Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda bilish jarayonlarini rivojlanishi


Kichik maktab yoshida o‘zlashtirmaslik sabablari


Download 0.86 Mb.
bet2/4
Sana25.12.2022
Hajmi0.86 Mb.
#1066074
1   2   3   4
Bog'liq
Mannopova M 12-variant javobi

Kichik maktab yoshida o‘zlashtirmaslik sabablari.

Kichik maktab yoshidagi bolalar tez chalg‘iydilar, uzoq vaqt diqqatlarini bir narsaga qarata olmaydilar, ta’sirchan hamda emotsional bo‘ladilar. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchi faolligining asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. Jismoniy faollik — soglom organizmning harakat qilishga bo‘lgan turli mavjud to‘siqlarni yengishdagi tabiiy ehtiyojidir. Bu yoshdagi bolalar nihoyatda serharakat bo‘ladilar.


Bu jismoniy harakat bolaning atrofdagi narsalarga qiziqish bilan qarayotganligi, ularni o‘rganishga intilayotgani bilan ham bog‘liqdir. Bolaning jismoniy va psixik faolligi o‘zaro bogliqdir.
Chunki, psixik sog‘lom bola harakatchan bo‘ladi, charchagan, siqilgan bola esa deyarli hech narsa bilan qiziqmaydi. Psixik faollik bu normal rivojlanayotgan bolaning atrof olamdagi predmetlarni, insoniy munosabatlarni bilishga nisbatan qiziqishdir. Psixik faollik deganda, bolani o‘zini bilishga nisbatan ehtiyoji ham tushuniladi. Maktabga birinchi bor kelgan bolada qator qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ularning, avvalo, bir qancha maktab qoidalariga bo‘ysunishi qiyin kechadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun eng qiyin qoida bu dars vaqtida jim o‘tirishdir. o‘qituvchilar o‘quvchilarning doimo jim o‘tirishlariga harakat qilishadi, lekin kam harakatli, passiv, quvvati kam bo‘lgan o‘quvchigina dars jarayonida uzoq vaqt jim o‘tira oladi. Birinchi sinfning birinchi kunlaridan boshlab bola yengishi kerak bo‘lgan bir qancha qiyinchiliklarga uchraydi. Bu qiyinchiliklar:maktab hayotini o‘zlashtirish, yangi kun tartibini yaratish va unga moslashish, u uchun yangi bo‘lgan sinf jamoasiga qo‘shilish, xatti-harakatlarini chegaralovchi qoidalarni qabul qilish, o‘qituvchi bilan munosabatlarni o‘rnatish, oilaviy munosabatlarni qabul qilish va h.k. Bunday vaziyatlarda kattalar, ya’ni ustoz va ota-onalar bolalarga albatta yordam berishlari zarur.



  1. Bola psixik rivojlanishining ijtimoiy va biologik omillari

Dunyoga kelayotgan chaqaloqning gavda tuzilishi unda tik yurish uchun imkoniyatning mavjudligini taqozo etsa, miyasining tuzilishi aqli-hushining rivojlanishi uchun imkoniyat tug‘diradi, qo‘llarining shakl-shamoyili mehnat qurollaridan foydalanish istiqbolining mavjudligini ko‘rsatadi va hokazo. Bular bilan chaqaloq o‘z imkoniyatlari yig‘indisiga binoan odam har qanday holatda ham bu xildagi fazilatlar yig‘indisining sohibiga aylana olmaydigan hayvon bolasidan farq qiladi. Shunday qilib, yuqorida aytilganlar orqali chaqaloqning inson zotiga mansubligi tasdiqlanadi va bu fakt individ tushunchasida qayd etiladi (bundan farqli o‘laroq, hayvon bolasi dunyoga kelishi bilanoq va hayotining oxiriga qadar jonzot deb yuritiladi).


«Individ» tushunchasida kishining nasl - nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqni ham, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, ya’ni shaxs bo‘lib yetishadi. Individ hali bolaligidayoq tarixan tarkib topgan ijtimoiy munosabatlar tizimiga jalb etiladi. U bu tizimni allaqachon tayyor holda uchratadi. Kishining jamiyatdagi bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu qadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu hol uni shaxs sifatida shakllantiradi.
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o‘tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tizimli tarzdagi ijtimoiy fazilat shaxs tushunchasi bilan ifodalanadi.
Shaxs bu - ma’lum bir insonning psixobiologik va ijtimoiy-psixologik qobiliyatlarning uyg‘unligi hisoblanadi. Biz jamiyat, tarbiya, ta’lim, muomala, o‘zaro ta’sirlanish ta’sirida shaxsga aylanamiz. Shaxs bo‘lmoq - bu har doim o‘z xulq - atvori ustida ishlash deganidir.
Inson ongi bir qarashda yaxlit narsa, aslida u ayrim jarayonlardan iborat. Shuning uchun ham atrof muhitni, o‘zini bilishiga imkon beruvchi ongni o‘rganish uchun uni alohida psixik jarayonlarga bo‘lib o‘rgana boshlaganlar. Bu jarayonlar – sezgi, idrok, xotira, diqqat, tafakkur nutq va boshqalar. Bu jarayonlar bir-biri bilan bog‘liqki, birini ikkinchisiz tasavvur qilishning o‘zi qiyin.
Shaxsning individual – tipologik xususiyatlari tasnifi. Dunyoda aynan bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ikki kishini topish juda mushkul. Odam tashqi qiyofasi, bo‘y-basti bilan boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin, lekin fe’li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‘lmaydi.
Hattoki, olimlar bitta tuxumdan rivojlangan egizaklarda ham juda ko‘p jihatdan aynan o‘xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyatsion tahlilda esa ba’zi tafovutlar aniqlangan.
Shaxs - qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borlig‘i bilan noyob. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblik asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‘rinda biz yuqorida ta’rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izoh berishni o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu “individ” va “individuallik” tushunchalari. “Individ “ tushunchasi umuman “odam” degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiqlaydi va uni, bir tomondan, boshqa odamlardan farqlovchi belgi va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga xos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni qamrab oladi. Demak, individ insonga aloqadorlik faktini tasdiqlovchi ilmiy toifadir.
“Individuallik”— yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u aniq odamni boshqa bir odamdan farqlovchi barcha o‘ziga xos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, shaxs individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emotsiyalari, xulqiga xos motivatsiya va ijtimoiy ko‘rsatmalari kiradi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling