Maktabgacha ta’limda o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish”
Maktabgacha talim tashkilotlarida tadbirkorlik oyinlarini tashkil qilishning ahamiyati
Download 238.5 Kb.
|
kurs ishiii 777777
Maktabgacha talim tashkilotlarida tadbirkorlik oyinlarini tashkil qilishning ahamiyati.
Oyinning bola tarbiyasidagi asosiy roli bolalar muassasasi hayotini u bilan boyitishni talab etadi. Shuning uchun ham oyin bolalar hayotining kun tartibiga doimiy qilib kiritilgan. Oyinlar uchun nonushtagacha va undan keyin, mashgulotlardan song, sayrlardan song, kechqurun uyga ketishdan oldin vaqt ajratiladi. Ertalab ota harakatchanlikni talab qilmaydigan oyinlar uchun sharoit yaratish maqsadga muvofiqdir. Tadbirkorlik oyinlarini tashkil etishda mazmunan koproq didaktik oyinchoqlar, stol ustida oynaladigan stol-bosma oyinlari, syujetli-rolli oyinlarni oynagan maqul. Sayr davomida harakatli oyinlarni, qurish-yasash oyinlarini tashkil etish foydalidir. Kun tartibida oyin uchun maxsus vaqt belgilash oyinning mustaqil faoliyat sifatida mavjud bolishining va uni bolalar hayotini tashkil etish shakli sifatida, tarbiya vositasi sifatida qollanilishining eng muhim pedagogik shartidir. Bolalar tadbirkorlik oyining oziga xosligi shundaki, u tevarak-atrofdagi hayotni, kishilarning faoliyati, ishlari, harakatlarini, ularning ish jarayonidagi ozaro munosabatlarini aks ettiradi. Oyin paytida xona bolalar uchun dengiz, ormon, metro, temir yol vagoni bolishi mumkin. Bola hech qachon jim oynamaydi, bitta ozi oynasa ham u oyinchoq bilan gaplashadi, ozi tasvirlayotgan qaxramon bilan muloqot ornatadi, onasi, bemor, shifokor xullas hamma-hammaning orniga ozi gapiraveradi. Soz obrazning yaxshiroq ochilishiga yordam beradi. Nutq oyin jarayonida juda katta ahamiyatga ega. Nutq orqali bolalar fikr almashadi, oz his-tuygu, kechilmalarini ortoqlashadi. Soz bolalar ortasida dostona munosabatlar ornatilishiga, tevarak-atrofdagi hayot voqealariga bir xilda munosabatda bolishga yordam beradi. Bolalarning ozi yaratgan oyindan kelib chiqadigan yoki kattalar tomonidan taklif etilgan oyinning goyasi, mazmuni, oyin harakatlari, rollar, oyin qoidalari uning tuzilishini tashkil etuvchi qirralardir. Tadbirkorlik oyin goyasi - bu nima oynashni belgilab olish: dokon, shifoxona, uchuvchilar, bolalar muassasasi va shunga oxshashlar. Oyin mazmuniga, goyasiga qarab bolalarninng bunday oyinlarini bir necha oziga xos guruhlarga bolinadi.Oyinlarning bunday bolishi albatta shartli bolib, bir oyinda har xil hayotiy voqaelar aks etishi ham mumkin. Tadbirkorlik goya oyinning mazmuni, jonli toqimasi, uning rivojlanishini, oyin harakatlarini, bolalar munosabatlarining har xilligi va ozaro boglanishini belglab beradi. Oyining qiziqarli bolishi va unda bolalarning qanday ishtirok etishlari oyinning mazmuniga bogliq. Oyinda bola ijro etadigan rol oyining asosiy ozagi va tarkibiy qismidir. Shuning uchun ham bu oyinlar rolli yoki syujetli-rolli oyinlar nomini olgan. Tadbirkorlik oyinlarda bolalarning tevarak-atrofdan olgan taassurotlari aks ettiriladi. Tadbirkorlik oyin bolalarning mustaqil oyini bolib, oyinning mazmunini ular ozlari oylab topadilar. Bu oyinda bolalarning erkinligi, mustaqilligi, tashqilotchilik va ijodqorlik qobiliyatlari tolaligicha namoyon boladi. Ammo oyinda hayotiy taassurotlar aynan aks ettirilmaydi, balki bolalar ongida qayta ishlab chiqiladi. Bu bolalarning oyin goyasini yaratishlarida, uning mazmunini tozib, tasvirlovchi vositalarni tanlashlarida va shunga oxshashlarda namoyon boladi. Syujetli-rolli oyin maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy oyin turlaridir.Syujetli-rolli oyin oz xususiyatiga kora aks ettiruvchi faoliyatdir. Tevarak-atorfdagi kattalar va tengdoshlarining hayoti va faoliyati bu oyin mazmuniga manba bolib xizmat qiladi. O`yin mashg`ulotlaridan voqeaband - ijroli o`yinlar orqali bolalar tafakkuri kengayadi va qiziqishlari rivojlanadi. Rolli o`yinlar orqali bolalarga ularni qurshab turgan kishilarning kundalik hayoti, o`zaro munosabatlari, turmush kechirish yo`sinlari bilan tanishib boradi. Bolalar hamisha kattalarga taqlid kilishadi, qo`g`irchog`ini erkalayotgan qizcha onasining so`zini takrorlaydi, qo`g`irchog`ini beshikka belab alla kuylaydi, mana shu birgina o`yin orqali unda oila sharoitidagi ko`nikmalar hosil bo`layotganligini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari "Shifokor", "Sartaroshxona", "Do`konda", "quruvchilar", "Tikuvchilar", "Bog`cha", "Maktab - maktab" kabi o`yinlar orqali maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qalbida kasbga qiziqish, faollik, o`zgalarga mehnatiga hurmat, ahil va inoqlilik, shirinsuhanlik kabi hislatlar o`stirib boriladi. Bolalar yoshiga mos ertaklardan, rus xalq ertagi " Sholg`om", "Bo`g`irsok", o`zbek xalq ertagi "Zumrad va qimmat", "Ikki echki" kabilarni sahnalashtirish, qo`shiqlarni, she'rlarni, hazillarni yod oldirish bola xotirasini mashq qildiradi, fikrni to`plash qobiliyatini, so`z boyligini, nutq faoliyatini, estetik madaniyatini, bolalarda ijrochilik mahoratini, o`ziga bo`lgan ishonch kabi qobiliyatlarni tarkib topishiga yordam beradi. Harakatli o`yinlar bolalardan epchillikni, chaqqonlikni, diqqatni bir joyga jamlashni, sezgirlikni talab kiladi. Xalq o`yinlaridan "Ismingni eslab qol", "Ko`z bog`lagich", "Oq terakmi, ko`k terak", "g`ozlar", "qushim boshi", "To`p-tosh", "Jami" o`yinlari orqali bolalarda harakat faoliyati rivojlantirilib boriladi, mustaqil faoliyati, jismoniy quvvati oshirilib, o`zligiga ishonch ruhi o`stirib boriladi. Shuningdek turli o`yinchoqlar bilan uynash tup, arqoncha, ot,arava, velosiped kabilar bilan uynaladigan o`yinlar orqali ular qalbida musobaqalashish hislari uyg`otib boriladi. Ayniqsa to`p o`yinlari bolalarning barcha tana harakatlarini rivojlanishiga katta yordam beradi, shuning uchun to`plar rangi yorqinroq, engil, yumshoq, bolalar uchun o`ynashga qulay bo`lishi kerak. Bolalar bilan sport xonalarida emaklash, sirpanish, tirmashib chiqish, arqon tagidan o`tish mashqlarini o`rgatish va shunga doir quyidagi: "Ona tovuq va jo`jalar", "Arqonga tegmay o`tchi", "Olishish", "Tortishmachoq" kabi o`yinlarni bolalarga o`rgatish orqali ularda ishoraga binoan harakat, jamoa bilan o`ynash, qoidaga amal kilish, chamalash, diqqatni jamlash kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Ta'limiy o`yinlar orqali bolada mustaqillik, faollik, ijodkorlik masalaga ongli yondoshish malakasi o`stirib boriladi. O`yin ko`rgazmalilik, oddiydan murakkabga o`tish usullari orqali olib boriladi. Tarbiyachi ta'limiy o`yinlarni o`tkazish davomida bola harakatini faollashtiradi, mustaqil harakat qilish qobiliyatini shakllantiradi, o`yindan to`g`ri foydalanilsa bolaning tafakkuri, nutqi, xotirasi ya'ni, aqliy tarbiyasiga asos solinadi. Ta'limiy o`yinlar orqali bolalar eshitish, kurish, sezish a'zolari orqali turli narsalar va ularni yasashda ishlatiladigin materiallarning xossalarini, ularni bir - biriga taqqoslashni, guruhlarga ajratishni o`rganadilar. Ta'limiy o`yinlar kichik guruhlarda quyidagi xilda o`tkaziladi. O`yinchoklar bilan o`ynaladigan o`yinlar-"Ayiqlarga nima kerak?", "Jajji oyoqchalarimiz", "Zumrad uchun ko`ylaklar" . Stol ustiga qo`yib o`ynaladigan o`yinlar- "Nima qayerda yuradi?", "Men aytgan narsani ko`rsat", "Kimning qo`lida nima bor?". Og`zaki usuldagi ta'limiy o`yinlar- "qo`g`irchoq Lolaxonni cho`miltiramiz", "qo`g`irchoq Lolaxon mehmonga keldi", "Ajoyib xaltacha", "Shaklini top", "Rangini top" kabi o`yinlar kiradi. Eshitish va ko`rish a'zolarini faollashtirish uchun "Xilini top", "qaysi daraxtning mevasi?", "Nimaning pati", "Mevasini top", "Onasini top", "Mevalar va barglar", "Domino", "Yovvoyi va uy xayvonlari", "Ishlash uchun nima zarur", "Bu uychada kanday xayvon yashaydi","Bu kim yoki nima?" singari o`yinlardan foydalanish maksadga muvofik bo`ladi. Bu O`yinlar orqali bolalarda meva va sabzavotlar, xayvonlar va parrandalar, yil fasllari,kiyim - kechak va boshkalar, kabi tasavvurlar boyitilib, kengaytirilib, kurish va eshitish, esda saqlab kolish xususiyatlari rivojlantirilib boriladi. Katta guruhlarda uynaladigan "Ayting biz topamiz", "Topgan topag`on", "Oshqovoq pishdi", "Loy o`yini", "Bog`bonlar" o`yinlari orqali mehnatga muxabbat ruhi tarbiyalanib boradi. Bolaning mashgulotlar jarayonida olgan iqtisodiy bilimi, tushuncha va tasavvurlarini mustahkamlashda, chuqurlashtirish va kengaytirishda oyinlarning orni benihoyadir. Zero, bola oynab turib, dunyo taniydi. Bola oyinda aks ettirayotgan narsani tezroq bilib olishga qiziqadi va uni xotirasida mustahkamlab oladi. Shuning uchun pedagog maktabgacha yoshdagi bolalarga iqtisodiy bilim beruvchi yoki iqtisodiy bilimlarini mustahkamlovchi bolalar oyinini tashkil qilar ekan, quyidagi talablarga etibor berishlari zarur: oyinning mazmuni talimiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega bolishi; aks ettirilayotgan narsalar haqidagi tasavvurlar togri va tola bolishi; oyin harakatlari faol malum maqsadga qaratilgan, ijodiy xususiyatga ega bolishi kerak. Shuningdek, hamma va ayrim bolalarning qiziqishlarini etiborga olgan holda oyinga rahbarlik qilish, oyinchoqlar va kerakli materiallardan maqsadga muvofiq foydalanish va bu bilan bolalarning oyinda xayrihox va xursand bolishlarini taminlash lozim. Pedagog bolalar oyiniga rahbarlik qilar ekan, bola shaxsining barcha jihatlariga: ongi, his-tuygular, irodasi, xulqiga tasir etishi va bundan bolalarni aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan ham shuningdek, iqtisodiy tarbiyalashda ham foydalanish lozim. Shunda oyinlar natijasida bolalarning bilimlari va tasavvurlari boyib, chuqurlashib boradi. Misol uchun bolalarning eng qiziqarli oyinlaridan biri bolgan «Dokon-dokon» oyinini olaylik. Bu oyinni syujetli-rolli oyinlar sarasiga kiritish mumkin. Bunda qatnashuvchilar bitta sotuvchi, 3 yoki 4 xaridor. Peshtaxta ornida stoldan foydalanish mumkin. Dokon shaklinitanlash guruh imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda «Oyinchoq dokoni», «Oziq-ovqat dokoni» yoki aralash mollar dokoni sovun va tish pastalaribir tomonga, kiyim-kechaklar bir tomonga, xullas, har bir mahsulot oziga mos tovarlar guruhi bilan peshtaxta ustiga chiroyli qilib terib qoyiladi. Sotuvchi magazinga kelgan xaridorlarni xushmuomalalik va odob bilan kutib oladi. Xaridorlarning har biriga qanday xizmat borligini, zarur mahsulotni bir zumda muhayyo qilajakligini bildiradi.Xaridorlardan biriga tish pastasi kerak boladi va sotuvchi bor pastalarni korsatib, narxlarini aytadi. Shuningdek, sotuvchi pastalarni nomlarini, qaerda tayyorlanganligini ham, nima uchun pastalar narxi bir-biridan farq qilishini ham bilishi lozim. Bu bir tomondan, boladan aqliy bilim talab qilsa, ikkinchi tomondan hozirgi iqtisodiyotning shartlaridan bolgan reklamadan ham foydalanadi va reklamaning ahamiyatini yanada tushunib etadi. Xaridorlarni kutib olish, ularga xizmat qilit orqali esa bolada avvalo, muomala madaniyati, soz boyligi va kishilar bilan muloqotga kira olish qobiliyatlari osib boradi. Sotiladigan narxlar esa bolalarning «Elementar matematik tasavvurlarni ostirish» mashgulotidan olgan bilimiga qarab qoyiladi. Chunki, bunda bola pulni bilishi, qancha qaytim qaytarish kerakligini ham bilish kerak. Peshtaxtaga sotiladigan mahsulotlarni chiroyli qilib terib qoyish orqali boladagi badiiy did, gozallikka intilish kabi tuygularni ostirish mumkin. Shuningdek, bu orqali bola mahsulotlarni tartib bilan terish xaridorlarning diqqatini tezroq jalb qilishini va olib kelgan mahsulot tezroq oz egasiga etib borishini tushunib etadi. Mahsulotlarni reklama qilish orqali uni qaerdan olib kelishini, Ozbekistoning qaysi davlatlar bilan savdo aloqalari mavjudligini bilib oladi va otkazadi. Bolalarning tevarak-atorfdagi hayotdan, tengdoshlari, kattalar faoliyatidan olgan taassurotlari ijodiy oyinda qayta ishlanadi, toldiriladi, sifat jihatidan ozgartiriladi. Bolalarning bunday oyinlari tevarak-atrofdagi borliqni bilishning amaliy shaklidir. Bolalar oyinining oziga xos tomoni unda tasvirlovchi vaziyatlarning mavjudligidir. Tasvirlovchi vaziyat bolalarga oyin jarayonida yuklangan rol va oyin syujetidan tashqil topadi va har xil buyumlardan foydalanishni ham oz ichiga oladi. Oyinning syujeti bir-biriga hayotiy aloqador bolgan qator voqea- hodisalar yigindisidir.Syujetli-rolli oyinning asosiy zanjiri hisoblanadi. Oyin bolada qanoatlanish, xursandchilik hissini paydo qiladi, shuning uchun bolani qiziqtirib, unda yaxshi kayfiyat uygotadi, bola organizmidagi hayotiy faoliyatni yaxshilaydi. Bola oynayotganda har hil harakatlar qiladi: yuguradi, sakraydi, tor joydan, ingichka taxta ustidan otadi, engashdi, yuqoriga tirmashib chiqadi va hakozo. Bu harakatlarning hammasini bola bemalol, oz xoxishi bilan bajaradi, natijada bolaning muskullari pishiydi, u harakatni engilroq, chaqqonroq bajaradigan bolib qoladi. Bolaning aqliy tomondan rivojlanishi uchun ham oyin katta ahamiyatga ega. Oyin natijasida bolaning bilimi kengayib boradi. Rolli oyinlar bolaning kuzatuvchanligini, qiziquvchanligini , bilish doirasini rivojlantiradi, boyitadi. Oyinda bola oz oldiga maqsad qoyadi, bu boladan aql, idrok ishlatishni talab qiladi, topagonlikka orgatadi. Oyin jarayonida juda kop gaplashishga, tortishishga, baxslashishga, aytib beirshga togri keladi. Bolalar ozi yasayotgan narsalarini yaxshiroq yasash, qurish uchun juda kop oylab, fikrlashishlariga togri keladi. Bular hammasi bola tafakkuri va xayolining rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir. Bola oz oyinida borliqni aks ettirib, olgan rolining mazmuni bilan bogliq bolgan u yoki bu hissiyotni boshdan kechiradi. Masalan, Dilnoza ona-bola oyinida ona rolini oynayotib, bolalarini ovqatlantiradi, kiyintiradi, ular bilan yaxshi munosabatda bolib erkalaydi, ular bilan gaplashadi, kitoblar oqib beradi. Bu oyin bolada muloyililik, gamxorlik, etiborlilik kabi yaxshi hislarni uygotadi. Rolli-syujetli oyinlarning oziga xos xususiyati. Rolli oyinlarning boshqa oyinlarga nisbatan oziga xos xususiyatga egaligi ularda syujet, rol va xayol qilingan vaziyatning mavjud bolishidir. Bolalar biror narsa yoki voqea togrisida etarlicha tasavvurga ega bolgandagina syujet, fikr, yuzaga keladi. Masalan bolalar paroxod oyinini oynamoqchi bolishdi. Bunga oyinning qanday borishi togrisida syujet kerak. Syujet bolalarning bilimiga bogliq boladi. Bolalarda avval goya paydo boladi, keyin mazmun rivojlanadi. Bazan bolalar oyinning qanday borishini oldindan belgilab oladilar. Masalan, Afrikaga bormoqchi bolsalar, sayyohat vaqtida qilinadigan ishlarni oldindan belgilab oladilar. Bundan korinib turibdiki, rolli oyin jamoatchilik xususiyatiga ega, chunki bolalar bir-birlari bilan ozaro munosabatda boladilar. Rolli oyinda har bir bola oziga olgan rolni bajaradi masalan, ona, shafyor, tarbiyachi, enaga, artist va h. Rolli oyinlarda didaktik, qoidali harakatli oyinlardagi singari qat`iy ornatilgan qoida bolmaydi. Bunda kopincha bolalar oz xayol qilgan narsalari boyicha harakat qiladilar. Masalan, raketa tushib oyga uchadilar, paroxodda sozadilar, kasalni davolaydilar... Ammo, bolalarning xayollari bilan oynashlari ularni real voqealikdan uzoqlashtirib yubormaydimi degan savol tugiladi, yoq, bolalar ozlari buning oyinligini yaxshi biladilar. Shu bilan birga bolalarning kechinmalari, hayajonlari, qilgan harakatlari hammasi rostakam, sidqidildan boladi. Masalan doktor rolidaga bola kasal togrisida qayguradi . Oyin mavzui bolalar olgan taassurotning kuchli, bolalarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Oyinda bolalar aks ettiradigan ijtimoiy-siyosiy voqealar bolalarning bilim doirasi va hayotiy tajribasining kengayib borishiga bogliq boladi. Rolli oyinlarining mazmuni va mavzusi ozgarishi bilan bir qatorda uning tuzilishi va oyin shakllari ozgaradi, bolalarning mustaqilligi va tashabbusqorligi ham osib boradi. Avvalgi bolalar oz-ozicha alohida-alohida oynaydilar. Sekin-asta rolli oyinlarning paydo bolishi, oyinda qishilar ortasidagi munosabatni aks ettirish birgalikda bajariladigan oyinni keltirib chiqaradi. Avvaliga katta bolmagan guruhchalar 2-3 kishidan bolib oynashadi, katta va tayyorlov guruhlariga kelib kattaroq jamoaga birlashadilar. Oyinda har xil rollar orqali ozaro munosabatda bolish bolalarda ortoqlik munosabatlarini shakllantirishga yordam beradi.Oyinning tuzilishi va mazmuni ozgarishi bilan oyinchoqning roli va bolalarning unga nisbatan talabi ham ozgarib boradi va x.k. MTT yoshidagi bolalarda tadbirkorlik oyinning rivojlanib borishi. Uch yoshdagi bolalarning oyinlari yangi tus oladi: bola qogirchoqni va ozini qishilarning nomi bilan atay boshlaydi: masalan, bola mashina yasab uni boshqara boshlaydi. Kattalar undan sen kimsan?- deb sorasa, Haydovchiman deb javob beradi. Yoki qizcha qogrichogiga ovqat pishirayapti. Sen kimsan?- degan savolga Men oshpazman deb javob beradi. Bolalar oz oyinlarida sekin-asta murakkab bolmagan syujetli oyinlarni oynay boshlaydilar. Bunda asosan kundalik turmushda takrorlanib turadigan voqealar aks etadi. Bolaga ovqat berishadi, uxlashga yotqizishadi, mashinada tortishadi. Yana ovqat berishadi va uxlatishadi. Yoki qogrichoq kasal bolib qolsa, darrov uning qoli, oyogi boglanadi, yolgondakam dori beriladi. Uchinchi yoshning oxiriga kelib bola rol tanlay boshlaydi. Men oyisiman, Men - vrachman lekin bolar birdaniga enaga, tarbiyachi, doktor bolib qolishi mumkin. Bola tort yoshga otganda syujetli-rolli oyinlar ancha rivojlana boshlaydi. Oyinlar mavzui har xil bolib, boyib boradi. Bu yoshdagi bolalar oz oyinlarida oila, MTTni, avtobusda, tramvayda kelayotgan qishini aks ettiradilar. Tevarak-artofni kuzatish natijasida tasavvurlari kenayadi, bu ularning oyin mazmuniga tasir etadi: bayramlar, magazin, transportning har xil turlarini aks ettira boshlaydilar. Ammo bu yoshda ular hayotdagi voqealar ortasidagi bogliqliklarni hali tushunib etolmaydilar. Bola besh yoshga qadam qoyganda undagi kuzatuvchanlik taffaquri rivojlanganligi, bilim doirasi kengayganligi sababli oyin mazmuni ham murakkablashib boradi. Xayolni rivojlanib borishi orqasida ertak va hikoyalar mazmuni boyicha murakkab bolmagan oyinlarni oynshadi. Oyin mazmuni bilan bir qatorla bolalarda hislar ham rivojlanib boradi. Kundalik hayotga nisbatan bolalarda hissiyot yuqori boladi. Oyin birinchidan, xursandchilik bilan hamoxang kechadi. Ikkinchidan, bolalar kattalarning hislarini oz oyinlarida aks ettiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodiy oyin juda ham yaxshi rivojlanadi. Bu oyinlarda bolalar ozlari eshitgan, korgan voqealar, hikoyalar, kitoblar va boshqa manbalardan olgan bilim, malakalarini, his-xayajonlarini tola qollay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar oyinlarida berilgan talim-tarbiyaning natijasi yaqqol korinib, sezilib turadi. Bolalar kim bilan oynashi togrisida va oyinning qanday borishi togrisida ozaro kelishib oladilar. Oyinlar uzoqroq davom etadigan bolib boradi. Bitta oyinni uzoq vaqt, hatto bir necha kun oynash mumkin, bunda har gal oyinga yangililik kiritib boriladi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar oyinlariga togri rahbarlik qilib borilsa, ularning mustahkam jamoasi yuzaga kelib, u oz an`anasiga, oz qoidasiga ega boladi. Bolalarda birgalikda ijod qiilish qobiliyati rivojlanadi, ular ortoqlarining fikri bilan kelishadigan, fikriga quloq soladigan bolib boradi.Bolalar jamoasining shakllanishi uzoq vaqtni talab etadigan murakkab ish. Bolalar ortasida murakkab munosabatlar yuzaga kela boshlaydi.Har bir bolaning oziga xos xususiyati yaqqol namoyon bolib boradi. Bunda bolalar faol tashqilotchi, oziga ishonadigan va aksincha, tortinchoq, indamaslarga bolinadi. Faol bolalar har doim oyinni oz xoxishiga qarab tanlaydi, qiziqarliroq rolni talab etadi. Ular bazan oyinni buzishadi, ortoqlarini xafa qilishadi, ammo tarbiyachining tasiriga tez berilishadi. Ularini ijobiy xususiyatlari, soglom qiziqishlari boladi, tarbiyachi mana shular asosida ularning ongi va hissiga ta`sir etadi. Oyin mavzusi ozgarishi bilan oyinda qatnashuvchilarning ham ozaro munosabatlari ozgarib boradi. Kichkina bolalarning har biri oz xolicha oynasa, keyinchalik 2-3 kishi bolib oynay boshlaydi, orta maktabgacha yoshga kelganda oynovchilar soni kopayib, ortoqlik munosabatlari tarkib topa boshlaydi, bunday munosabatlar oyinga mavzu mazmun tanlashda, rollar va oyinchoqlarni taqsimlashda yuzaga keladi. Oyinning tuzilishi va mazmuni rivojlanib borishi bilan oyinchoqning roli va unga talab ham ozgarib boradi. Kichkina bolalar oyinini kopincha oyinchoq belgilaydi. Bitta oyinchoq bir nechta vazifani bajarishi mumkin. Orta va katta maktabgacha yoshdagi bolalarda oyin togrisidagi fikr avval tugiladi. Keyin oynay boshlaydi. Oyinchoq oyin mazmuniga qarab tanlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning yetakchi faoliyati o'yindir. Bog'cha yoshidagi bolalarning o'yin faoliyatlari masalasi asrlar davomidajuda ko'p olimlarning diqqatini o'ziga jalb qilib kelmoqda.MTT yoshidagi bolalar o'zlarining o'yin faoliyatlarida ildam qadamlar bilan olg'a qarab borayotgan sermazmun hayotimizning hamma tomonlarini aks ettirishga intiladilar. Ma'lumki, bolaning yoshi ulg'ayib, mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari, uning atrofidagi narsa va xodisalar bo'yicha dunyoqarashi kengayib boradi. MTT yoshidagi bola atrofidagi narsalar dunyosini bilish jarayonida shu narsalar bilan bevosita amaliy munosobatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining xaddi sig'adigan narsalari bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan, o'zining kuchi ham etmaydigan, haddi sig'maydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Masalan: bola avtomashinani yoki tramvayni o'zi haydagisi, rostakam otga minib yurgisi, uchuvchi bo'lib, samolyotda uchgisi va rostakam harbiy bo'lgisi keladi. Tabiiyki, bola o'zidagi bunday ehtiyojlarning birontasini ham haqiqiy yo'l bilan qondira olmaydi. Bu o'rinda savol tug'iladi: bolalarning tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshilik qanday yo'l bilan xal qilinadi? Bu qarama-qarshilik faqatgina birgina faoliyat orqali, ya'ni, bolaning o'yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni quyidagicha izohlab berish mumkin: birinchidan, bolalarning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas. Shuning uchun bolalarni o'yinga undovchi sabab (motiv) kelib chiqadigan natija bilan emas, balki shu o'yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuniga bog'liqdir; ikkinchidan esa, bolalar o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni, o'zlarini qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, xohlaganlaricha erkin faoliyatda bo'ladilar. Bolalarning o'yin faoliyatlari ularning jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishi uchun birdan-bir vositadir. O'yin bolalar hayotida shunday ko'p qirrali faoliyatki, unda kattalarga mansub bo'lgan mehnat ham, turli narsalar haqida tafakkur qihsh, xom-xayol surish, dam olish va xushchaqchaqlik jarayonlarining barchasi o'yin faoliyatida aniq bo'ladi. Demak, MTTdagi ta'lim-tarbiya ishlarining muvaffaqiyati ko'p jihatdan bolalarning o'yin faoliyatlarini maqsadga muvofiq tashkil qila bilishga bog'liqdir. Shunday qilib, o'yin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha, bolalar xayolining o'zi, o'yin jarayonida yuzaga kelib, rivojlanadigan narsadir. Shuni ham ta'kidlash joizki, fan-texnika mislsiz rivojlanayotgan bizning hozirgi davrda hayratda qoldiradigan narsalar bolalarga go'yo, bir mo'jizadek ko'rinadi. Natijada ular ham o'zlarining turli o'yinlari jarayonida o'xshatma qilib (ya'ni, analogik tarzda), har xil xayoliy narsalarni o'ylab topadilar (uchar ot, odam mashina, gapiradigan daraxt kabilar). Bundan tashqari, bolalarning turli xayoliy narsalarni o'ylab chiqarishlari yana shuni anglatadi-ki, ular o'zlarining har turli o'yin faoliyatlarida faqat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chog'da ehtiyojlarini ham aks ettiradilar. Bolalarning tadbirkorlik o'yin faoliyatlarida turli xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlari odamning (shu jumladan, bolalarning ham) tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni aks ettirishi passiv jarayoni emas, balki faol, ijodiy yaratuvchanlik jarayoni ekanligidan dalolat beradi. Bolalar o'yin faoliyatlarining yana bir xususiyati, o'yin jarayonida bolaning qiladigan xatti-harakatlari va bajaradigan rollarining ko'pincha umumiylik xarakteriga ega bo'lishidir. Buni shunday tushunish kerakki, bola o'zining turli-tuman o'yinlarida faqat o'ziga tanish bo'lgan yolg'iz bir shofyorning, shifokorning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-harakatlarnigina emas, balki umuman shofyorlarning, shifokorlarning, tarbiyachilarning hamda uchuvchilarning xatti-harakatlarini aks ettiradi. Albatta, turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi cheklangan kichik yoshdagi bolalar (ba'zan kichik guruh bolalari ham) o'zlarining o'yinlarida konkret odamlarni va ularning harakatlarini aks ettiradilar xolos. Masalan, oyisini, dadasini, akasini, tarbiyachisini va shu kabilarni. O'rta yoki katta bog'cha yoshidagi bolalarning o'yinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo'la boshlaydi. MTT yoshidagi bolalarning o'yinlari atrofdagi narsa va xodisalarni bilish quroli bo'lishi bilan birga, yuksak ijtimoiy ahamiyatga ham ega. O'zgacha qilib aytganda, o'yin qudratli tarbiya qurolidir. Bolalarning o'yinlari orqali ularda ijtimoiy foydali, ya'ni yuksak insoniy xislatlarni tarbiyalash mumkin. Agarda biz bolalarning o'yin faoliyatlarini tashqaridan kuzatsak, o'yin jarayonida ularning barcha shaxsiy xislatlari (kimning nimaga ko'proq qiziqishi, qobiliyati, irodasi, temperamenti) yaqqol namoyon bo'lishini ko'ramiz. Shuning uchun bolalarning o'yin faoliyatlari, ularning individual ravishda o'rganish uchun juda qulay vositadir. Kichik maktabgacha yoshdagi bolalar odatda o'zlari yolg'iz o'ynaydilar. Predmetli va konstruktorli o'yinlar orqali bu yoshdagi bolalar o'zlarining idrok, xotira, tasavvur, tafakkur hamda harakat layoqatlarini rivojlantiradilar. Syujetli-rolli o'yinlarda bolalar, asosan, o'zlari har kuni ko'rayotgan va kuzatayotgan kattalarning xatti-harakatlarini aks ettiradilar. 4-5 yoshli bolalarning o'yini asta- sekinlik bilan jamoa shaklidan xislatlarga ega bo'lib boradi. Bolalarning individual xususiyatlarini, xususan, ularning jamoa o'yinlari orqali kuzatish qulaydir Bu o'yinlarda bolalar kattalarning faqat predmetlarga munosabatini emas, balki ko'proq o'zaro munosabatlarini aks ettiradilar. Shuningdek, jamoa o'yinlarida bolalar bir guruh odamlarning murakkab hayotiy faoliyatlarini aks ettiradilar. Masalan, "poyezd" o'yinini olaylik. Bunda mashinist, parovozga ko'mir yoquvchi, provodniklar, kontrolyor, kassir, stantsiya xodimlari va yo'lovchilar bo'ladi. Bolalarning mana shu kabi jamoa o'yinlari artistlarning faoliyatiga o'xshaydi. Chunki, jamoa o'yinidagi har bir bola o'z rolini yaxshi ado etishga intilishi bilan birga, o'yinni umumiy mazmunidan ham chetga chiqib ketmaslikka tirishadi. Bu esa, har bir boladan o'zining butun qobiliyatini ishga solishni talab etadi. Ma'lum rollarga bo'lingan jamoa o'yin, bolalardan qat'iy qoidalarga bo'ysunishini va ayrim vazifalarni talab doirasida bajarishni taqozo etadi. Shuning uchun bolalarning bunday jamoa o'yinlari psixologik jihatdan katta ahamiyatga ega. Chunki, bunday o'yinlar bolalarda irodaviylik, xushmuomalalik, o'yin qoidalariga, tartib-intizomga bo'ysunish va shu kabi boshqa ijobiy xislatlarni tarbiyalaydi va rivojlantiradi. Katta maktabgacha yoshida syujetli-rolli o'yinlar esa endi o'z mavzusining boyligi va xilma-xilligi bilan farqlanadi. Bu o'yinlar jarayonida bolalarda sardorlik xususiyati yuzaga kela boshlaydi, ularda tashkilotchilik ko'nikma va malakalari rivojlana boshlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar shug'ullanadigan ijodiy faoliyatlar orasida tasviriy san'atning ham ahamiyati juda kattadir. Bolaning tasavvur etish xarakteriga ko'ra, uning atrof hayotni qanday idrok etishi, xotira, tasawur va tafakkur xususiyatlariga baho berish mumkin. Katta yoshidagi bolalar chizgan rasmlar ularning ichki kechinmalari, ruxiy holatlari, orzu, umid va ehtiyojlarini ham aks ettiradi.Bu yoshdagi bolalar rasm chizishga nihoyatda qiziqadilar. Rasm chizish bolalar uchun o'yin faoliyatining o'ziga xos bir shakli bo'lib hisoblanadi. Bola awalo ko'rayotgan narsalarini, keyinchalik esa o'zi biladigan, xotirasidagi va o'zi o'ylab topgan narsalarni chizadi. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar uchun musobaqalar juda katta ahamiyatga ega bo'lib, aynan shunday o'yinlarda muvaffaqiyatga erishish motivlari shakllanadi va mustahkamlanadi. Bu yoshdagi bolalar uchun eng yoqimli vaqt - yutish va muvaffaqiyat bo'lgan musobaqa o'yinlarining ham ahamiyati juda katta. 3-7 yoshli bolalarning psixik rivojlanishida badiiy-ijodiy faoliyat turi bo'lgan musiqaning ahamiyati ham juda kattadir. Musiqa orqali bolalar ashula aytishga, musiqa ohangiga mos - ritmik harakatlar qilishga o'rganadilar.Tadbirkorlik oyinlari bolalarning asosiy faoliyati quyidagi ketma-ketlikda kechadi: predmetlarni o'rganishi; individual predmetli o'yinlar, jamoa syujetli-rolli o'yinlar; individual va guruhiy ijod; musobaqa o'yinlari; muloqot o'yinlari; uy mehnati. Download 238.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling