Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standartining madsad va vazifalari


Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot


Download 293.17 Kb.
bet13/29
Sana19.06.2023
Hajmi293.17 Kb.
#1610211
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
Bog'liq
Majmua davlat talab

Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot



IJTIMOIY-HISSIY RIVOJLANISh

Kichik soha: Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot

Talab: Bola tengdoshlari va kattalar bilan muloqot malakalarini rivojlantirishga qodir

0-1 yosh

1-2 yosh

2-3 yosh

KUTILAYOTGAN NATIJALAR

salomlashadi, munosabat bildiradi, xayrlashayotganda qo‘lini silkitadi;
boshqa bola harakatini kuzatadi, kuladi yoki bog‘lanishsiz gapiradi;
kattalarning ko‘p murojaatlariga javob beradi, biroq ba’zilarini e’tiborga olmaydi.

kattalar harakatiga taqlid qilishga intiladi;
tovushi yoki harakati bilan boshqa bolaning diqqatini o‘ziga tortadi;
boshqa bolalar bilan o‘yinda qatnashadi;
turi harakatlarni bajarib, hayvonlar harakatini o‘xshatib harakatli o‘yinlarda ishtirok etadi.

kattalar harakatiga taqlid qiladi;
kattalarni birga o‘ynashga jalb qilishga intiladi;
tengdoshlari yonida o‘ynaydi;
boshqa bolalar bilan o‘yinchoqlarini bo‘lishadi.

BOLANI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA FAOLIYAT

bolaga harakatlar namunasini ko‘rsatish (salomlashish, xayrlashish);
bolani kattalar murojaatiga javob bergani uchun maqtash;
ochiq havoda boshqa bolalar bilan birgalikda sayr tashkillashtirish;
harakatlarni so‘zlar bilan qo‘shib olib borish.

bolaga o‘yin yoki harakatning umumiy qoidalarini tushuntirish (biz qumni o‘ynaymiz, lekin qumni sochmaymiz);
tengdoshlar bilan birgalikdagi faoliyatga jalb qilish

bola bilan o‘yin mobaynida boshqalar bilan hamkorlik qilishni shaxsiy namuna asosida namoyish etish;
muloqot jarayonida chegara belgilash;
bolani boshqa bolalar bilan taqqoslamaslik.

Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda ijtimoiy rivojlanish talablari hisoblanadi:



  • tanish va notanish odamlarni ajrata olish;

  • boshqa bolalar va katta yoshdagilar bilan muloqotda bo‘lganda o‘z ko‘nikmalarini orttirish qobiliyatiga ega bo‘lish.

Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda ijtimoiy rivojlanish indikatorlari hisoblanadi:

  • yaqin kishilari bilan muloqot qilishda tashabbus bildirish (ko‘zlariga qarash, jilmayish, yopishish, qo‘llariga chiqib olishga harakat qilish, qichqirib yuborish, yengini tortish);

  • notanish odamlarni ko‘rganda qo‘rquv alomatlarini namoyon etish, yig‘lash;

  • onasi va boshqa tanishlari tomon qo‘llarini uzatish;

  • katta yoshdagilarni ko‘rganda anchagina jonlanishni namoyon etish;

  • tanish katta odamning nutqiga nisbatan hissiy munosabat bildirish.

Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:

  • bolani ko‘proq qo‘lga olish, quchoqlash, u bilan so‘zlashish. Bunda bolaning notanish odamlarni ko‘rganda cho‘chishi normal holat hisoblanadi;

  • oila a’zolarining barchasi bola bilan muloqotda bo‘lishi;

  • bolaga qo‘shiqlar, she’rlar aytib berish;

  • bolaning yoniga boshqa bolalarning yaqinlashishiga ruxsat berish;

  • bolaning boshqa odamlar, bolalar bilan tovush chiqarib muloqot qilishini rag‘batlantirish.

6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun quyidagilar taqiqlanadi:

  • bolaning notanish odamlar bilan muomala qilishiga yo‘l qo‘yish;

  • bola bilan birga jamoat joylari va shovqinli tadbirlarga borish;

  • bolani kichik yoshli bolalar bilan yolg‘iz qoldirish;

  • uyda kuchli shovqin chiqaruvchi asbob-uskunalardan foydalanish.



Download 293.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling