37
Multimediadan maqsadli
foydalanish
Loyiha xususiyatini ishlab chiqish
Yuqori sifatli multimedia taqdimotini yaratish uchun avvalo yaxshilab reja tuziladi.
Loyiha xususiyati (ba’zida “texnik topshiriq” ham deb yuritiladi) — taqdimotni
rejalashtirishning samarali usullaridan biri. Loyiha xususiyati animatsiya yoki videoga
moʻljallangan kadrlar jamlanmasiga oʻxshaydi. Bu usul slaydlarning har qanday
kontent tafsilotlari, dizayn va formatini aniq ifodalashga koʻmaklashadi.
Loyiha xususiyati, shu bilan birga, slayd oʻtishlari va animatsiyalar ijrosiga oid
tafsilotlar, har bir effektning triggerlari va vaqtini, jaranglaydigan maxsus ovozni oʻz
ichiga oladi. Qoʻshimchasiga unda slaydlarning bogʻlanishi haqida batafsil ma’lumot
ham beriladi.
Darsni boshlashdan avval
Quyidagilarni bilishingiz kerak:
• slaydga matn kiritish va tasvirlar joylash;
• slayd uchun turli maketlarni tanlash va kontentni formatlash;
• sahifa dizaynidan samarali foydalanish va auditoriya ehtiyojlariga mos taqdimot
yaratish;
• linklar qoʻshish va ulardan ketma-ketlikka rioya qilmaydigan taqdimotlar yaratishda
foydalanish;
• taqdimotga mos tasvirlarni qidirishda internetdan foydalanish;
• internetdan topilgan tasvirlarni qoʻllashda mualliflik huquqiga rioya qilish.
Kirish
Maqsadni ifodalab beruvchi multimedia taqdimotlarini yarata olish qimmatli koʻnikma
hisoblanadi. Masalan, kelajakda kasbiy faoliyat jarayonida va universitet kurslarida
oʻz haqingizda yoki muayyan mahsulotlar, xizmatlar yoki mavzularga oid axborotlar
taqdim etishda taqdimot yaratish koʻnikmasiga koʻp bor murojaat qilasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: