Maktabgacha ta’limda o'qitish texnologiyalari va loyihalashtirish”


Download 238.5 Kb.
bet6/11
Sana27.01.2023
Hajmi238.5 Kb.
#1134613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishiii 777777

«Fabrika» o’yini. Ekskursiya.
Kerakli jihozlar: Kiyim-kechaklar, yorliqlar, rasm-qalam, qog’oz, rasmli kartochkalar.
Yangi so’zlar: Iqtisod. yorliq, mukofot, maosh, boshqaruv, narx, vaqt.
Maqsad: Boshqaruv haqida bilim berish, sifatdi va sifatsiz mahsulotlar, unga sarflangan vaqt haqida, xazina, maosh, narx haqida tushuncha berish, fabrika belgisini o’rgatish.
Mashg’ulotning borishi: U erning direktori va sex boshliqlari bo’ladi. Qizlar o’tirib, qo’g’irchoqlarga ko’ylaklar tikadilar, Sex boshlig’i ularning bajargan ishlarini ko’rib sifatli va sifatsizga ajratadi-di» Shuncha ko’ylakcha tikdingiz» deb maosh to’lanadi Pichilgan va tikilgan ishlar alohida joyga qo’yiladi. «Tayyorlariga fabrika nomi yozilgan yorliqlar qo’yib tikiladi va sotish uchun bog’cha bozoriga chiqariladi. Qancha ko’p va tez sotilsa, ishchilar mukofot oladilar.

«Bozor qanday joy?» o’yini.
Kerakli jihozlar: bozor rasmi, bozorda sotiladigan mahsulotlar rasmi.
Yangi so’zlar: sotuvchi, xaridor, tovar, bozor, jahon bozori.
Maqsad: bolalarni bozor zurlari bilan tanishtirish, u erda amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berish.
Mashg’ulotning borishi: Mahsulotlar sotiladigan va sotib olinadigan joy bozor deyiladi. Bozorda tovar ayirboshlash xaridor va sotuvchi munosabati orqali yuzaga keladi. Sotuvchi tovar egasi. Xaridor-o’z ehgiyoji uchun turli mahsulotlarni sotib oluvchi shaxs, Tovar bozorda oldi-sotdi orqali ayirboshlanadigan mehnat mahsuli.
«Moling sara bo’lmaguncha, borish sara bo’lmas» (maqol). Insonlar mahsulot ishlab chiqara boshlabdilarki, bozor paydo bo’lgan. Qani, bolalar, Qo’qon shahrimizda qanday bozorlar bor? Bir sanab chiqaylik.
Bozorning eng kattasi Jahon bozoridir. U erda dupyodagi eng sifatli mahsulotlar sotiladi. Bular: paxta, oltin, gaz, qorako’l teri, neft, pilla, ko’mir kabi qazilma boyliklar, zaruriy ashyolar va hokazo.
Bu mahsulotlarning kerakligi yurtimiz uchun olib qolinadi va ortiqchasi chet ellarga sotiladi. O’rniga kerakli bo’lgan shakar, kartoshka, dori-darmon, un, har xil mashinalar sotib olinadi.

Download 238.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling