Karyera
mad.
Career
kasbiy sohadagi o‘sish, lavozimda ko‘tarilish.
Katak
e-jad.
Cell
elektron jadvaldagi bitta to‘rtburchak;
matn, raqam yoki belgilar kabi maʼlumotlarni kiritish,
formula va funksiyalar yordamida hisob-kitoblarni
amalga oshirish uchun qo‘llanadigan elektron
jadvallardagi kichik to‘rtburchak bloklar.
Katak manzili
e-jad.
Cell reference
bitta katak uchun ustun harfi va qator raqamidan iborat
nom. Masalan, C3.
Keng polosa
tar.
Broadband
bir nechta maʼlumotlarni bir vaqtning o‘zida maʼlumot
kanallari orqali uzatishning tezkor usuli.
Kesh xotira
jrg. dast.
Cache
maʼlumot qidirishni tezlashtirish maqsadida
foydalaniladigan yordamchi xotira turi.
Ketma-ket
Linear
slaydlarning tartib bo‘yicha ketma-ket bog‘langan
bo‘lishi.
Ketma-ketlik
dast.
Sequence
yozilgan tartibda bajariluvchi qadamlar yoki harakatlar
to‘plami;
algoritm yoki dasturlarning asosiy mantiqiy tuzilishi.
Keyfreym
diz.
Key frame
animatsiyada o‘zgaruvchi kadr, masalan, o‘zgaruvchi
chizma yoki harakat, animatsiyaning boshi yoki oxirgi
kadri.
Kibertahqirlash
mad.
Cyberbullying
internetdagi taʼqiblarning bir turi — nomaʼqul kontent,
elektron xat yoki xabarlarni yuborish va h.k.
Kiritish qurilmasi
Input device
maʼlumotlarni kompyuterga kiritishga imkon beruvchi
qurilma.
Klass
xlq. dast.
Class
stil tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan elementlar guruhi.
Klaviatura
Keyboard
kompyuterning harf, raqam va belgilardan iborat
kiritish qurilmasi, kompyuter bilan aloqa qilish uchun
asosiy qurilmalardan biri.
Do'stlaringiz bilan baham: |