Bunday his - tuygu, tasavvur, tushunchalar bola shaxsining ijtimoiy yо‘naltirilgan hodda takllanishiga yordam boradi, bolada insonparvarlikning dastlabki namunalari shakllanishiga ta’sir etadi. Bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulh-atvor qoidalari orasida insonparvarlik muhim о‘rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq meyorlari va qoidalarini о‘rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga о‘rgatib borish zarur. Tarbiyachi kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni yoki telefon qilishni taklif etadi. Tarbiyachi kichkina bolalarga ayrim xatti-harakatlarni syujetli о‘yinchoqlar bilan о‘ynash orqali kо‘rsatadi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni tengdoshlari bilan salomlashishga, hammalarini yangi kelgan kishining salomiga javob berishiga odatlantiradi, kasal bolaga xat yozishni, unga rasmlar yuborishni yoki telefon qilishni taklif etadi. Bogchada bolalarning tug‘ilgap kunlarini nishonlash an’anasi о‘zaro munosabatlarga samimiylik kiritadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda xarakterning irodaviy xususiyatlari о‘z oldiga maqsad qо‘yib, unga erishish uchun esa har qanday qiyinchilikni yengib, boshlangan ishni oxiriga yetkaza olish, biror ishdan о‘zinii tiya bilish, ishda dalillikni tarbiyalash zarurdir. Bola yoshligidan boshlab о‘zida boshqalar bilan, bolalar jamoasi bilan muloqotga extiyoj sezadi. Ammo kichkina bola jamoani о‘zi tanlay olmaydi. U biron jamoaga sharoit taqozosi bilan kelib qoladi. Bola yashayotgan jamoa jozibali etib tashkil qilinsa bola bunday jamoada о‘zini erkin sezishi mumkin. Buning uchun esa jamoa - mazmunan boy, undagi о‘zaro munosabatlar insonparvarlikka asoslangan bо‘lishi muhim. Jamoani shakllantirshda jamoa a’zolari va ularning faoliyatlariga qо‘yiladigan yagona talablar muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |