Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Aytilgan yo‘nalishda harakat qilish ko‘nikmasini rivojlantirish


Download 0.62 Mb.
bet14/15
Sana27.01.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1130290
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
MAKTABGACHA TA\'LIM MAXSUS METODIKA 2 KITOB

Aytilgan yo‘nalishda harakat qilish ko‘nikmasini rivojlantirish. Katta guruhda aytilgan yo‘nalishda harakat qilish va yurish, yugurish vaqtida harakatlar yo'nalishini o'zgartirish ko'nikmasini mustahkamlash ham takomillashtirishga katta ahamiyat beriladi.
Defektolog harakatlar yo‘nalishini aniq belgilash uchun musiqa va jismoniy tarbiya mashg‘ulotlaridan foydalaniladi. Balandga, pastga, oldinga, orqaga, chapga (chapdan), o‘ngga (o‘ngdan), yonida, orqasida, oldida va h.k. Bolalarning mo‘ljal olish ko'nikmasiga tayanib, defektolog ular bilan harakatni aytilgan yo‘nalishda bajarishga o‘rgatadi.
Qoidali o'yinlardan, didaktik hamda harakatli o'yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega. 0‘yinlar matematika, jismoniy tarbiya, musiqa mashg'ulotlarida hamda mashg'ulotlardan tashqari vaqtda, asosan sayr vaqtida o‘tkaziladi. Bolalaiga «Qayeiga borasan va nimalar qilasan?» degan o‘yinni taklif etish mumkin.
Katta guruhda bu o‘yin ancha murakkabroq shaklda o‘tkaziladi. Bolalar 4 yo‘nalishdan birini tanlaydilar, topshiriqni bir yo‘la bir necha bola bajaradi. Bu yerda o‘yin harakati — yashirilgan o‘yinchoqni (buyumni) qidirib topishdan iborat, lekin endi bolaga faol harakat (siljish) qilish jarayonida yo‘nalishni o‘zgartirish taklif etiladi, stol oldiga borish, o‘ngga burilib, deraza oldiga borish, chapga burilib uy burchagiga borish va u yerdan yashiringan o‘yinchoqni topish.
Defektolog bu o‘yinni o'tkazish vaqtida harakat davomida ko‘rsatma beradi: «Stol oldiga bor... 0‘ngga buril... Deraza oldigacha bor...Chapga buril...» va h.k. U har bir ko‘rsatmani oldingisi bajarilgandan so‘ng beradi, bunda predmetning nomi bola harakatining yo‘nalishi o‘zgarganidan keyin aytilishi lozim. Aks holda bolalar aytilgan yo‘nalishga emas, balki faqat narsa nomiga oriyentatsiya qiladilar.
Bunday o‘yinlami uncha katta bo‘lmagan maydonda o‘tkazish kerak, bolalar tajribasining ortib borishi uchun esa maydonni butun guruh xonasi yoki maydonchaning o‘lchamlariga teng qilib kengaytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Mo‘ljal olishga oid topshiriqlar soni asta-sekin oshirib borilib, takliflar tartibi ham o‘zgartirib boriladi. Awalo bolalar faqat juft: oldinga-orqaga, o‘ngga-chapga kabi yo‘nalishlarni aniqlasalar, keyinchalik ular yo‘nalishlarni xohlagan: oldinga-o‘ngga, chapga-orqaga va h.k. tartibda bajaradilar.
Bolalarning piyoda yuruvchilaming o‘ng va chap yo‘nalishlarini oriyentatsiya qila olish ko‘nikmasi bilan bogMiq bo‘lgan ko‘chada yurish qoidasini egallab olishlari uchun quyidagi o‘yinlar tavsiya etiladi: «Ko‘chadan to‘g‘ri o‘tsang, yangi uyga kirasan, noto‘g‘ri o'tsang o‘z joyingda qolasan», «To‘g‘ri o'tsang bayroqcha olasan», «Paketni o‘zatib yubor». Bu o‘yinlardagi topshiriq har bir bolaning yo‘l qoidasini bilib olishga, bunda u yo‘lning o‘ng tomonidan yurishi yoki ko‘chani kesib o'tayotganda, awalo chap tomonga qarashi, ko‘cha o‘rtasiga yetgach esa o‘ng tomonga qarashi kerak.
Ko‘zni yumib, harakatlar yo‘nalishini o'zgartirish mashqlarini bajarish foydalidir. Masalan, «Toychoqni ovqatlantir», «Barabanni chal» o‘yinlarini o‘ynash. Devor bo‘ylab geometrik shakllar modeli qo‘yib chiqiladi. Boshqaruvchi awal tarbiyachi aytgan shaklning oldiga ko‘zi ochiq holda keladi (bu sinab ko'rish yo‘li hisoblanadi), so‘ngra esa ko‘zlarini berkitib modellar qo‘yilgan devor tomonga qaytib kelib kerakli modelni qo‘l bilan ushlab topadi.
Fazoni mo‘ljalga olishda bolalarda ovoz signaliga binoan tez va aniq oriyentatsiya rivojlanib boradi («Sen qayerdasan?», «Qo‘g‘irchoqlar bilan ko‘z boylash» o‘yini, «Ovoz qayerdan kelayapti?» o‘yinlari).
Bolalarni aytilganlar bo‘yicha harakat qilib aniqlashga o'rgatish muhimdir. Shu maqsadda quyidagi o'yinlar tavsiya etiladi: «Barabanni chal», «Toychoqni ovqatlantir» (o'zgartirilgan variantda). Bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasiga binoan ko‘zni yumib, predmet tomon boradilar: «Oldinga 2 qadam tashla, chapga buril, 3 qadam tashla» va h.k. Awal topishiriqlar sonini 2—3 ta bilan cheklash, keyin esa ularning sonini 4—5 tagacha yetkazish mumkin.
Bolalarda asosiy fazoviy yo'nalishlami aniq farq qilishni talab etuvchi murakkabroq topshiriqlarni bajarishga bo‘lgan qiziqish, o'yinchoqlami almashtirish yo'li bilan hosil qilinadi.
Maktabga borish vaqtiga kelib bolalar harakat yo'nalishlarini o‘zaro va narsalar bilan, shuningdek, narsalar o'rtasidagi fazoviy munosabatlarida mo'ljal qila bilishlari, ularni o‘rab turgan mikrorayonda erkin mo‘ljal qila bilishga o‘rgatishlari lozim: uydan bog'chagacha bo'lgan yo'lni, yaqin atrofdagi oziq-ovqat do'konini, maktabni, dorixonalarni bilishlari, ko‘chada yurish, ko‘chani kesib o‘tish qoidasini o‘rganib olgan bo'lishlari kerak.
Birinchi sinfga kelganda o‘quvchilar qog‘oz varag‘ining o‘ng va chap tomonini, yuqori va pastki qismini bilishlari, aytilgan yo‘nalishda chiziq o'tkaza olishlari kerak. Bu masalalar agar bolalar maktabgacha tarbiya muassasasida ana shularga tayyorlangan bo‘lsalargina muvafaqqiyatli hal qilinadi. Shuning uchun bu guruhda qog'oz varaqni mo‘ljal olish malakalari rivojlantiriladi.
Barcha ishlar juft va qarama-qarshi tushunchalami farq qilish asosida tashkil etiladi, chapga-o‘ngga, oldinga-orqaga va h.k.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga qog‘oz varag‘ida mo‘ljal olish malakalarini shakllantirish uchun quyidagi topshiriqlar beriladi. Varaqning yuqori chekkasiga 4 ta uchburchak, pastki chekkasiga ham shuncha kvadrat qo‘y. Shundan so'ng bolalar nima qayerda joylashganligini aytib beradilar. Shundan so‘ng topshiriqlarning murakkab variantlaridan (buyumlaming miqdorini orttirish, ular o‘mini almashtirish va h.k.) foydalaniladi.
Boshqa buyum yoki odamlar o'ziga nisbatan joylanishini aniqlashga o'igatish: tagida, ustida, oldida, orqasida, yuqorida, pastda, yuqoriroqda, pastroqda, yonida, qarama-qarshisida, chapki, o‘ng yuqorigi, pastki va h.k.
Bolalarga faqat o‘zidan emas, balki boshqa odamlarga, boshqa buyumlarga nisbatan mo‘ljal olishda o'rgatib boriladi. Buning uchun aqli zaif bolalarga quyidagi topshiriqlar beriladi: o‘rtog‘ining o‘ng tomoni yoki chap tomoniga turish, undan oldinda yoki orqada turish, ko‘rsatilgan buyumga nisbatan o‘zining fazodagi o‘mini tavsiflab berish, ko‘rsatilgan oriyentirga nisbatan bir yoki bir necha buyumni joylashtirish va h.k.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar asosiy fazoviy yo‘nalishlami (oldin, orqa, chap, o‘ng) yaxshi mo‘ljal ololmasalar ularning bilimini asta-sekin to'ldirib borish zarur.
Fazoviy yo‘nalishlami aniqlash va ko‘rsatishga bolalarni jismoniy tarbiya va musiqa mashg‘ulotlarida muntazam ravishda o‘igatib boriladi. Ular u yoki bu narsani o‘ng yoki chap qo‘lga olish, oldinga, orqaga egilish, o‘ngga chapga aylanish, yurish, yugurish vaqtida harakat yo‘nalishini o‘zgartirish topshirig'ini oladilar. Ularning diqqati aytilgan yo‘nalishda harakat bajarishga bir daqiqa qaratiladi.
Bolalar aytilgan yo'nalishda harakatlar bajariladigan mashqlami yaxshi ko‘radilar. Masalan: «O'ngga buril», «Olng qo‘lingni chap qulog'ingga tekkaz» va h.k.
Maktabgacha tayyorlov guruhidagi bolalar bilan olib boriladigan ishda, aytilgan yo‘nalishda siljish, yurish va yugurish vaqtida harakat yo‘nalishini o‘zgartira olish ko‘nikmasini rivojlantirishga katta e’tibor berib boriladi. Shu maqsadda didaktik va harakatli o‘yinlar sistemasidan foydalaniladi.
Muayyan mashq turi quyidagi tartibda murakkablashtirilib boriladi: bolalar siljish vaqtida yo‘nalishlar soni oshiriladi, mo‘ljal oladigan, mo‘ljal olish maydoni kattalashtiriladi; topshiriqlarni bajarish shartlari murakkablashtiriladi, bolalar ko‘zlarini yumib siljiydilar; tez sur’atda (yugurishda) harakatni mo‘ljal qiladilar. Masalan: «Quyonlar va bo‘ri», «Qushlar va mushuk» harakatli o‘yinlarda bolalar signaliga binoan bo‘ridan yoki mushukdan qochib uyga yashirinadilar. Defektolog topshirig‘iga mos boladan oldinda yoki orqada, chap yoki o‘ng tomonda uyi (stul, quticha, kub) bo‘lib, unga yashiringan quyon yoki qushlar g‘olib chiqadi.
Tevarak-atrofda yaqin joylashgan binolarni mo‘ljal olish ko‘nikmasini o‘stirish uchun maxsus mashqlar o'tkaziladi. «Do'konga (non do‘koniga) qanday borish kerak?», «Dorixona yo‘li», «Maktab yo‘li». Bu mashqlar bolalarning fazoviy xayolini yo‘lni tasavvur etish ko‘nikmasini rivojlantirishga yordam beradi. Bola, masalan, dorixona qaysi ko'chada joylashgan, unga qaysi yo‘nalishda borish, qayerda burilish kerakligini va hokazolami yoritib beradi. Defektolog bolalar bilan biigalikda aytilgan javoblami baholaydi. Bolalar kimnidir yoki butun guruhni aytilgan joyga olib borib qo‘yish topshirig‘ini berish mumkin.
Bolalarni buyumlami ajratish, ularo‘rtasidagi fazoviy munosabatlami bir buyumdan boshqa buyum tomon siljish yo‘nalishini aniqlashga o‘rgatish davom ettiriladi.
Maktabgacha tayyorlov guruhida aqli zaif bolalar bir predmetning boshqa predmetga nisbatan holatini («Matryoshkaning o‘ng tomonida piramida, chap tomonida ayiqcha, orqasida quyoncha o‘ymchog‘i turibdi»), shuningdek, o'zining tevarak-atrofdagi predmetlarga nisbatan holatini («Men stul orqasida, ikki deraza oralig'ida, Nargizaning


V BOB. MAXSUS MUASSASALARDA AQLI ZAIF BOLALARNING TASVIRIY FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH
5.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning ruhiy rivojlanishi va tasviriy faoliyat
Maktabgacha yoshda tasviriy faoliyat bola ruhiyatining ko‘p tomonlariga bola shaxsiga bir butunlikcha rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Tasviriy faoliyat bolaning umumiy va ruhiy rivojlanishi bilan o‘zaro uzviyligi uni diagnostik maqsadlarda keng qo'llash imkonini beradi, defektologiyada esa aqli zaif bolalar psixikasidagi nuqsonlami korreksiyalovchi, ta’sir ko‘rsatuvchi vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Biroq tasviriy faoliyat korreksion-rivojlantiruvchi vosita bo‘lishi uchun nuqsonlariga qarab, uning rivojlanish qonuniyatlarini, shuningdek, psixik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish kerak.
Me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan, aqli zaif bolalarning tasviriy faoliyatni egallashdagi yutuqlari ko‘p jihatdan ta’lim usuliga bog'liq bo'ladi Shuning uchun samarali usullar va ta’lim mazmunini tanlash muhim hisoblanadi.
Aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyatga o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil qilish uchun ularning yosh xususiyatlarini yaxshi tasawur qilish lozim. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining o‘ziga xosligi shundan iboratki, kichik yoshli bola tasvirlash jarayoniga kirishganda, ko‘pincha o‘z oldiga katta yoshli rassom uni tushunganidek tasviriy maqsad qo‘ymaydi.
Agar katta odam yakuniy maqsad yo'lida, ya’ni rasm chizish, skulptura yasash uchun ijod qilsa, kichik bola uchun, faoliyat jarayonining o‘zi muhim bo‘ladi.
Bola qanchalik kichik yoshda bo'lsa, faoliyat jarayoni, vaziyatni ma’noli aks etish uni shunchalik ko'proq jalb qiladi. Aynan shu yerdan bolalar rasmlarining sxemaliligi, ular grafikasining to‘liqsizligi kelib chiqadi. Bola faqat o'ylangan mazmunni ochib berish uchun kerakli bo'lgan narsalarni chizadi, u rasmda tasvirlangandan ko‘ra ko‘proq narsani ko'radi. Rasm chizish davomidagi tushuntirishlar, ishoralar, real harakatlar tasviming toMiqsizligini kompensatsiyalaydi.
Tasvir, nutq va o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatida uzviylikni hosil qiladi.
Mana shuning uchun kichik bolalarni, ayniqsa aqli zaif bolalarni kattalar tasvirlari nuqtayi nazaridan tasviriy faoliyatini baholashda tarbiyachilar, faoliyatning muhim komponenti bo‘lgan nutq va o‘yinni rad etib, kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yadilar. Nutqiy va o‘yin daqiqalaridan mahrum bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati mazkur vaziyatda boladan, u bajara olmaydigan mazmunni faqat tasviriy vositalar bilan ifodalashni talab qiladilar. Biroq, ko‘pincha, tarbiyachilar diqqatlarini asosan loy yoki plastilin bilan ishlash, applikatsiya, rasm chizish malakalarini rivojlantirishda turli usullardan foydalanishga, faoliyatning texnik tomonga qaratadilar. Bunda faoliyat jarayonida bolalarning 0‘yinga yo‘nalganligi qo'llab-quwatlanmaydi va hisobga olinmaydi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarning o‘yinga yo‘nalganligi qo'llab-quwatlanmaydi va hisobga olinmaydi. Tasviriy faoliyat jarayonida nutqni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmaydi.
Bolalar tasviriy ijodini o‘iganuvchi taniqli tadqiqotchi N.P. Sakulina bolalar rasmlarida o‘yin tendensiyalariga kattalar ehtiyotkor munosabatda bo‘lishlarini, ularni ta’lim jarayonida saqlanishini alohida ta’kidlaydi. 0‘yin va rasmning o‘zaro bog‘liqligi maktabgacha yoshning barcha davrlarida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, kichik yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonida o‘yin birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan o‘qitish sharoitidagina tasviriy vazifalar birinchi o‘ringa chiqadi, ammo maktabgacha yoshning oxiriga qadar o‘yin bolalar tasviriy ijodining mazmunini va uni olg‘a siljituvchi kuch bo‘lib qoladi. 0‘z tengdoshlari bilan birga o‘ynash malakalari shakllanmagan va tevarak-atrofdagi hayotiy vaziyatlami o‘z o‘yinlarida qo‘llay olmagan bolalar, sujetli- rolli o‘yinlami yaxshi o'ynay olmaydilar, shu bilan birga sujetli rasmlami ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o'ynash malakalari yaxshi shakllangan bolalarda hayotiy va o‘yin tajribalarini tasvirlovchi sujetli rasmlar chizish erta shakllanadi. Ularda tasviriy o‘yin fikrlay olish erta hosil boMadi va ular o‘z rasmlarida ulardan foydalanishga harakat qiladilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan tasviriy faoliyat bo'yicha ishlami tashkil qilganda, ulaming mustaqil o‘ynash darajalarini hattoki katta bo‘lmagan 0‘yin tajribalarini hisobga olish kerak. Yuqorida ta’kidlanganidek, nutqiy uzviylik tasviriy faoliyatning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Nutq tasviriy faoliyatning strukturasiga uning muhim elementi sifatida turli shakllarda namoyon bo‘ladi.
Sujetli va rolli o‘yinlarni yaxshi o‘ynay olmaydilar. Shu bilan birga sujetli rasmlami ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o‘ynash malakalari yaxshi shakllangan bolalarda hayotiy va o‘yin tajribalarini tasvirlovchi sujetli rasmlar chizish erta shakllanadi.
Ularda tasviriy o‘yin, fikrlash erta hosil bo‘ladi va ular o‘z rasmlarida ulardan foydalanishga harakat qiladilar.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan tasviriy faoliyat bo‘yicha ishlami tashkil qilganda, ularning mustaqil o‘ynash darajalarini, hattoki katta boMmagan o‘yin tajribalarini hisobga olish kerak.
Yuqorida ta’kidlaganidek, nutqiy uzviylik tasviriy faoliyatni rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq tasviriy faoliyatining strukturasi uning muhim elementi sifatida turli shakllarda namoyon bo‘ladi. So‘z tufayli bolalarning ijodiy ishlari atrofdagilar uchun tushunarli va predmetli tus oladi.
Shu vaqtdan boshlab nutq tayyor natijani belgilash (nima hosil bo‘ladi?) uni tushuntirish (bola nimani chizdi va yana nima chizadi?), so‘ngra rejalashtirish (ishni ketma-ketligini so‘z orqali ifodalash) vazifalarini o‘taydi.
Aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida nutqni rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy shartlaridan biri suhbat davomida ularga erkin gapirishga, shuningdek, faoliyat jarayonining o‘zida mavjud narsani ko‘zdan kechirish, rasmni, o‘yinchoqni tomosha qilish, ishini baholash imkonini berish hisoblanadi. Tarbiyachining mashg‘ulotda bu imkoniyatni tinch o‘tirish uchun qurbon qilayotganini uchratish mumkin. «Gaplashmaslik» talabi bola uchun o‘zlarini mashg‘ulotda tutishning asosiy shakli bo‘lib qoladi.
Tayyor ishni tahlil qilishda, shuningdek, tasvimi bajarishdan oldingi suhbat o‘tkazayotib, ba’zi tarbiyachilar bolalarga maxsus ruxsat bilan (qo‘l ko‘tarib) gapirishga rozi bo‘ladilar. Bunda bolalar albatta o'rinlaridan turishlari kerak. Bu maktab talabalari salkam kichik guruhdan boshlab qo'yiladi, pedagoglar esa buni aqli zaif bolalar, me’yorda rivojlanayotgan nisbatan impulsiv, tartibsiz bo‘Iganlari uchun axloqiy tashkillashtirilishni erta boshlash kerakligi bilan izohlaydilar. Lekin, ko‘p hollarda bolalar ruxsat olgandan keyin javob bermay, jim turishlari kuzatiladi. Bu ularning gaplari yodlaridan chiqqan yoki o'rinlaridan turmasdan awal javob berib bo‘lganliklari sababli sodir bo‘ladi. Kattalar erkin shaklda suhbat o‘tkazishsa, bolalar javoblarida suhbat predmeti haqidagi tasawur aniqroq bo'ladi.
Tasvirlashga nima turtki bo‘lganini, bu qiziqarli faoliyat nimasi bilan jalb qilayotganini aniq tasawur etmaydilar. Tasviriy faoliyatni amalga oshirish uchun ikkita asosiy omil zarur — intellektual va jismoniy omillar.
Bir tomondan tasvimi yaratish uchun aniq predmetlar obrazi haqida to‘liq va turg‘un tasawur bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan, bolani faoliyatga qo‘zg‘atuvchi kuchli hissiy stimulsiz bolani faoliyatga yo‘llab bo‘lmaydi. Aynan kuchli hissiyot bolada atrofdagi hayotni obrazli shaklda, ya’ni rasm, loy yoki plastilin bilan aks ettirish ehtiyojini tug‘diradi, shuning uchun bolada u yoki bu mazmunni tasvirlash ehtiyojining shakllanishi ayniqsa, ta’limga hissiy-iroda sohasining rivojlanmaganligi yetakchi nuqsoni bo'lgan aqli zaif bolalar jalb qilinganda pedagoglarning doimiy diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Odatda, maktabgacha muassasaga kirish davriga kelib (bu 5 yoshda yuz beradi) aqli zaif bolalarda hatto faoliyatning elementar malakalari shakllanmagan bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi nafaqat atrof hayotni aks ettirish imkonini tushunmaydilar, balki ba’zida qog‘oz, qalam va boshqalardan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydilar. Bundan tashqari ular bilan ko‘p sonli noadekvat, qo‘pol (ularni otib yuboradilar, qog‘ozni qalam bilan yirtadilar, og‘zilariga soladilar va boshqalar) harakatlar bajaradilar, bular esa ularni ushlab ko‘rish, paypaslashga olib keladi. Aqli zaif bolalarning oz qismini ba’zi tasvirlarni bajarish qobiliyatiga ega. Ulaming tasvirlaridan uycha, bayroqcha, stulcha va boshqalaming elementlarini ilg‘ash mumkin.
Odatga ko‘ra bunday bolalar maxsuslashtirilgan yasli-bog‘chalarga qatnaganlar yoki ular bilan ota-onalari uyda shug‘ullangan bo‘ladilar. Shu bilan biiga bu tasvirlar taqlidiy xarakterga ega bo‘lib, primitiv, tanib bo‘lmaydigan holdadir. Aqli zaif bolalar bu yoshda (maxsus o‘qitishsiz) hech qachon rasmlarida, qurilmalarida o‘z hayotlarining biror-bir lahzasini aks ettirishga, qurilishni keyingi o‘yinlari uchun yasashga harakat qilmaydilar. Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalarining katta guruhlarda ham, ko‘pchilik aqli zaif tarbiyalanuvchilar mashg'ulotda bo‘sh vaqtda rasm chizishni xohlaydilar, rasmni faqat kattalar talabiga ko‘ra chizadilar. 0‘ta layoqatlik ularda nafaqat chizishdan awal, balki chizish jarayonida yoki o‘zlarining tayyor tasvirlarga nisbatan ham kuzatiladi. Ular ishlarini qadrlamaydilar, yirtib, g'ijimlab tashlab yuboradilar.
Xuddi shunday munosabat ularda ko‘rish-yasash faoliyatida kuzatiladi.
Bu vaqtga kelib me’yorida rivojlanayotgan bolada nafaqat predmetli rasm paydo bo'ladi. Tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini ifodalashning shakllaridan biri bo‘lib qoladi. Bolaning tavsirlashga bo‘lgan chegarasidan uzoqlashgan bo‘ladi.
Aqli zaif bolalar faoliyatining past darajaligi, ko‘pincha, pedagoglarga, ta’lim jarayonining noto‘g‘ri metodik yo‘naltirishni tug'diruvchi, bolalarda tasvirlash qobiliyatining shakllanishi mumkinligi haqida pessimistik qarashlarga sabab bo'ladi. Pedagoglar oddiy metodlami (namoyish, diktant) qo‘llash orqali bolalarni predmetlar chizishga tezroq o‘rgatishga intilishadi. Aytish kerakki, bunda ular xohlayotgan natijaga erishadilar. Bolalar nafaqat katta odam ko‘rsatgan, balki aynan mashg‘ulotda bo‘lgan predmetlarni tasvirlash malakalarini egallaydilar.
Kattalar yordamisiz bajarilgan tasvirlar esa shakl va mazmun jihatidan juda oddiy bo'ladi. Eng awalo, aqli zaif bolalar rasmlaridagi predmet obrazining butunligi juda sekin idrok qilishni ta’kidlash joiz. Predmet qismlari fazoda bo'lganligi kuzatiladi. Ulami bir butunga birlashtirishda, qismlarning bir-biriga nisbatan joylashtirishda qo‘pol buzilishlar (odamning qo‘llari boshidan o‘sayotgani, uyning tomi yon tomonda, daraxtning shoxlari bir tomonida) kuzatiladi. Yaxshi tanish predmetlarni chizayotib, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar atrofdagi predmetlar ko‘rsatmasini yetarli anglab yetmasligi, o‘yinchoqlar bilan harakatlarda kam tajribaga ega ekanligi, predmet-o‘yinli harakatlarni yetarlicha rivojlanmaganligi natijasi bo'lgan ikkilamchi detallarga e’tibor qaratib, eng asosiy detallami aks ettirmaydilar
Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling