Seminar mashg’ulotlar. 3-mavzu: Maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlash
Download 165 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-seminar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish va unga rahbarlik.
- 2018-yil 1-yanvardan
SEMINAR MASHG’ULOTLAR. 3-mavzu:Maktabgacha ta’limni rivojlantirish va moliyaviy ta’minlash. Reja 1. Maktabgacha ta'limni rivojlanish tendenti. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ-3955-sonli qarori mazmuni Tayanch so’z va iboralar: maktabgacha ta’lim tashkiloti, boshqaruv, taraqqiyot, «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror, bolaning qonuniy vakillari , istiqbolli reja, joriy rejalashtirish,. 1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish va unga rahbarlik. O‘tgan davr mobaynida sog‘lom va har tomonlama rivojlangan o‘sib kelayotgan avlodning shakllanishini ta'minlashga qaratilgan samarali maktabgacha ta'lim tizimini tashkil qilish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi va shu bilan birga, mavjud tizimli kamchiliklar maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini to‘liq amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda», - deyilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 sentabr kuni «Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qaror matnida va kamchiliklar birma bir sanab berilgan. Maktabgacha ta'limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotini yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining maktabgacha ta'lim sohasidagi faoliyati qoniqarsiz deb topilgan. 2018-yil 1-yanvardan boshlab Toshkent, Nukus shaharlarida, viloyatlar markazlarida eksperiment tariqasida davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutgan holda yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilishi rejalashtirilgan: -zamonaviy ijtimoiy-hammabop maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil etish maqsadida investorlarga yer uchastkalari, bo‘sh turgan binolar, shu jumladan, faoliyat yuritmayotgan va tarbiyalanuvchilar soni kam bo‘lgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini beg‘araz ajratish; -investorlarga maktabgacha ta'lim tashkilotlarini, ayniqsa shunday tashkilotlarga yuqori ehtiyoj mavjud va infratuzilmasi rivojlanmagan hududlarda tashkil etish uchun zarur bo‘lgan soliq imtiyozlari shuningdek, imtiyozli kreditlarni taqdim etish imkoniyati; -investorlar tomonidan vakolatli davlat organlari bilan 50 yil muddatga tuziladigan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv asosida loyihani amalga oshirish; -investorlar tomonidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvda nazarda tutilgan shartlarga, maktabgacha ta'lim sohasidagi davlat talablariga, sanitariya-gigiyena normalariga qat'iy rioya etish, kelishuv amal qilishining butun muddati davomida faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilish, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari xizmati narxining ijtimoiy hammabopligini ta'minlash; -davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi kelishuv shartlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda ularni bekor qilish mexanizmlari. Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga tadbirkorlik sub'yektlari bilan sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga eksperiment tariqasida ruxsat berilsin. Maktabgacha ta'lim tizimini tanqidiy o‘rganish va yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) tashkil etilmoqda va quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanmoqda: maktabgacha ta'lim sohasidagi qonunchilikni undagi bo‘shliqlarni, korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni yuzaga keltiruvchi normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlil etish; maktabgacha ta'lim sohasida davlat siyosatini samarali amalga oshirishga, shu jumladan, zarur infratuzilmani yaratishga, xodimlarning mehnatini moddiy rag‘batlantirishga, pedagogik kadrlarni sifatli tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek, maktabgacha ta'limning xususiy sektorini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlash hamda kompleks o‘rganish; maktabgacha yoshdagi bolalarni uyg‘un rivojlantirish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda sifatli maktabgacha ta'limni tashkil etishga davlat talablarini qayta ko‘rib chiqish; maktabgacha ta'lim tashkilotlariga bolalarni qabul qilishning amaldagi tartibini, vakolatli davlat organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi holatini tanqidiy o‘rganish; mavjud amaliyot va ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish, ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash; maktabgacha ta'lim tashkilotlarini o‘quv-tarbiyaviy adabiyotlar bilan ta'minlash tizimini tahlil qilish; maktabgacha ta'lim tashkilotlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini o‘rganish hamda sifat talablariga va sanitariya-gigiyena normalariga javob beradigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyor ovqatlar yetkazib berishning shaffof hamda soddalashtirilgan tizimini yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash; maktabgacha ta'lim sohasida qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Download 165 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling