Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Download 0.62 Mb.
bet8/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1130290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM MAXSUS METODIKA 2 KITOB

Suhbatlami tashkil qilish. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ta’lim tarbiyaviy ish olib borishda suhbat muhim ahamiyatga ega. Suhbat — bu defektologning savol-javob uslubidirki, bunda u bolalarni bilimlami o‘zlashtirganliklarini aniqlaydi va amaliy tajribalariga tayangan holda maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar yo‘li bilan bolalarni qo‘yilgan ta’lim-tarbiyaviy va tuzatish masalalarini hal qilishga olib keladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish narsa va hodisalami bevosita kuzatish, ko‘rish, eshitish, sezish, hid bilish imkoniyatini berish orqali amalga oshiriladi. Kuzatish jarayoni bilan birga boradigan nutq hissiy tajribani tushunib olishga yordam beradi. Kuzatishdan olayotgan taassurotni pedagog aniq so‘zlar bilan tushuntirish orqali to‘ldirib boradi. Bu kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida toMaroq tasawumi shakllantiradi, bolalarning lug‘atini boyitadi, faol nutqi o‘sadi. Kuzatish va ekskursiyalar jarayonlarida boyib boradigan sezgi, idrok tasawurlami aniqlash, chuqurlashtirish, mustahkamlash va sistema- lashtirish zarur. Bu bolalarda bilimlarni axloqiy tasawur va hislami, tevarak-atrofga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirish jarayonida katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tevarak- atrof bilan tanishtirishda kuzatishlar, ekskursiyalar o‘tkazish, surat va diafilmlami ko‘rsatishni, pedagogning suhbati, so‘zlab berishi va didaktik o‘yin bilan qo'shib olib borish kerak. Masalan, katta guruh bolalarini pochtalon mehnati bilan tanishtirish uchun yaqin pochta bo'limiga ekskursiya uyushtirish, pochtalon bilan uchrashuv tashkil qilish, so'ngra bolalar bilan bu haqda suhbat o'tkazish kerak. Suhbatning mavzusi mazmuni bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish bo‘yicha dastur materiali bilan belgilanadi.
Katta guruh bolalarini ona shahar bilan tanishtirishda defektolog uning ko'chalari, maydonlari va ko‘zga ko‘ringan namoyandalaming haykallari va boshqa joylaiga ekskursiyalar uyushtiradi. Ona shahar haqida hikoyalar, she’rlar beradi, ularni so‘zlab beradi va suhbat o‘tkazadi.
Suhbat orqali pedagog bolalarning oilada, turli faoliyat jarayonida va tarbiyachining rahbarligida o'tkazilgan kuzatishlar vaqtida egallagan tajribalari, ya’ni kishilar hayoti, tabiat haqidagi tasawurlari va bilimlarini maqsadga qarata aniqlaydi, mustahkamlaydi va tizimga soladi. Pedagog bolalar bilan ota-onalarining mehnati, ona shahar haqida suhbatlashish orqali ularda tevarak-atrofga nisbatan to‘g‘ri munosabatni, ya’ni ota- onalar mehnatiga hurmatni, qariyalar va o‘zidan kichiklarga g‘amxo‘rlikni, onalarga, tug‘ilgan joylariga nisbatan muhabbat hislarini uyg‘otadi va hokazo.
Suhbatning savol-javob xarakteri bolalarda so‘zlashuv nutqi malaka- larini tarkib toptirishga yordam beradi. Ularni o‘z fikrini sodda va tushunarli bayon etishga, so'zlashish vaqtida o‘zini to‘g‘ri tutishga o'rgatadi.
Suhbat o'qitishning savol-javob shaklidirki, bunda pedagog bolalarga tayyor bilimlami bermaydi, balki ustalik bilan qo'yilgan savollar orqali bolalarning o'zlari oldin o'zlashtirgan bilimlari, kuzatishlari, shaxsiy hayotiy tajribalari asosida yangi tushunchalarga, xulosalarga olib keladi.
Suhbat deb tarbiyachining guruhdagi hamma bolalar bilan qandaydir bir mavzu yuzasidan tashkiliy so‘zlashiga aytiladi.
Suhbatning mavzusi va mazmunini aniqlashda bolalarning yosh xususiyatlari, kuzatishlari, ekskursiyalar va mehnat faoliyatlari jarayonida egallagan bilimlari hisobga olinadi.
Suhbat mavzusi bolalar yoshiga mos va qiziqarli bo'lishi hamda ijtimoiy hayotimizdagi voqea va hodisalami aks ettirishi lozim. Masalan: «Bizning bog‘chamiz», «Bizning sevimli shahrimiz», «Mening oilam», «Biz yaqinda o‘quvchi bo‘lamiz», «0‘zbekistonning poytaxti — Toshkent», «Biz kutubxonada nimalarni ko‘rdik».
Ko‘p suhbatlar mehnat mavzusiga bag'ishlanadi: ularda ota-onalar mehnati, pochtalon mehnati, bolalar bog'chasi xodimlarining mehnati, ishchi va quruvchilar mehnati, uning natijasi: masalan, «Ishchi, quruvchilar maktab qurdilar», bolalarga loyiq, mehnat jarayonlari: «Kiyimni qanday tikadilar», «Meva va sabzavotlarni qanday yetishtiradilar» va hokazolar haqida gap boradi.
Aqli zaif bolalar uyda va bolalar bog‘chasida har kuni duch keladigan buyumlar: «O'yinchoqlar haqida», «Kiyim-bosh va poyabzal haqida», «Idishlar haqida», «Maktab qurollari haqida», «Yuvinish uchun kerakli narsalar haqida» suhbatlar o‘tkazish kerak. Shuningdek, «Bahorda bizning bog'», «Qishlovchi va uchib ketuvchi qushlan>, «Uy va yowoyi hayvonlar», «0‘rmonda hayvonlar qanday qishlaydi», «Yil fasllari», «Meva va sabzavotlar» kabi mavzu o‘tkaziladigan tabiat haqida suhbatlar alohida o‘rin egallaydi.
Katta guruh bolalari bilan «Xushmuomala bo‘l», «Yaxshi o'rtoq bo'lib o‘s», «Kattalami hurmat qil», «Nima yaxshi-yu, nima yomon» kabi axloq-odob mavzularida ham suhbatlar o‘tkazish mumkin.
Bolalar bilan ular kuzatgan, ko'rgan narsalar, surat, diafilm va kinofilmlar haqida ham suhbatlashsa bo'ladi. Aqli zaif bolalar bilan olib boriladigan suhbatlar ko‘proq uning bevosita kuzatishlari bilan bog'langan bo'lishi lozim. 4—5 yoshli bolalar bilan so'zlashish juda aniq ularga yaxshi tanish bo'lgan buyum va hodisalar haqida bo'lishi kerak. Hamma vaqt suhbatning mazmuniga defektolog qo'shimclia tushuntirishini talab etmaydigan bolalarga tanish bo'lgan narsa va hodisalarni kiritish kerak.
Suhbat davomida defektolog bolalarga ular ko'rgan, ekskursiyada tanishgan narsa va hodisalar haqida yangi bilim beradi. Masalan, bolalar qushlarni kuzatib, qarg‘a va chumchuqlarning qishlab qolishini, boshqa ko‘p qushlarning uchib ketishini biladilar.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling