Konseptual klaviatura
Concept keyboard
kompyuterga maʼlumot kiritish qurilmasi bo‘lib, tekis
yuzaga ega va plata ustiga bosilganda, kiritilayotgan
maʼlumotni ko‘rsatish uchun qog‘oz yoki plastmassa
qoplamasiga ega.
Konstruksiya
xlq. dast.
Construct
lup yoki shartli buyruq kabi boshqaruv tuzilmasi.
Kontaktsiz to‘lov
xavf.
Contactless payment
xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish uchun radiochastota
identifikatsiyasi (RFID) yoki yaqin maydon aloqasi (NFC)
dan foydalanadigan qurilmalar.
Kontent
diz.
Content
hujjatga kiritiladigan har qanday matn, rasm, audio va
video.
Kontrast
diz.
Contrast
tasvirning xiraligi va yorqinligi o‘rtasidagi farq.
Korporativ brend
diz.
Corporate branding
biror kompaniya yoki tashkilot qo‘llaydigan reklama
stilini ommalashtirish, targ‘ib qilish.
Kriptovalyuta
jrg. mad.
Cryptocurrency
mukammal shifrlash yordamida yaratilgan elektron pul
birligi.
Kriteriy
mb.
Criteria
qidirish jarayonida kiritiladigan shart;
muayyan narsani o‘lchash va qaror qabul qilish uchun
foydalaniladigan mezonlar/qoidalar/standartlar birligi.
Kritik maʼlumot
mb.
Extreme data
maʼlumotning odatiy qamrovidan tashqaridagi
qiymatlar, tizim sinovdan o‘tkazilayotganda
kritik maʼlumotlardan foydalaniladi va ular oddiy
qiymatlarning to‘g‘ri qabul qilinishi va qayta
ishlanishini taʼminlaydi.
Kritik yechim
mb.
Critical path
loyiha o‘z vaqtida tugatilishi uchun o‘z vaqtida
bajariladigan vazifalar to‘plami.
Kursiv
diz.
Italics
shrift ko‘rinishi, harflarning o‘ng tomonga bir tekisda
og‘dirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |