«Qurilish konstruksiyalari»
Mutaxassislik: 5340100 -Arxitektura
1. Temirbeton qurilmalarni tayyorlash va tiklash usullarini ayting?
Quyma-yaxlit, yig`ma, yig`ma-yaxlit
2. Qaysi omillar armaturaning beton bilan bog`lanishini ta`minlaydi?
Armatura sirtining g`adir-budirligi, qovurg`alar, sement toshining yopishish xususiyati, ankerlarning mavjudligi
3. Siqilishdagi mustahkamligi bo`yicha betonning sinfini aniqlashda qanaqa shakl va o`lchamdagi standart namunalar qo`llaniladi?
Qirrasi 15 sm bo`lgan kublar
4. Qirralarining o`lchami 15 sm bo`lgan standart kubni 28 sutka davomida normal sharoitda saqlagandan so`ng gidrav-lik press ostida 0,6 MPa/sek tezlik bilan siqilishga sinab, 95% ishonchilik bilan aniqlangan betonning mustahkamlik tavsifi nima deb ataladi?
Siqilishdagi mustahkamlik bo`yicha beton sinfi
5. Seysmik tumanlarda temirbeton qurilmalarni tayyorlash va tiklashning qaysi usulidan foydalanish yaxshi?
Quyma-yaxlit va yig`ma-yaxlit
6. Armaturani taranglashning nechta usuli bor? 4 ta
7. Temir-betonning afzalliklari nimadan iborat?
Olovbardoshlik, uzoq vaqtga chi-damlilik, yuqori mustahkamlik, har xil shakldagi buyumlarni yasash, eksplua-tatsiya qilish uchun harajatlar kamligi
8. Temir-beton kurilmalarda armatura va betonning birgalikda ishlashini qaysi omillar ta`minlaydi?
Armaturaning beton bilan yaxshi bog`lanishi, armaturaning korroziyadan ishonchli himoyalanishi, chiziqli kengayish koeffitsientlarining yaqinligi
9. Chegaraviy holatlarning I guruhi uchun betonning o`qi bo`yicha siqilishdagi hisobiy qarshiligi qanday xarf bilan belgilanadi?
10. Chegaraviy holatlarning I guruhi uchun betonning o`qi bo`yicha cho`zilishdagi hisobiy qarshiligi qanday xarf bilan belgilanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |