Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Download 0.62 Mb.
bet1/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1130290
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM MAXSUS METODIKA 2 KITOB



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY УА O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
M.P. Xamidova, M.Y. Ayupova
MAKTABGACHA TARBIYA MAXSUS METODIKASI
SO‘ZBOSHI
«Ta’Iim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Maxsus ta’lim konsepsiyasi» talablaridan kelib chiqqan holda nogiron bolalarni o‘qitish, ijtimoiy hayotga moslashtirish hamda ulami maktab ta’limiga tayyorlash muammosi respublikamizda ilmiy-nazariy, amaliy- metodik jihatdan yetarli darajada ishlanmaganligi afsuslanarlidir.
Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi fanining nazariy, didaktik asoslarini aniqlash, bilish faolligini oshirish asosida muloqot qilish jarayonidagi buzilishlarni bartaraf qilish hamda maktab ta’limiga tayyorlash samaradorligini ta’minlashga qaratilgan korreksion pedagogik usullarni ishlab chiqish maxsus pedagogika oldida turgan dolzarb vazifalardandir.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirish bo‘lajak pedagogning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligiga bog'liq bo‘ladi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma «Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi» dasturiga mos qilib yozilgan bo'lib, darslar o‘zbek tilida olib boriladigan maxsus bolalar bog'chalarining defektologlarini tayyorlashda xizmat qiladi.
Olquv qo'llanmada mazkur kursning asosiy bo'limlarining nazariy va uslubiy masalalari yoritilgan. Jumladan:

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar nutqini o‘stirish;

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish;

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni o'yinga o‘rgatish;

  • elementar matematik tasawurlami shakllantirish;

  • maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatish.

Bu o‘quv qo‘llanma talabalarga nafaqat o‘qish davrida, balki bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlar o‘tkazishda ham yordam beradi.
0‘quv qo'llanma o'zbek tilida birinchi marta nashr qilinmoqda. Qo‘llanma yuzasidan maorif xodimlari va mutaxassislar o‘z fikr mulohazalarini bildiradilar, degan umiddamiz.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling