Maktabgacha ta’limyoshidagi bolalalar shaxsini barkamol qilib tarbiyalashda milliy urf odatlardan foydalanish mundarij a


Download 66.19 Kb.
bet2/12
Sana24.12.2022
Hajmi66.19 Kb.
#1056133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Maktabgacha ta’limyoshidagi bolalalar shaxsini barkamol qilib ta

Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida ta’lim sohasi e’tirof etildi. Ustuvor soha bo‘lgan ta’limni tubdan yangilash, uni mazmunan boyitish, ta’lim tizimiga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish va rivojlangan ta’lim darajasiga ko‘tarish mamlakatda olib borilayotgan ta’limiy islohotlarning asosiy g‘oyasi sanaladi.
Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ta’lim-tarbiyasi masalasi davlatimiz, hamda yurtboshimiz Sh.M. Mirziyoyev e’tiborida turgan dolzarb masalalaridan biridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2017 yil 16-avgust kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda maktabgacha ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to‘la qamrab olish bo‘yicha muhim vazifalar qo‘yilgan edi. Bu boradagi tahlillar natijasida qisqa vaqtda uchta yirik hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3261-sonli Qarori, 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi - faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli Qarori imzolangan. Mazkur sohani takomillashtirish maqsadida qabul qilingan dasturda maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini sifatida, bu jarayonda maktabgacha ta’lim muassasalarining bolalar huquqiy savodxonligini shakllantirishdagi o‘rni hamda, respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekanligi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2016 yil 29-dekabrdagi
“2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tiziminiyanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli Qarorda belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, bola huquqlariga oid meyoriy-huquqiy hujjatlar asosida ta’lim sohasida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.09.2017-yilda “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli farmonida ham maktabgacha ta’lim muassasalarida yosh bolalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik va yuksak ma’naviyat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik, milliy o‘zlikni anglash g‘oyalarni yanada chuqur singdirish, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishidagi yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan.
Darhaqiqat, yosh avlodning barkamol inson bo‘lib yetishishi uchun u xalq, vatan tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo‘lishi kerak.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy-ahloqiy talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yaratish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan: kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatida ham insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs-fuqaroni shakllantirish nazarda tutiladi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilishning muhim omillari ko‘rsatib berilgan. 3-bandida milliy o‘zlikni anglashning o‘sib borishi, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun g‘urur urf odatsining shakllanayotganligi, boy milliy-madaniy va tarixiy an’analarga, xalqimizning intellektual merosiga hurmatni qaror toptirish lozimligi alohida ta’kidlangan.
Mazkur dasturni hayotga izchil tatbiq etish, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirishning pedagogik
asoslarini yaratish o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ko‘rsatmoqda.
Hozirgi davr, ya’ni “miliy o‘zlik”ni anglashning o‘sib borishi yosh avlodda - ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida shakllanib borayotgan milliy urf odatlarni yanada o‘stirish, rivoj toptirishni talab etmoqda. Maktabgacha ta’lim muassasalari xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo‘nalishini joriy qilishni taqozo qiladi.
Milliy g‘urur, milliy qadriyat, birdamlik va hamjihatlik urf odatsi zaminida shakllangan vatanparvarlikni ham o‘z ichiga oladi. Yosh avlodlarda ona zaminga bo‘lgan muhabbat, u bilan faxrlanish qanchalik kuchli bo‘lsa, Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o‘z vatani tarixi, milliy qadriyatlari, o‘zining ona tilisi, madaniyati, milliy urf-odatlari, an’analarini mukammal bilsa, millat taqdiri va istiqboli haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lsa, mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo‘ladi.
Hozirgi davrda ma’naviyat masalasi mustaqillikni mustahkamlash, istiqlol sari ishonch bilan borishda shaxs ma’naviyatini shakllantirish masalasi asosiy yo‘nalishlardan hisoblanadi. Yetuk madaniyatli insongina istiqlol mafkurasini egallab, kelajak tomon ahillik, birodarlik asosida boradi. Ma’naviyatimizni tiklash va rivojlantirishda milliy til va milliy madaniyat, milliy ong, milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy his-urf odat, milliy g‘urur va g‘ururni o‘stirish muhim o‘rinda turadi.
Milliy g‘urur - muayyan millatga mansublik va ushbu millat tomonidan jahon madaniyatiga qo‘shilgan hissadan faxrlanish, shuningdek, o‘zi mansub bo‘lgan millatga sadoqatli bo‘lish hissini tuyish va bu yo‘lda amaliy faoliyat ko‘rsatishdan iboratdir.
O‘zbek xalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hozirgi kuni o‘z ifodasini topgan. Bizning ozod O‘zbekiston dunyoda madaniyatning barcha sohalarida minglab jahonshumul ulug‘ zotlar, allomalar, davlat arboblarini yetishtirib bergan. Ular umumbashariyat ma’rifatparvarligini yaratishda o‘zlarining
ulkan hissalarini qo‘shganlar. Shuning uchun ham o‘zbek milliy-ma’naviy merosi jahon madaniyatining ajralmas uzviy qismidir.
Markaziy Osiyoda yashab ijod etgan buyuk allomalarning bildirgan fikrlari hozirgi kunda ham ta’lim-tarbiyada ibrat manbaidir. Ularning meros qilib qoldirgan pedagogik qadriyatlarini hozirgi demokratik jamiyat qadriyatlari bilan uyg‘unlashtirish, mustaqillik yillarida ta’limda qo‘llanayotgan metodlar, pedagogik fikr rivojini o‘rganish, tadqiq etish ham davr talabidir. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat maqomiga ega bo‘lgandan keyin istiqlol talablari, qurilajak huquqiy demokratik davlat, adolatli, insonparvar jamiyatga mos kadrlar tayyorlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Shu jumladan, birinchi yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Yoshlarga milliy vatanparvarlik ruhida ta’lim-tarbiya berish bugungi kunning jiddiy vazifalaridan hisoblanadi”.
Darhaqiqat, yosh avlodlarda ona vatanga muhabbat, milliy g‘ururni shakllantirishda avvalo, maktabgacha ta’lim muassasalari va oila muhim o‘rin egallaydi.
Milliy g‘ururni xususan yosh avlodlar qalbi va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va vositalaridan oqilona foydalanish taqazo e’tiladi.
Shu bois vatan-urf odatsi, vatanparvarlik hislari, milliy g‘urur, mustaqillik g‘oyasi hamda mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Yuqorida qayd etilayotgan bizning Kursni tugatish ishimizda milliy urf odatlarni targ‘ib etishning maqsadi, yosh avlodlarni milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasalari o‘rni, masalasini tadqiqot obyekti qilib o‘rganishdan iborat.

Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling