37. Temir-beton qurilmalarda hamma sterjenlarni sinchlarga birlashtiruvchi va betonlashda ularning loyihaviy holatlarini ta`minlovchi armatura qanday ataladi? Montaj
38. Yig`ma temir-beton ustun bo`ylama sterjenlar, ko`ndalang xomutlar va montaj halqalari bilan jihozlangan. Ishchi sterjenlarni ko`rsating
Bo`ylama sterjenlar
39. Deraza usti temir-beton to`sini pastki va yuqori bo`ylama sterjenlar, ko`ndalang xomutlar, montaj sterjenlardan iborat bo`lgan sinch va ko`tarish halqasi bilan jihozlangan. Ishchi sterjenlarni ko`rsating
Pastki bo`ylama sterjenlar va ko`ndalang xomutlar
40. Temir-beton qurilmalarda ishchi armaturalar nima uchun quyiladi?
Cho`zuvchi zo`riqishlarni qabul qilish uchun
41. A-IV sinfli po`lat armaturaning sirti qanaqa shaklga ega?
Archa shaklidagi qovurg`alarga ega
42. Temir-beton qurilmalarda armatura sifatida ishlatiladigan chigirlangan po`lat shakllar (burchak, kushtavr, shveller va boshqa) qanaqa armatura deb ataladi? Bikr
43. Temir-beton qurilmalarni ko`ndalang holatda armaturalar bilan jihozlashdan maqsad nima?
Betonning ko`ndalang deformatsiyalanishini cheklash va element yuk ko`tarish qobiliyatini oshirish uchun
44. Yig`ma temir-beton qurilmalarning montaj halqalarini tayyorlash uchun qanaqa po`lat armaturalar qo`llaniladi?
A-I, As- II
45. Qanaqa po`lat armatura "Kuchlanish-deformatsiya" diagrammasida yaqqol namoyon bo`lgan oqish maydonchasiga ega?
A-I, A-II, A-III
46. Qaysi po`lat armatura sinfi uchun cho`zilishdagi hisobiy qarshilik miqdori = 510 mPa qabul qilinadi? A-IV
47.Temir-beton qurilmalar uchun chegaraviy holatlarning I guruhi bo`yicha qanaqa hisoblar bajariladi?
ustuvorlikka, chidamlikka hamda mustahkamlik bo`yicha hisoblash
Do'stlaringiz bilan baham: |