II.O‘quv fanining maqsad va vazifasi
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarni maktabgacha ta`limda o`qish va savodga tayyorgarlik va rivojlantirish ishiga tayyorlashdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalaridagi nazariy bilim, ko‘nikma va malakalar hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Talaba :
-maktabgacha ta`limda o`qish va savodga tayyorgarlik fani, uning asosiy tushunchalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish;
-maktabgacha yoshdagi bolalarda turli yosh bosqichlaridagi nutq rivojini bilish va ulardan foydalana olish;
-maktabgacha ta`limda o`qish va savodga tayyorgarlik fani muammolari bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
III. Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
«Maktabgacha ta`limda o`qish va savodga tayyorgarlik» fani, 6- semestrlarda o’qitiladi. O’quv fanini o’zlashtirish Ona tili (o’zbek, rus), Bolalar adabiyoti va adabiyotshunoslik asoslari, pedagogika, psixologiya, umumiy va maktabgacha pedagogika kabi fanlardan egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarga tayangan holda amalga oshiriladi.
IV. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
1-mavzu. : MAKTABGACHA TA`LIMDA O`QISH VA SAVODGA TAYYORGARLIK FANINING MQSADI VA VAZIFALARI.
MTda o`qish va savodga tayyorgarlik – pedagogik fani. MTda o`qish va savodga tayyorgarlik fanining tashkiltopishivarivojlanishi. MTda o`qish va savodga tayyorgarlik fanining maqsad va vazifalari. Fanning predmeti, maqsadivavazifalari. Fanlararoaloqalari.Tadqiqot metodlari.Bolalar o`qish va savodga tayyorgarlik.
2-mavzu.
MATABGACHA TALIMDA O`QISH VA SAVODGA TAYYORGARLIK PSIXOLINGVISTIK VA TA`LIMIY ASOSLARI
Katta pedagog va mudiraning maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirish borasidagi kasbiy mahoratini takomillashtirish. “O`zbekiston Respublikasida maktabgacha yoshdagi bolalada nutqni rivojlantirishning dolzarb muammolari” mavzusida PedagogikKengashni tayyorlash va o`tkazish
3-Mavzu
MTMDA NUTQ, O‘QISH VA SAVODGA TAYYORGARLIK
Bolalarni savod o`rganishga tayyorlash. Bolalarda o`qishga, yozishga va ularning mavzusiga qiziqish uyg`otish. Bolalarni turli faoliyat yo`nalishlarida savodga o`rgatishga tayyorlash. Bolalarda yozish,o`qish ko`nikmalarini shakllantirish uchun zarur bo`lgan vasiyatlar. Bolalarda nutqni rivojlantirishga va savodga tayyorlashga dolr ishlarni rejalashtirish, hisobotini yuritish
Nutqni rivojlantirishga dolr ishlarni rejalashtirish mujassam yondashuv. Rejalashtirish turlari (mashg`ulotlar, vazifalar, uslublar, usullar, yakkama-yakka ish).
Do'stlaringiz bilan baham: |