Unga muvofiq bolada tugilishi bilanoq uning huquq va erkinliklari vujudga keladi hamda u davlat tomonidan kafolatlanadi.
Bolalarning huquqlarini himoya qilish boyicha qonunchilik Bola huquqlari haqidagi Konvensiyaga muvofiq holda takomillashtirishga yonaltirilgan.
2008 yil 7 yanvarda Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Ozbekiston Respublikasi Qonuni Prezident tomonidan imzolandi. Qonunning maqsadi, bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
Mazkur Qonunda bola, bolaning qonuniy vakillari, vasiylik va homiylik, yetim bola, jismoniy va ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bolgan bola, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar, nogiron bola, otaonaning ornini bosuvchi shaxslar, ota-ona qaramogidan mahrum bolgan bola tushunchalari, shuningdek, bola huquqlarining asosiy kafolatlari hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qoshimcha kafolatlari korsatib otilgan.
Ushbu huquqiy hujjatning qabul qilinishi davlat tomonidan osayotgan avlodga korsatiladigan gamxorlikning, shuningdek bola huquqlarini himoya qilishni amalga oshirishni yangi darajaga kotarilishiga zamin yaratadi.
Farzandlarning yashashi, kamol topishi uchun oila birdan-bir makon va tabiiy muhit bolib hisoblanadi. Shuning uchun ham Ozbekiston Respublikasi Oila kodeksining 2-moddasiga asosan, bola tugilgan va yashab turgan oilaga uning farovon hayot kechirishi va kamolga yetishi haqida gamxorlik qilish, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish vazifasi yuklatiladi.
Ozbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov bola tarbiyasi haqida shunday degan edi: Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki hayotining manosi qobil farzandlar ostirish, ularni ham jismoniy, ham manaviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini korish, ota-onasiga, vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.
Shuning uchun ham ota-onalar bolalarni vataniga sodiq, mehnatsevar, ishbilarmon va jamiyat qurilishining faol ishtirokchilari qilib tarbiyalashlari lozim. Bolalarni togri tarbiyalashda huquqiy normalarni bilish, davlat va uning qonunlarini hurmat qilish ham muhim rol oynaydi.
Huquqiy meyoorlar yosh avlodni mehnatga togri munosabatda bolish, davlat va jamiyat oldidagi oz burchlarini togri tushunish va uni ogishmay amalga oshirish ruhida tarbiyalaydi.
Jumladan, ota-onalar va ularning ornini bosuvchi shaxslarning bolalariga talim-tarbiya berishga oid huquqlari, majburiyatlari va masuliyatlari Ozbekiston Respublikasining 1997 yil 27 avgustda qabul qilingan Talim togrisidagi Qonunida ham belgilab berilgan.
Voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari,deyiladi Qonunning 30-moddasida, bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy orta, orta maxsus kasb hunar talimi olishlari uchun javobgardirlar.
Shu bilan birga ota-onasi tarbiyasidan mahrum bolgan voyaga yetmagan bolalarning oilada tarbiyalanish huquqini taminlash vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklanadi. Vasiylik va homiylik organlari ota-onalari tarbiyasidan mahrum bolgan voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka berish, oilaga tarbiyaga berishlari ularning oilada tarbiyalanish huquqidan foydalanishlarini taminlaydi.
Shuning uchun huquqiy tarbiyani amalga oshirish, huquqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.
Bola dunyoga kelgach, oila, bogcha, maktab va mahalla quchogida yashaydi, voyaga yetadi va tabiiyki tarbiya ham oladi. Bola ongida huquqiy madaniyatni ostirishda oila, bogcha, maktab, mahalla va jamoat tashkilotlari hamkorligini yaratish bolaning huquqiy bilim saviyasini oshirishga yordam beradi.
Yoshlarga huquqiy tarbiya berish shaxsning togri osib-ulgayishini taminlaydi, uni burch va vazifalarni bilib olishga, qonunlarga hurmat bilan qarashga orgatadi. Bolalarga huquqiy tarbiya berish biroz qiyin va ayni paytda masuliyatli vazifa hamdir.
Bu borada Adliya vazirligiga bir qator vazifalar yuklatilgan. Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonun Ozbekistonning huquqiy tarixida bola huquqlariga oid birinchi alohida qonun boldi. Moljalangan maqsadga kora, u bolaning huquqiy ahvolini belgilashga doir munosabatlarni tartibga solishga, bola huquqlarini va erkinliklarini yuridik kafolatlashga qaratilgan. Qonunning maqsadiga binoan, bola huquqlari va manfaatlarini amalga tatbiq etilishini taminlaydigan kafolatlarni belgilash qonun bilan tartibga solinadigan asosiy obyekt hisoblanadi. Takidlash joizki, uning moddalarining yarmidan kopi bola huquqlarining kafolatlarini belgilashga bagishlangan.
Qonunchilik palatasi tomonidan 2007 yil 23 noyabrda qabul qilingan; Senat tomonidan 2007 yil 1 dekabrda maqullangan;
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2008 yil 7 yanvarda imzolagan; Matbuotda rasman 2008 yil 8 yanvarda elon qilingan va shu kundan kuchga kirgan bolib, qonun 4 bob, 32 moddadan iborat:
Bob: Umumiy qoidalar (1-6- moddalar)
Bob: Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23- moddalar)
Bob: Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qoshimcha kafolatlari (24-29- moddalar)
Bob: Yakunlovchi qoidalar (30-32- moddalar)
Bola huquqlarining kafolatlari togrisida Ozbekiston Respublikasining Qonuni 07.01.2008 y. N ORQ-139 Mazkur Qonunga OzR 25.12.2009 y. ORQ-239-son Qonuniga muvofiq ozgaritirishlar kiritilgan
1-bob. Umumiy qoidalar (1-6-moddalar)
2-bob. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari (7-23-moddalar)
3-bob. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qoshimcha kafolatlari (24-29-moddalar) 4-bob. Yakunlovchi qoidalar (30-32-moddalar)

1-BOB. Umumiy qoidalar


1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
2-modda. Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonun hujjatlari
3-modda. Asosiy tushunchalar
4-modda. Bola huquqlarini himoya qilish boyicha davlat siyosati 5-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining bola huquqlarini taminlash boyicha vakolatlari
6-modda. Bola huquqlarini taminlashda fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki
2-BOB. Bola huquqlarining asosiy kafolatlari
7-modda. Bola huquqlarining qonuniy kafolatlari
8-modda. Bolaning yashash huquqi kafolatlari
9-modda. Bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bolgan huquqi kafolatlari
10-modda. Bolaning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi kafolatlari
11-modda. Bolaning himoyaga bolgan huquqi kafolatlari
12-modda. Bolalarni tarbiyalayotgan oilalarni davlat tomonidan qollab quvvatlash
13-modda. Bolaning oilaviy muhitga bolgan huquqi kafolatlari
14-modda. Bolaning gayriqonuniy kochirilishdan himoyalanish huquqi kafolatlari
15-modda. Bolaning oz fikrini ifoda etish huquqi kafolatlari
16-modda. Bolaning axborot olish huquqi kafolatlari
17-modda. Bolaning fikrlash, soz, vijdon va etiqod erkinligi huquqi kafolatlari
18-modda. Bolaning xususiy mulkka bolgan huquqi kafolatlari
19-modda. Bolaning turar joyga bolgan huquqlari kafolatlari
20-modda. Bolaning mehnat qilish huquqi kafolatlari
21-modda. Bolaning dam olish va bosh vaqtga bolgan huquqi kafolatlari
22-modda. Bolaning sogligini saqlash huquqi kafolatlari
23-modda. Bolaning bilim olish huquqi kafolatlari
3-BOB. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qoshimcha kafolatlari
24-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oila muhitiga bolgan huquqi kafolatlari
25-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uygunlashish huquqi kafolatlari
26-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning turar joyga bolgan huquqlari kafolatlari
27-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ijtimoiy yordam olishga bolgan huquqi kafolatlari
28-modda. Nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bolgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam olishga bolgan huquqi kafolatlari
29-modda. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning talim olish huquqi kafolatlari
4-BOB. Yakunlovchi qoidalar
30-modda. Nizolarni hal etish
31-modda. Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
32-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Bola huquqlari haqida gap borganda yuqoridagi qonunning 16- moddasida bolalarning axborot olish huquqi kafolatini taminlanishi va olingan axborotlarning bolalarning salomatligiga zararli oqibatlarini oldini olish maqsadida 2017 yil 9 sentabr kuni matbuotda elon qilingan Ozbekiston Respublikasining Bolalarni ularning salomatligiga zarar keltiruvchi axborotdan himoya qilish togrisida gi Qonunini ham etibordan qoldirmasligimiz zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida qayd etilgan holatlarning barchasi kadrlar tayyorlash milliy modelining puxta o‘ylangan, samarali model ekanligini tasdiqlaydi. Milliy modelning amaliy qiymatini uning O‘zbekistonda ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni va roli bilan belgilash mumkin.
Yuqorida takidlab otilganidek, soglom va bilimli yosh avlod mamlakat boyligi, millat ravnaqini taminlaydigan mustahkam poydevordir.
Istiqlol yillarida ijtimoiy-gumanitar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar jarayonida aholini ijtimoiy himoya qilish uchun yonaltirilgan davlat xarajatlari 5 barobar kopaydi, xalqimiz turmush darajasi sezilarli ravishda oshdi. Xususan, Bolalarni asraylik xalqaro tashkiloti tomonidan tuzilgan jahon reytingida Ozbekiston bolalar salomatligini mustahkamlash borasidagi katta gamxorlik korsatayotgan eng ilgor yetakchi on mamlakat qatoridan joy oldi.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq inson huquqlariga oid xalqaro huquqning umumetirof etilgan tamoyillariga tayanib, bola huquqlarini himoya qilish tizimini bosqichma-bosqich isloh etish, bola huquqlariga oid xalqaro huquq normalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va qonunchilikni takomillashtirishga jiddiy etibor qaratildi. Bu borada voyaga yetmaganlarni moddiy va manaviy jihatdan qollab-quvvatlashni kozda tutuvchi muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Sogliqni saqlash tizimini isloh etish boyicha davlat dasturi, Maktab talimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi hamda 2017-2021 yillarga moljallangan. Harakatlar strategiyasining qabul qilingani ushbu yonalishda amalga oshirilgan muhim islohotlar sanaladi.
Bola huquqlarining huquqiy-meyoriy asoslari.
Ozbekistonda Bola huquqlari boyicha 100 dan ziyod qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va boshqa meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Eng muhimi, mamlakatimizda bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilish boyicha kompleks huquqiy asoslar yaratildi.
Ayniqsa, 2008 yil 8 yanvarda amalga kiritilgan Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonun Ozbekistonda bola huquqlariga oid birinchi tarixiy hujjat boldi.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi, birinchidan, bola huquqlariga oid qonun hujjatlarining kodifikatsiya qilinishiga zamin yaratishga, ikkinchidan, BMTning Bola huquqlari togrisidagi konvensiyasida belgilangan bola huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro standartlarga milliy qonunchilikning mosligini taminlashga xizmat qiladi. Uchinchidan, bola huquqlarini himoya qilish mexanizmining oshkora va samarali bolishi uchun bola huquqlari himoya qilinishining aniq kafolatlarini belgilab olishga imkoniyat berdi.
Shuningdek, 2010 yil 30 sentabrda Voyaga yetmaganlar ortasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi togrisidagi Qonunning amalga kiritilishi bola huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. YAni ushbu Qonun voyaga yetmaganlarning nazoratsizligini va ular ortasida huquqbuzarliklar kelib chiqishining oldini olishga qaratilgan kompleks huquqiy chora-tadbirlar tizimini belgilab berdi.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bolalarni ijtimoiyiqtisodiy va madaniy jihatdan qollab-quvvatlash hamda ularga keng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan ota muhim umummilliy davlat dasturlari qabul qilindi. Endilikda ular bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Download 114.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling