Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi
Download 0.62 Mb.
|
MAKTABGACHA TA\'LIM MAXSUS METODIKA 2 KITOB
- Bu sahifa navigatsiya:
- Predmetlarning о ‘ziga nisbatan fazoviy joylashuvini belgilash
- Vazivatni tashkil qilish.
- Mashqnim borishi.
Joyni bilish
0‘rta guruhda bola u yoki bu predmet o‘ziga nisbatan qayerda: yuqorida, pastda, oldinda, orqada, ustida, tagida joylashganini aniqlay olishni o'rganishi kerak. Fazoviy yo‘nalishlarni farq qilishda gavda qismlarini farq qilish, tomonlami o‘ziga nisbatan aniqlash asos bo‘lib xizmat qiladi. Olquv yili boshida bolalarning tomonlami o‘zlariga nisbatan qay darajada aniqlay olishlari tekshirib ko‘riladi va bu ko‘nikma mustahkamlanadi. 0‘ng va chap qo‘lni farq qilish mashqlariga katta e’tibor beriladi, chunki chap va o‘ng nima ekanini bilish maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun ancha qiyinlik qiladi: qo‘l (bayroqcha, tayoqcha) bilan oldni, orqani, yuqorini, pastni, chapni, o‘ngni ko‘rsatish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Predmetlarning о ‘ziga nisbatan fazoviy joylashuvini belgilash Bolalarni tomonlami o'zlariga nisbatan joyini aniqlashga, oldinga, orqaga, tepaga, pastga va shu kabi yo‘nalishlami ko'rsatishga o'rgatib bo‘lgach, ularga predmetlar ularning qaysi tomonlarida turganligini (oldinda, old tomonda, orqa tomonda, orqasida, o‘ngda, chapda, yuqorida, pastda) aniqlashga mashq qildirishga o'tish mumkin. Awal bolalarga ularning qarama-qarshi tomonlarida: oldinda-orqada, yuqorida-pastda turgan faqat ikkita o‘yinchoq yoki buyumning joylashish o‘mini aniqlash taklif qilinadi. Keyinchalik bu predmetning soni uchtagacha ko‘paytiriladi. Predmetlar oldin boladan unchalik uzoq bo‘lmagan masofada («yonida») joylashtiriladi. Asta-sekin bu masofa orttirib boriladi. Defektologning topshirig‘iga binoan bola xonaning ma’lum bir joyida turadi va xonada turgan narsalarni o'ziga nisbatan qayerda joylashganligini aytadi. Bola predmetlarning turgan joyini aniqlab bo'lganidan so'ng unga o‘ng va chap, keyin esa orqaga aylanish taklif etiladi. Keyinchalik bu narsa bolalarga predmetlar o'zlarining qaysi tomonlarida joylashganini aniqlashda nisbiylik borligini tushunib olish imkonini beradi. Bola yonga burilsa, ayiqcha endi uning yon tomonida emas, balki uning oldida o‘tirgan bo‘ladi. Bolalarning harakatlari va joydan-joyga o‘tishi bilan bog‘liq bo'lgan mashqlar eng samarali mashqlardir. Predmetlarning turgan joyini aniqlash mashg‘ulotlarda ham, kundalik hayotda ham amalga oshiriladi. «Nima qayerda turibdi, uni top», «Kim ketdi va u qayerda turgan edi?». Bu kabi didaktik o‘yinlarni o‘tkazishga katta ahamiyat beriladi. Ко ‘rsatilsan vo ‘nalishda harakat qilish ко ‘nikmalarini о ‘rsatish. Bolalar asosiy fazoviy yo‘nalishlami farq qilish va nomini aytishni bilib olganlaridan keyin ular ko'rsatilgan yo‘nalishda harakat qilishga o'rgatiladi. Buning uchun awal «qayerga borasan, nima topasan?» o'yinidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu o'yinning maqsadi — bolalarga asosiy fazoviy yo‘nalishlami amaliy farq qilishni va belgilashni mashq qildirishdir. Vazivatni tashkil qilish. Defektolog bolalar yo‘qligida bolaning turadigan joyini (oldida, orqada, yonida) taxminiy hisobga olib, xonaning turli joyiga o‘yinchoqlami yashirib qo‘yadi. Masalan, bolaning oldidagi pardacha (qo'shimcha pardacha) orqasiga ayiqchani, orqasidagi tokchaga quyonchani yashirib qo'yadi va h.k. Mashqnim borishi. Defektolog bolalarga topshiriqni tushuntirib: «Bugun sizlar yashirib qo‘ygan o‘yinchoqlarni topishni o'rganasizlar» deydi va bir bolani chiqarib: «Oldinga yursang ayiqchani topasan, orqaga yursang quyonchani topasan. Sen qayerga borishni istaysan va u yerdan nimani topasan?» — deydi. Bola yo‘nalishni tanlab olishi, uning nomini aytishi va shu yo‘nalishda borishi kerak. U o‘yinchoqni topgach, qaysi o‘yinchoqni qayerdan topganini aytadi («men orqaga yurdim va tokchadan quyonchani topdim»). Tekislikda oriyentatsiya qilish, rasmlami o‘rtada, yuqorida va pastda o‘zaro joylashuvini aniqlash ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun «Juft suratlar» tipidagi o‘yinlar o‘ynaladi. Bola awal kartochkada tasvirlangan 3 ta o‘yinchoqning qanday joylashganligini ta’riflab berishi, keyin esa juft rasmlami topishi kerak. Ushbu guruhda aqli zaif bolalarga fazoda buyumlarning «o'ziga nisbatan» joylashishi o‘rgatiladi. Buning uchun turli mashqlar, didaktik o‘yinlardan keng foydalaniladi. Buning uchun «Nima o'zgardi?» tipidagi didaktik o‘yindan foydalanish mumkin. 0‘yin bolalar oldida turgan o‘yinchoqlarning joylari o'zgartirilmasdan hamda o‘zgartirilganidan keyingi joylashuvlarini topishdan iborat bo‘ladi. Buyumlar awal bir-biridan uzoq bo'lmagan masofada joylashtiriladi. Bolalar buyumlarning joylashishini aniqlaydilar. Masalan: «Uy qayerda joylashgan?», «Uyning oldida nima bor?», «Orqasida-chi?» va h.k. Bolalar atrofdagi buyumlarning fazoviy joylashuvini tushunib boradilar va uning fazodagi joylashuviga bogMiqligini o‘zlashtirib oladilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling