Maktabgacha ta'limni rivojlantirishning konseptual asoslari


Download 1.38 Mb.
bet1/4
Sana13.01.2023
Hajmi1.38 Mb.
#1090019
  1   2   3   4
Bog'liq
Bolalar

Bolalar jamoasi haqida tushuncha. Bola shaxsini tarbiyalashning shart- sharoitlari

Jamoa ijtimoiy jamoaning bir qismi hisoblanib, kishidan ma’lum bir maqsad asosida intiladigan, harakat qiladigan, va о‘zi hamma kuch - xarakatini ijtimoiy faoliyat, mehnatga sarf qiladigan bо‘lishini talab etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi о‘rni va rolini tug‘ri baholay olish, inson fikrini hurmatlash, jamoaning munosib a’zosi bо‘lishga intilish har bir shaxs uchun muhimdir.

Bolalar jamoasini shakllantirish uzoq vaqtni talab etadigan murakkab jarayondir. Dastlab birgalikdagi faoliyat kо‘pincha dunyo bilan bog‘liq bulgan faoliyatga birlashadi. Bu birlashish beqaror, qisqa muddatli bо‘lib, tez buziladi Bunday dastlabki birlashishning birinchi tashkilotchisi tarbiyachidir. Chunki u bolalarga birgalikda о‘ynashni taklif etadi. Bolalardan bittasi о‘yinchoqlarni yuklasa. ikkinchisi tashiydi, uchinchisi yukni tushiradi. 4-5 qiz qо‘g‘irchoq bilan «Oila» о‘yinini о‘ynaydi, tarbiyachi esa, ularga rollarni taqsimlashda yordam beradi va h.k. Tarbiyachi bolalarni bir guruhga birlashtirishda ularning о‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga oladi, chunonchi bitta guruhga serharakat va boshqasiga, passivroq bolalarni birlashtiradi.

Ikkinchi xususiyat bolalar jamoasining barqaror bо‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi.

Ikkinchi xususiyat bolalar jamoasining barqaror bо‘lishini ta’minlashdir. Bu davrga kelib bolalar ancha mustaqil hamda tashkilotchilik qobiliyatini eg‘allagan bо‘ladilar. Jamoada katnashuvchilar soni 8-10 kishiga yetib qoladi.

Birgalikdagi faoliyat jarayonida о‘yin va mehnatdan keng foydalaniladi. Bu bosqichda tarbiyachining vazifasi hamma bolalarda tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishdir. Mashg‘ulot о‘tkazayotgan jarayonda uning о‘zi hammaga kо‘rinib turishi va ovozi balandroq va hamma uchun tushunarli bо‘lishi kerak. Tarbiyachi shunday mashg‘ulot jarayonida о‘rtoqlarining ishini tahlil qilishga jalb etish orqali bolalarni izlanuvchanlikka, haqiqatgо‘ylikka о‘rgatadi hamda bolalarning о‘z tengdoshlariga xayrixoh munosabatda bо‘lishini ta’minlaydi.


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling